*3-amaliy topshiriq uchun gaplar beriladi. Uni to’liq tahlil qilish talab qilinadi. Asosan, yuqori baho tahlilga beriladi



Download 196 Kb.
bet16/17
Sana21.07.2022
Hajmi196 Kb.
#832253
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Praktikum. Yakuniy savollar

So’z birikmasi. Ma’lumki, narsa-buyum, belgi, ish-harakatni umumiy ifodalash, nomlash vazifasini so`z bajaradi. So`z birikmasi ham mohiyatan atash, nomlash (nominatsiya) sath birligidir. Boshqacha qilib aytganda, so`z birikmasi lisoniy qiymat jihatidan so`zga (leksemaga) barobardir. Masalan, direktor so`zi o`rnida korxonaning boshlig`i (tashkilotning rahbari) kabi so`z birikmalaridan birini bemalol ishlatish mumkin. O`zbek tilida so`z birikmalarining so`zlarga atash vazifasi jihatidan teng qiymatliligiga yuzlab misollarni keltira olamiz.
Chunonchi, tartibli – intizomda birinchi, shabada – yoqimli shamol, amaki – otaning akasi (yoki ukasi), tog`a – onaning akasi (yoki ukasi), yanga – akamning xotini va h.
Leksema bilan so`z birikmasi orasidagi asosiy farq atash (nomlash) vazifasida emas, balki shu vazifani qaysi yo`l, qaysi usul va qaysi shakl bilan ifoda etishidadir. Leksik sathda bu vazifani so`z (leksema) to`g`ridan to`g`ri bajaradi, so`z birikmasi esa atash vazifasini so`zlarni o`zaro erkin sintaktik aloqaga kiritish yo`li bilan amalga oshiradi. Erkin sintaktik aloqaga kiritish deganda so`zlarning vaqtinchalik, faqatgina nutq talabi va ehtiyojiga ko`ra tobe-hokim munosabatlariga kiritish tushuniladi. So`z birikmasining tarkibi tobe bo`lak va hokim bo`lakdan
iborat bo`lib, so`z birikmasi hokim bo`lakning ehtiyoji va tobe bo`lakning imkoniyati orasidagi uyg`unlikning voqelanish usulidir.
So`z birikmasi bitta mustaqil so`z atrofida birlashadi, ya’ni so`zlardan biri hokim, qolganlari unga tobe bo`ladi. So`z birikmalari hokim bo`lakning qaysi so`z turkumiga mansubligiga qarab, otli birikma va fe’lli birikmaga bo`linadi.
Hokim bo`lak ot, sifat, son, olmosh, taqlid, undov yoki harakat nomi bilan ifodalansa, otli birikma hisoblanadi. Otli birikmalarda tobe bo`lak ot, sifat, sifatdosh, son, olmosh, ravish, taqlid, undovlar bilan ifodalanishi hamda hokim bo`lak bilan birikib turli ma’noviy munosabatlarni bildirishi mumkin.
Chunonchi, [ot + ot] birikuvidan tuzilgan so`z birikmalari muayyan predmetning qanday materialdan yasalganligi (oltin soat, taxta ko`prik); bir predmetning boshqasiga qarashliligi (bolalar bog`chasi, Salimaning kitobi); butun-bo`lak munosabati (stolning oyog`i, mashinaning motori); sabab-natija munosabati (e’tiborsizlik natijasi, sabrsizlikning oqibati); tur-jins munosabati (tuyaning erkagi, tuyaqushning modasi); shaxs yoki narsa-buyumning sifati, xususiyati (Karimaning pokligi, uyning tozaligi) kabi o`ndan ortiq ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi. Bunday birikuvli so`z birikmalari rus tilida [imenitelniy padej + roditelniy padej] qolipida tuzilgan birikmalarga to`g`ri keladi: kniga brata, karandash Maxmuda kabi. Demak, rus tilida otga ot ergashganda tobe ot ikkinchi o`rinda roditelniy padej shaklida keladi.
[sifat + ot] birikuvli so`z birikmalari quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: qizil baxmal, qora chopon (muayyan predmetning rang-tusi); shirin qovun, achchiq danak (predmetning maza-ta’mi); puldor odam, gulli mato (xoslik, egalik belgisi); injiq bola, mard o`g`lon (xarakter-xususiyat); yaxna ovqat, nimjon chaqaloq (predmetning holati) va hokazo. Chunonchi,
[sifat + ot] – o`qigan qiz, kelgusi avlod;
[son + ot] – birinchi yil, uchinchi farzand;
[olmosh + ot] – anovi hovuz, hammaning fikri;
[ravish + ot] – mardona harakat, yashirincha uchrashuv;
[taqlid + ot] – shivir-shivir gap, g`uvur-g`uvurning ta’siri;
[undov + ot] – oh-vohning oqibati, salomning javobi kabi birikuvlarning har biri ham alohida-alohida ma’noviy ma’nolarni bildiradi. Boshqa tillardan ham shunga o`xshash misollarni keltirish mumkin.
Bosh so`z fe’l va uning ravishdosh sifatdosh shakllari bilan ifodalansa, fe’lli birikma hosil bo`ladi. Fe’lli birikmalarda tobe bo`lak turli so`z turkumlari bilan ifodalanishi va semantik jihatdan o`ziga xos ma’noviy munosabatlarni yuzaga chiqarishi mumkin. Chunonchi, [ot + ravishdosh] birikuvidagi so`z birikmalari tobe bo`lak semantikasi bilan bog`liq ravishda harakat yoki holatning o`rnini yoki paytini ifodalaydi: maktabdan kelib, uydan uzoqlashib, yozga yetib, qishga qoldirib kabi.[ravishdosh + sifatdosh] – shoshib gapirgan, tinmay ishlayotgan, o`qigani kelgan kabi nutqiy hosilalarda harakatning holati, maqsadi kabi ma’nolar seziladi. Rus tilida fe’lli birikmalarda hokim so`z oldin, tobe so`z keyin qo`llanadi: chitat lyoja, uslishav o priyezda, idti rabotat kabi.
Nutqiy bosqichda so`z birikmasi tarkibidagi so`zlarning o`zaro birikish usullari sifatida boshqaruv, moslashuv, bitishuv ajratiladi. Bular, asosan, nutqimizda ishlatiladigan son-sanoqsiz so`z birikmalarining zohiriy jihatlarini kuzatish asosida yuzaga kelgan desak, xato qilmaymiz. Boshqaruv, moslashuv, bitishuv usullari bilan tanishamiz.

Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish