3. Bob. O’quvchilar jismoniy rivojlanish darajalariga muvofiq jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiyadan sinfdan tashqari ishlar ham tashkil etiladi. Bu tadbirlarga quyidagi sinfdan tashqari ishlar kiradi:
Ertalabki badan tarbiya mashg’ulotlari. Bu mashg’ulotlarning maqsadi o’quvchilar organizmini o’quv mashg’ulotlariga tayyorlash. Tartib intizomga o’rgatish.
Tanaffuslardagi harakatli o’yinlar va jismoniy tarbiya daqiqalari maqsadi o’quvchilarni nazariy mashg’ulotlarda aqliy charchashlarni bartaraf etish hamda kelgusi darslarga tayyorlash.
Kuni uzaytirilgan guruhlardagi sayrlar va ekskursiyalarda o’quvchilarni tabiat omillari yordamida chiniqtirish.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik va sport to’garaklaridagi mashg’ulotlarda o’quvchilarda jismoniy tarbiyaga qiziqishlar ortirish bilan birga, jismoniy fazilatlari va jismoniy qobiliyatlari rivojlantirish, sport turlari bo’yicha mutaxassislikka erishish.
Sport musobaqalar va bayramlarda o’quvchilarning jismoniy tayyorgarligi hamda jismoniy rivojlanish darajasi nazorat qilib turiladi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik hamda sport to’garaklari mashg’ulotlari Jismoniy tarbiya dasturi asosida ishlab chiqilgan To’garak mashg’ulotlari yillik rejasiga muvofiq olib boriladi.
Kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari: o’quvchilarni sog’lomlashtirish va jismoniy rivojlantirish jarayoni uzluksizligini ta’minlash maqsadida maktabda o’quvchilar kun tartibida jismoniy tarbiya tadbirlari belgilanadi va amalga oshiriladi. Kun tartibidagi tadbirlar mazmuni jismoniy tarbiya dasturi asosida tuziladi va rejalashtiriladi. Jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etishda maktab jismoniy madaniyat jamoasi tashkilotchilik va rahbarlik vazifasini boshqaradi. Jismoniy tarbiyaning o’quvchilar kun tartibidagi tadbirlari o’quvchilarni jismoniy rivojlanishga sog’ligini mustahkamlashga va chiniqtirishga aqliy qobiliyatlarni oshirishga tartib intizomni mustahkamlashni amalga oshiradi. Jismoniy tarbiya tadbirlarini muntazam o’tkazib borish o’quvchilarni o’zini-o’zi nazorat qilish, kun tartibiga rioya qilish hamda faolligini mustahkamlashga o’rgatadi. Jismoniy tarbiya tadbirlari maktabning ta’lim va tarbiyaviy ishlari shakllaridan bo’lib o’quv mashg’ulotlari bilan muvofiq holda tashkil etilishi kerak.
Ertalabki badan tarbiya mashg’ulotlari o’quvchilarda tartib intizomni ham tarbiyalaydi. Bu mashg’ulotlar so’ng o’quv kunini uyushgan holda boshlash amalga oshiriladi. Ertalabki badan tarbiya mashg’ulotlarida bolalar jismoniy tarbiya darslari jarayonida o’rgangan umurivojlantiruvchi mashqlarni bajaradilar. Ertalabki badan tarbiya mashg’ulotlariga shifokor ta’qiqlamagan o’quvchilarning barchasi qatnashadilar. Ertalabki badan tarbiya mashg’ulotlariga direktor va o’quv ishlari direktor o’rinbosari rahbarlik qiladi. Mashg’ulotni jismoniy tarbiya o’qituvchilari olib boradilar. Shu bilan birga yoshlar uyushmasi a’zolari va faol sportchi o’quvchilar ham mashg’ulotlarni tashkil etishda ishtirok etadilar. Ertalabki badan tarbiya mashug’lotlari ochiq havoda o’tkazilishi maqsadga muvofiq yomg’irli va qattiq sovuq kunlarda mashg’ulotlar sport zallarida va yopiq binolarda o’tkaziladi. Ertalabki badan tarbiya mashg’ulotlarining vazifalari
Muskul sistemasi va yurak faoliyatini faollashtirish
O’quvchilarni jismoniy zo’riqtirmaslik
To’g’ri qaddi-qamotni shakllantirish.
Umumrivojlantiruvchi mashqlardan foydalanish.
O’quv mashg’ulotlariga aqliy, ruhiy va jismoniy tayyorgarlik ko’rish.