*3-amaliy topshiriq uchun gaplar beriladi. Uni to’liq tahlil qilish talab qilinadi. Asosan, yuqori baho tahlilga beriladi



Download 196 Kb.
bet11/17
Sana21.07.2022
Hajmi196 Kb.
#832253
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Praktikum. Yakuniy savollar

So’zlashuv uslubi - ona tilidagi bor imkoniyatlardan foydalanadi. Hozirgi o‘zbek tilining so‘zlashuv stili ikki turga ajratiladi: adabiy so‘zlashuv stili va oddiy so‘zlashuv stili.
Adabiy so‘zlashuv stili tilning adabiy normalariga mos, tartibga solingan va ishlangan bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Uning tili soda: jargon va sheva elementlaridan xolidir. Adabiy so‘zlashuv stili o‘z adabiy tilini bilgan kishilar uchun tanish va ma’lum bo‘lgan asosiy stil hisoblanadi. Tilning adabiy so‘zlashuv stili kundalik aloqa-aralashuv uchun xizmat qiladi maktablarda va o‘quv yurtlarida o‘qitish ishlari shu stilda olib boriladi, undan badiiy adabiyotda juda keng foydalaniladi. Qisqasi adabiy so‘zlashuv stili umumxalq adabiy tilining eng keng va universal turidir.
Oddiy so‘zlashuv stili uchun esa betakalluflik bilan erkin muammo-aloqa qilish xarakterli xususiyatdir. Unda so‘zlashuv nutqiga xos emotsionallik yaqqol sezilib turadi. Bu hol, ayniqsa, uning sintaktik qurilishida, lug‘at boyligidan so‘z tanlashida yaqqol ko‘rinadi. Oddiy so‘zlashuv stili tarkibiga soda tilga xos elementlarni, ya’ni u yoki bu darajada tilning adabiy normalariga mos kelmaydigan fonetik, grammatik va leksik-frazeologik hodisalarni kiritish mumkin. So‘zlashuv stilning bu ikki turi o‘zining bir qator grammatik, leksik-frazeologik va fonetik xususiyatlariga ega. Amaliy mashg’ulotlar
So‘zlashuv stilining fonetik xususiyatlari. So‘zlashuv stilida, bir tomondan, umumadabiy tilga xos, ikkinchi tomondan, og‘zaki nutqqa xos talaffuz xususiyatlarini ko‘rish mumkin. Nutqning xarakter va xususiyatlariga ko‘ra talaffuz normalarini ikki tipga ajratish mumkin. Birinchi tip talaffuz normasi lektorlar, aktyorlar, diktorlar, notiqlar nutqi uchun xarakterli bo‘lib, adabiy til normalariga rioya qilishni talab etadi, unda har bir so‘z aniq, dona-dona talaffuz qilinishi shart.
Talaffuzning ikkinchi tip normasi esa, asosan, so‘zlashuvda, og‘zaki nutqda uchraydi. So‘zlashuv stilida umumiste’moldagi adabiy-neytral so‘zlarni talaffuz qilishda birmuncha erkinlik sezilib turadi. So‘zlashuv stiliga mansub so‘zlar ko‘pincha amaldagi adabiy-normativ shakllardan farqlanuvchi yoki unga qarama-qarshi keluvchi fonetik belgilarga ega. Buning quyidagi ko‘rinishlari mavjud.
1) So‘z tarkibidagi tovushlarning o‘rin almashinishi: qiyg‘ir, nalat, shapra, so‘zlari talaffuziga ko‘ra jonli so‘zlashuvga xos bo‘lib ularning adabiy talaffuz formasi qirg‘iy, la’nat, sharpa.
2) So‘z tarkibidagi tovushlarning tushib qolishi: Quflamoq (qulflamoq), tashamoq (tashlamoq), ko‘kartmoq (ko‘kartirmoq), barikaram (bargi karam).
3) Biror tovushning orttirilishi: Chechmoq (yechmoq), qamchin (qamchi), korchallon (Korchalon), yangitdan (yangidan).
4) Tovush almashinishi: bo‘qoq (buqoq), mo‘nchoq (munchoq), ko‘mirchak (kemirchak), kuynak (kuylak), tanov (tarnov), qamich (qamish), nusqa (nusxa), qalmoq (qarmoq), qimillamoq (qimirlamoq), tiqillatmoq (tiqirlatmoq), boylamoq (bog‘lamoq), va boshqalar.
5) Affikslar qo‘shilishi natijasida o‘zak-negizlarda hosil bo‘ladigan qisqartmalar: opti (olipti), kepti (kelibdi), opketti (olip kelibdi).
Talaffuzning bu usuliga xos ko‘rinishlaridan badiiy adabiyotda og‘zaki nutqni aks ettiruvchi o‘rinlarda, asar qahramonlari nutqida foydalaniladi.

Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish