3-bob. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish



Download 49,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana01.01.2022
Hajmi49,88 Kb.
#300614
1   2   3   4
Bog'liq
393-сон 20.06.2017. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida

(17-bandning  ikkinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2019-yil  27-

apreldagi  360-sonli  qarori  tahririda  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  29.04.2019-y.,

09/19/360/3030-son)

talabaning  reyting  daftarchasi  yoki  belgilangan  shakldagi  akademik  ma’lumotnoma

nusxalari;



pasportning nusxasi.

18.  Talabalar  o‘qishini  ko‘chirish  haqidagi  arizani  ko‘rib  chiqish  va  qaror  qabul  qilish

quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

ushbu  Nizomning  6-bandida  ko‘rsatilgan  holatlar  bo‘yicha  ariza  ko‘rib  chiqilib,  oliy

ta’lim muassasasi rektorining tegishli qarori qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan shaxsga

shaxsan ma’lum qilinadi;

ushbu  Nizomning  7-bandida  ko‘rsatilgan  holatlar  bo‘yicha  arizalar  tegishli  vazirlik

(idora)  tomonidan  ko‘rib  chiqilib,  qaror  qabul  qilinadi  va  bu  haqda  ariza  bergan  shaxsga

ma’lum qilinadi;

Oldingi tahrirga qarang.

ushbu  Nizomning  8-bandida  ko‘rsatilgan  holatlar  bo‘yicha  arizalar  Davlat  komissiyasi

tomonidan ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinadi.

(18-bandning  to‘rtinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2019-yil  27-

apreldagi  360-sonli  qarori  tahririda  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  29.04.2019-y.,

09/19/360/3030-son)

Nizomning  7-bandida  ko‘rsatilgan  holatlar  bo‘yicha  arizalar  ko‘rib  chiqilib,  ijobiy  hal

etilgan  taqdirda,  tegishli  vazirlik  (idora)  oliy  ta’lim  muassasasiga  belgilangan  shaklda  xat

yo‘llaydi.



Oldingi tahrirga qarang.

Nizomning  8-bandida  ko‘rsatilgan  holatlar  bo‘yicha  arizalar  ko‘rib  chiqilib,  ijobiy  hal

etilgan taqdirda, Davlat komissiyasi oliy ta’lim muassasasiga belgilangan shaklda xat yo‘llaydi.

(18-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-

apreldagi  360-sonli  qarori  tahririda  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  29.04.2019-y.,

09/19/360/3030-son)

Oldingi tahrirga qarang.

19.  Tegishli  vazirlik  (idora)  yoki  Davlat  komissiyasining  xati  asosida  oliy  ta’lim

muassasasi rektorining buyrug‘i bilan o‘qishi ko‘chirilayotgan talaba darslarga qo‘yiladi hamda

ushbu  oliy  ta’lim  muassasasi  tomonidan  talaba  ilgari  ta’lim  olgan  oliy  ta’lim  muassasasiga

uning shaxsiy yig‘ma jildini jo‘natish uchun so‘rovnoma yuboriladi.

(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)

20.  So‘rovnoma  olingandan  so‘ng,  talaba  ilgari  ta’lim  olgan  oliy  ta’lim  muassasasi

rektorining  talabalar  safidan  chetlashtirish  haqida  buyrug‘i  asosida  uch  kun  muddatda

talabaning  shaxsiy  yig‘ma  jildi  (ro‘yxati  bilan)  uni  o‘qishga  qabul  qilgan  oliy  ta’lim

muassasasiga jo‘natiladi yoki ariza bilan o‘qishi ko‘chirilgan talabaga beriladi.

Shaxsiy  yig‘ma  jild  jo‘natilishi  mumkin  bo‘lmagan  hollarda  (yopiq  yo‘nalishlar  va

mutaxassisliklar  bo‘yicha  kadrlar  tayyorlash)  oliy  ta’lim  muassasasi  rektori  tomonidan

imzolangan  va  gerbli  muhr  bilan  tasdiqlangan  akademik  ma’lumotnoma  talabani  o‘qishga

qabul qilgan oliy ta’lim muassasasiga jo‘natiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

O‘qishi  ko‘chirilishiga  ruxsat  etilgan  talabaning  maqsadli  qabul  asosida  o‘qiyotganligi

o‘qib turgan oliy ta’lim muassasasi tomonidan tekshiriladi va haqiqatda maqsadli qabul asosida

o‘qiyotganligi  aniqlangan  taqdirda  so‘rovnoma  yuborgan  oliy  ta’lim  muassasasiga  hamda

talabaga mazkur talabaning o‘qishi ko‘chirilishi mumkin emasligi to‘g‘risida uch kun muddatda

tegishli xat yo‘llanadi.




Download 49,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish