N – bir yildagi baxtsiz hodisalar soni;
D – mehnatga layoqatsizlikni umumiy vaqti, ish kuni;
b - baxtsiz xodisaga uchragan shaxsning o‘rtacha ish xaqi, so‘m.
Davlat uchun mehnat muhofazasidan chora-tadbirlardan olinadigan iqtisod quyidagicha aniqlanadi:
E = ( U1 - U2 ) – M (6)
U1, U2 – chora-tadbirgacha va undan so‘ng baxtsiz hodisalardagi iqtisodiy zarar so‘m,
M – chora-tadbirlarga sarflangan mablag‘, so‘m.
Mehnat muhofazasi chora-tadbirlarini o‘zini qoplash vaqti quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
T= (7)
1-masala. Korxonadagi o‘rtacha ishchilar soni 400 kishini tashkil etadi. Bir yilda ushbu korxonada 4 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan va 50 ish kuni yo‘qotilgan. Jarohatianish chastotasi ko‘rsatkichini aniqlang.
Yechish:_Demak,_baxtsiz_hodisalar_soni_N=4,_ishchilar_soni_S_i_=400_u_holda_jarohatianish_chastotasi_K_ch_=1000_•N/S_i_=1000x4/400=10ga_teng'>Yechish:
Demak, baxtsiz hodisalar soni N=4, ishchilar soni Si=400 u holda jarohatianish chastotasi Kch=1000 •N/Si=1000x4/400=10ga teng
2-masala. Charm ishlab chiqarish korxonasida joriy yilda 2 ta baxtsiz hodisa sodir bolgan va ulardan bittasi o‘lim bilan tugagan. Baxtsiz hodisalar tufayli 32 ish kuni yo‘qotilgan. Korxonadagi o‘rtacha yillik ishchilar soni 460 kishi bo‘lsa, jarohatianish ko‘rsatkichlarini aniqlang.
Yechish:
Jarohatianish chastotasi:
Kch=1000•N/Si = 4x1000/460 = 8,7
Jarohatianish og‘irligi:
Kt= Di/Si=32/2=16
Ish kunining yo‘qotilganligi:
Kt= (Di/Si)x1000=(32/460)x1000=64,6
Mustaqil yechish uchun masalalar
Ipak tola ishlab chiqarish korxonasidagi o‘rtacha yillik ishchilar soni 260 kishidan iborat. Hisobot yilida korxonada 3 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan va jami 62 ish kuni yo‘qotilgan. Jarohatianish ko‘rsatkichlarini aniqlang.
Korxona hisoboti bo‘yicha yillik baxtsiz hodisalarning jarohatianish chastotasi korxonada 24,0ni tashkil etadi. Agar korxonadagi ishchilar soni 72 kishidan iborat bo‘lsa, ushbu korxonada hisobot yilida nechta baxtsiz hodisa sodir bolgan?
Ma’lum bir korxonada yuz bergan 4 ta baxtsiz hodisa tufayli 60 ish kuni yo‘qotilgan. Jarohatianish ogirligi ko‘rsatkichini hisoblang.
Korxonada baxtsiz hodisalar oqibatida bir yilda 55 ish kuni
yo‘qotilgan, Ish kunining yo‘qotilganlik ko‘rsalkichi 458,34 ga teng.
Korxonadagi ishchilar sonini aniqlang.
Korxonada 30 kishi ishlaydi va bir yilda 2 ta baxtsiz hodisa ro‘y
bergan. Natijada 60 ish kuni yo‘qotilgan. Jarohatianish og‘irligi ko‘rsat-kichini aniqlang.
Korxonada hisobot yilida 4 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan va ularning bittasi o‘lim bilan tugagan. Agar baxtsiz hodisalar tufayli 62 ish kuni yo‘qotilgan bo‘lsa, jarohatianish og‘irligi ko‘rsatkichi qanchani tashkil etadi?
Sun‘iy tola ishlab chiqarish korxonasida bir yiIda 2 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan va ularing bittasi o‘lim bilan tugagan. Korxonadagi ishchilar soni 520 kishini tashkil etadi. Baxtsiz hodisa tufayli yo‘qotil-gan ish kunlari 45ga teng. Jarohatianish ko‘rsatkichlarini aniqlang.
Tsexdagi ishchilarning o‘rtacha yillik soni 40 kishi. Bir yilda 1 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan va 15 ish kuni yo‘qotilgan. Jarohatianish
ko‘rsatkichlarini aniqlang.
Jarohatianish chastotasi 9,23 ga va jarohatianish og‘irligi 5,16 ga
teng bo‘lgan holatda korxonada nechta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan
bo‘lishi mumkin.
Korxonada umumiy ishchilar soni 400 kishidan iborat.
Jarohatianish chastotasi-10, jarohatianish og‘irligi 15 va ish kunining
yo‘qotilganligi 150 ga teng. Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar soni va
yo‘qotilgan ish kunlarini aniqlang
Nazorat savollari
Baxtsiz hodisani tekshirishnig qanday usullari mavjud?
Oqibati og 'ir va o ‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar qanday tartibda teshiriladi?
Baxsiz hodisalarni tekshirish uchun necha kun muhlat beriladi?
Jarohatlanishlarning takrorlanish (chastotasi) deganda nima tusunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |