Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Yuqoridagi ilmiy maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi masalalar amalga oshirildi:
– Yapon zamonaviy adabiyotining rivojlangani, undagi yangi janrlar paydo bo‘lishi, turli uslublarning shakllanishi o‘rganildi;
– Yaponiyadagi zamonaviy dramaturglarning ijodiy hayoti, bosqichlari, izlanishlari aniqlandi;
– Yevropa dramaturgiyasining yapon dramaturgiyasida tutgan o‘rni aniqlandi va folklor asarlari masalasi ko‘rib chiqildi;
– Dramaturg Kinoshita Junji ijodining yapon dramaturgiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi va ahamiyati ko‘tarilib, uning yapon dramaturgiyasida tutgan o‘rni aniqlandi;
– Dramaturg Kinoshita Junjining folklor motivlarini o‘z asarlarida qo‘llashi uning “Tungi turna” pyesasi orqali aniqlandi;
– Dramaturg ijodida an’ana va yangilik mutanosibligi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |