3-Amaliy MASHG’ULOT
Mavzu: Hodisalar daraxti
Ishdan maqsad: Mazkur ishda talaba rad etish daraxti usulidan foydalangan holda risklarni baholashni o‘rganish.
Nazariy qism
Rad etish daraxtining tahlili (ing. Fault tree analysis - FTA) – bu tadqiq qilinayotgan kutilmagan hodisaninng paydo bo‘lishiga yordam beruvchi omillarni aniqlash va tahlil etish usulidir. Tadqiq qilinayotgan omillar ajratish (deduksiya) yordamida aniqlanib, mantiqiy tarzda quriladi hamda ushbu omillar va ularning oxirgi voqea bilan mantiqiy aloqasi diagrammada daraxt ko‘rinishida aks ettiriladi.
Rad etish daraxtida ko‘rsatilgan omillar - kompyuter uskunalari ishlamay qolishi bilan bog‘liq hodisalar, inson xatolari yoki kutilmagan holatga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa hodisalar bo‘lishi mumkin.
FTA misoli 1-rasmda ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |