3-AMALIY MASHG’ULOT TOPSHIRIG’I 1. Moddiy nuqta tekislikda r=At3+jBt2tenglama bo’yicha harakatlanmoqda. 1) V(t); 2) a(t) boglanishlar yozilsin.
2. Moddiy nuqtaning harakati r(t)=A(icosωt+ jsinωt) tenglama bilan berilgan, bunda A=0,5m; ω=5 rad/s. Nuqtaning traektoriyasi chizilsin. Tezlik moduli | V| va normal tezlanish moduli | an| aniqlansin.
3. Moddiy nuqtaning harakati r(t)= i(A+Bt2) + jCt tenglama bilan berilgan, bunda A=10 m, B=-5m/s2, C=10 t/s. Nuqtaning traektoriyasi chizilsin. V(t) va a(t) ifodalar topilsin. Vaqtning t= 1s momenti uchun: 1) tezlik moduli | V| ; 2) tezlanish moduli | a| 3) tangentsial tezlanish moduli | at|; 4) normal tezlanish moduli | ap| lar xisoblansin.
4. Nuqta egri chiziq bo’ylab o’zgarmas at =1m/s2 tangentsial tezlanish bilan harakatlanmoqda. Egri chiziqning egrilik radiusi R=3m bo’lgan qismida nuqta v=2 m/s tezlik bilan harakatlansa, chiziqning shu qismida nuqtaning to’la tezlanishi a aniqlansin.
5. Nuqta radiusi R=4m bo’lgan aylana bo’ylab harakatlanmoqda. Nuqtaning boshlangich tezligi vo=2m/s tangentsial tezlanishi at=1 m/s2. Vaqtning t=2 s payti uchun: 1) nuqtaning o’tgan yo’li uzunligi S; 2) kuch ish moduli |Δl|; 3) o’rtacha tezligi ; 4) o’rtacha tezlik vektorining moduli || aniqlansin.
6.Minoradan gorizontal yo’nalishda tosh otdilar. Tosh t=2s dan keyin minora asosidan S=40 m masofada yerga tushdi. Toshning boshlang’ich vova oxirgi v tezliklari aniqlansin.
7.Minoradan v=30 m/s tezlik bilan gorizontal yo’nalishda otilgan jism minora balandligi h dan ikki marta katta S masofada (minora asosidan) yerga tushdi. Minoraning balandligi topilsin.
8. Jism ufqqa nisbatan biror a burchak ostida otilgan. Agar jismning gorizontal yo’nalishdagi uchish masofasi traektoriyasining maksimal balandligi H dan to’rt marotaba katta bo’lsa, αburchak topilsin.
9.Quroldan ufqqa nisbatan α=30° burchak ostida otilgan snaryad bir xil h balandlikda ikki marta, otilganidan t1=10 s va t2=50 s vaqtlardan keyin bo’ldi. Boshlangich tezlik vova balandlik h aniqlansin.
10. Oq ufqqa nisbatan a = 60° burchak ostida v0=200 m/s boshlangich tezlik bilan otildi. Eng baland kutarilish balandligi N, uchish uzoqligi S va traektoriyaning eng yuqori nuqtasidagi egrilik radiusi R aniqlansin. Xavoning qarshiligi xisobga olinmasin.