3 bob. Bo’sh zaminlarini sun’iy mustahkamlash usullari 13. Umumiy ma’lumotlar



Download 227,5 Kb.
bet3/7
Sana12.04.2022
Hajmi227,5 Kb.
#547076
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
XIII bob tayyor

Bo‘sh gruntlarni chuqur zichlash yordamida mustahkamlash bir necha usullar vositasida bajariladi.
Qumli yoki gruntli qoziqlar yordamida amalda to‘kma gruntlar, bo‘sh holatlagi qumlar, balchiqlar va loylar zichlanadi. So’nggi vaqtda lyossimon gruntlarni ham ushbu usul yordamida zichlash yaxshi natija bermoqda.
Mustahkamlashga ajratilgan bo‘sh gruntli maydonning belgilangan joylarida ko‘ndalang qirqimi 30 - 50 sm bo‘lgan temir quvir qoqiladi, yoki titratib cho‘ktiriladi. Bu jarayonda uning atrofidagi gruntlar siqilib zichlashadi.
Qoqib o‘rnatiluvchi quvirlarni grunt bo‘ylab siljishini osonlashtirish maqsadida ularning uchiga maxsus o’tkir moslama kiygiziladi. Belgilangan sathga yetgach, quvirga qum, yoki qum-tosh aralashmasi oz-ozdan solinib, shibbalab boriladi, quvir esa shibbalash jarayonida asta-sekin sug‘urib olinadi. Quvirni pog‘onalab sug‘urib olish jarayonida uning ichidagi qum tiqinining balandligi 1,0-1,20 m dan kam qolmasligi lozim.
Titratkich yordamida o‘rnatiluvchi quvirning uchiga to‘rt tomonga ochiladigan qanotli maxsus moslama kiygiziladi (13.3-rasm). Qoziqni chuqurlashish jarayonida moslama yopiq holda, uning uchi esa nayza shaklida bo‘ladi. Quvir loyihada belgilangan chuqurlikka yetgach, uning ichi namlangan qum bilan to‘ldiriladi. So‘ngra titratgich ishga tushiriladi. Titrash jarayonida quvir uchidagi moslamaning og‘zi ochilib, qum chuqurni to‘ldiradi. Titratgich yordamida qumli qoziqlar o‘rnatishni dastavval prof. Barkan D. D. (1951 y.) amaliyotda qo’llagan.
Qumli qoziqlar uchun tarkibida yirik aralashmadan holi, changsimon va loysimon zarralarning miqdori 3% dan oshmagan qum va shag‘allardan foydalanish yahshi natija



13.3-rasm. Titratish usuli yordamida qumli qoziq o’rnatish:
a,b- quvir o’rnatish va sug’urub olish jarayoni; v,g-maxsus moslamalarning yopiq va ochiq holatlari: 1-temir quvir; 2-titratgich; 3- qanotlar, 4-oshiq-moshiq; 5-qisqich.

beradi. Qoziqlar o‘zaro shaxmat tartibda joylashtiriladi. Ularning soni ko‘ndalang yoki uzinasiga uchtadan kam bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, chetki qoziqlar joylashgan o‘q poydevor qirrasidan kamida 0,5 m chiqib turishi lozim.


Qoziqlar orasidagi masofa quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
, (13.2)
bunda dq - qoziqning diametri;
- gruntning dastlabki zichligi;
- zichlangan gruntning zichligi.
Qumli qoziqlar yordamida zichlashtirilgan gruntning yuk ko‘garish qobiliyati 2-3 martta ortishi mumkin.
Portlatish yordamida lyoss va lyossimon gruntlarnimg o‘ta cho‘kishini kamaytirish maqsadida Abelev Y. M. (1935 y.) taklif etgan usuli ham amalda keng qo‘llanadi. Mazkur usul orqali grunt quyidagi tartibda zichlanadi. Qurilish maydoni ma’lum kvadratlarga bo’lib chiqiladi. Kvadratlarning o’lchami gruntning turiga, portlatish chuqurligiga, portlovchi moddaning turiga va b. bog’liq. Kvadratlarning uchidan burg‘i yordamida chuqurlar qaziladi. Bu chuqurlarga zanjirsimon jamlangan, har biri 50 g dan iborat portlovchi modda (ammonit) joylanadi. Ammonitlar soni grunt turiga, uning zichlashish holatiga bog‘liq bo‘lib, amalda 1,0 m masofaga 5 -10 donadan to‘g‘ri keladi.
Portlatish natijasida burg‘i chuqurligining eni ma’lum miqdorga kengayadi, so‘ng uni oz-oz miqdorda olingan mustahkam grunt bidan shibbalab to‘ldiriladi. Bunda bir vaqtda bir necha chuqurda ish bajarib bo’lmaydi, chunki biridagi portlash yonidagilarga ta’sir ko‘rsatib, devorlarni o‘pirib yuborishi mumkin.
Uzoq yillar davomida olib borilgan kuzatuvlar natijasi lyossimon gruntlarni portlatish yordamida zichlash hamma vaqt ham istalgan natijani beravermasligini ko‘rsatdi. Bunga asosiy sabab portlash vaqtida gruntning tabiiy tuzilmasining buzilishi bo’lib, natijada erishilgan grunt g‘ovakligini kamayishi 8-10% dan oshmaydi. Bu miqdor esa lyossimon gruntlarning mustahkamlik ko’rsatkichlarini ko’zlagan maqsadda oshirmaydi.
Suv yordamida titratib zichlash usuli qumli va yirik zarrali gruntlarning bunday harakatlarga ta’sirchanlik xususiyatiga asoslangan.
Ma’lumki. titrash jarayonida bunday gruntlarning zarralari orasidagi ishqalanish kuchi kamayadi. Natijada, ular o‘zaro siljib, zarralarning sof og‘irligi ta’sirida zichlasha boshlaydi. Loyli gruntlarda (lyosslardan tashqari) bu usulni qo‘llab bo‘lmaydi.
Titratkich sifatida yumshoq egiluvchan moslamadan foydalaniladi. Katta tezlikda istalgan chuqurlikka tushish imkoniga ega bo‘lgan bunday titratkichlar grunt zarralari muvozanatini osongina buzadi. Mazkur holatni yanada jadallashtirish maqsadida 25 mm diametrli 2-2,5 m uzunlikdagi serteshik quvur grunt qa’riga tushirilib, titrash jarayonida unga bosim ostida suv yuborib turiladi (13.4-rasm).
Quvurdan yuborilgan suv yer sathiga ko‘tarilgandan so‘ng titratkich ishga tushadi va o‘z og‘irligi ta’sirida cho‘ka boshlaydi. Ma’lum chuqurlikka yetgach, titratkich teskari harakat bilan orqaga ko‘tariladi. Natijada turg‘unligi buzilgan qumlar tebranish natijasida zich joylashib qoladi.



13.4-rasm. Serg’ovak qumlarni titiratgich yordamida zichlash:
1-titratkich; 2-serteshik quvur; 3-guruntning o’yilgan qismi.

Chuqurlar orasidagi masofani quyidagi ifoda yorlamida aniqlash mumkin:


, (13. 3)
bunda: q- titratkichning og‘irligi;
- suvga to‘yingan grunt zichligi.
Mazkur usul yordamida qalinligi 4 metrdan oshmagan qatlamni zichlash yahshi natija beradi. Unda cho‘kish miqdori sezilarli darajada kamayishi tajribalarda isbotlangan.

Download 227,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish