3 - amaliy mashg’ulot. Sabzavot ekinlari urug’larini o’rganish
Ishdan maqsad: Talabalarni turli sabzavot ekinlari urug’ining morfologik
belgilari bilan tanishtirib, ularni aniqlashga o’rgatish.
Kerakli materiallar va jihozlar:
Sabzavot ekinlari urug’larining morfologik belgilarini tasvirlovchi jadvallar.
Sabzavot ekinlarining probirkaga solingan urug’lari.
Asosiy tushunchalar: Amalda ekish materiallarining hamma turi shartli
ravishda
urug’
deyiladi.
Biroq
seldereysimonlar
(soyabonguldoshlar),
grechixasimonlar, astrasimonlar (murakkabguldoshlar), boshoqdoshlarni ekish
materiallarini urug’ emas, balki tashqi po’sti (perikarpiy) va ichki urug’ po’sti
(integument) bo’lgan quruq mevadan iborat. Lavlagining ekish materiallari -
to’pmeva bo’ladi. Piyozguldoshlar, karamsimonlar (krestguldoshlar) va
dukkakdoshlar oilasiga mansub o’simliklarning ekish materiallari quruq mevadan
ajratib olingan urug’, qovoqdosh va tomatdoshlarniki seret mevasidan ajratib
olingan urug’dan iborat.
Urug’ - ko’payish organi bo’lib, murtak va endospermdan tashkil topgan
qo’sh urug’lanish mahsulidir. Yopiq urug’lilarga kiradigan sabzavot ekinlarining
urug’i mevasi ichida rivojlanadi. Meva esa urug’kurtakning changlanishidan keyin
bitta urug’kurtak bo’lsa, bir urug’li, ikkita urug’kurtak bo’lsa, ikki urug’li meva
hosil bo’ladi.
Karamsimonlarning mevasi qo’zoqchadir. Uning ociladigan ikkita pallasi va
to’sig’i bo’lib, urug’lar ana shu to’siqda joylashadi. Mevasining uchki qismi
tumshuqcha deyiladi. U tavaqasiz va to’siqsiz bo’ladi. Karam, bryukva va turp
qo’zoqchalari ikkita tavaqa bilan ochiladi. Rediska va sholg’om urug’i mevasining
qo’sxilib o’sgan tumshug’ida bo’ladi, shuning uchun bu o’simliklarning qo’zog’i
ocxilmaydi.
Gorox, loviya va boshqa dukkaklilarning mevasi - dukkak.
Qo’zoqlardan farq qilib, dukkak ikkita emas, balki bitta mevabargdan
hosil
bo’ladi
va
ko’ndalang
to’sig’i
bo’lmaydi.
Soyabonguldoshlar
(seldereysimonlar) oilasiga mansub o’simliklarning mevasi - qo’sh urug’li. Shivit
va pasternakda u po’stli keng hoshiya shaklida yelkadan iborat. Lavlagi va
ismaloqning mevasi to’pmeva bo’lib, uning ichida urug’i bor. Qovoqdoshlar
(bodring, patisson, qovoqcha va poliz ekinlari) ning mevasi serurug’, sersuv, seret
qovoqcha. Tomatdoshlardan pomidor, boyimjon, fizalis va kartoshkaning mevasi -
rezavor meva qalampirda - ikki, to’rt uyali, ko’p urug’li ichi bo’sh rezavor meva.
Murakkabguldoshlar (astrasimonlar) ning mevasi pistacha, piyozdoshlarniki -
ko’sakcha, toronguldoshlarniki uch qirrali pistacha, labguldoshlarniki yong’oq cha,
yalpizdoshlar (g’alladoshlar) niki don.
Urug’kurtak pardasi urug’ po’stiga aylanadi. U esa urug’ni mexanik ta'siridan
saklaydi va tashqi muxit bilan suv hamda gazlar almashinuvini boshqaradi.
Karamsimonlar, dukkakdoshlar, boshoqdoshlar, astrasimonlar va qovoqdoshlar
urug’ining po’sti suvni tez o’tkazadi. Toronguldoshlar; piyozdoshlar, xususan,
sarsabildosh (seldereydosh)lar, piyozdoshlar oilasiga mansub o’simliklar
urug’ining po’sti suvni tez o’tkazsa, urug’ shuncha tez bo’rtadi va tez unib chiqadi.
Murtak xaltasining urug’langan hujayrasidan urug’ yadrosi (murtak va zapas
oziq moddalar joyi) hosil bo’ladi. Murtakda o’simlik uchun xos bo’lgan barcha
asosiy organlar bo’ladi. U kurtakdan, birlamchi barglar (urug’barglar)dan,
birlamchi poya gipokotildan (ostki poyadan) va birlamchi ildizdan iborat.
Piyozguldoshlar sparjadoshlar va boshoqdoshlar - bitta urug’palladan iborat.
Seldereysimonlar toronguldoshlar, tomatdoshlar, piyozguldoshlar, sparjadoshlar,
boshoqlarda zapas moddalar maxsus joyda - endospermda, sho’radoshlar
perispermda bo’ladi. Qovoqdoshlar, dukkakdoshlar, karamdoshlar, astradoshlar
urug’ida zapas moddalar uchun maxsus joy bor. Ularda urug’ning unib chiqishi
uchun zarur bo’lgan zapas moddalar urug’pallada bo’ladi. Bitta tur va navning
urug’i tabiiy xossalari, ekilish sifatiga ko’ra, ota - onasining biologik xususiyatlari
hamda ona o’simlikda joylashishiga bog’liq holda ancha farq qiladi. Masalan,
pomidorning birinchi tartib shoxchalaridan terib olingan, karam va sabzining asosiy
poyasidan olingan mevasining urug’i eng sifatli bo’ladi.
Sabzavot ekinlar urug’ining morfologik xususiyatlari. Sabzavot ekinlari
urug’ining yirikligi shakli, yuzasi va morfologik belgilari har xil bo’ladi. Ko’pgina
sabzavot ekinlari urug’ini bir-biridan oson ajratish mumkin. Biroq bir oilaga mansub
o’simliklarning, masalan, karamdoshlar, piyozdoshlarning urug’ini morfologik
belgilariga qarab bir-biridan ajratish juda qiyin, hatto mumkin emas. Shunga ko’ra
ularni aniqlash uchun boshqa usullardan foydalaniladi. Masalan, kartoshkaning har
xil turlarining urug’i morfologik - anatomik belgilariga qarab, sholg’om va rediska
urug’i anatomiya va ximiyaviy usullar yordamida aniqlanadi. Anatomiya usuli urug’
po’stining har xil tuzilishiga asoslangan. Ximiyaviy usul yordamida aniqlashda
urug’lar o’yuvchi natriyning 10% li eritmasiga 2 soat davomida solib qo’yiladi.
Natijada eritma shu o’simlik turi uchun xos bo’lgan rangga kiradi. Urug’larning
yirik-maydaligi, shakli yuzasi, rangi va alohida hosilalari bo’lishi ularning muhim
morfologik belgisi hisoblanadi.
V.I.Edelshteyn sabzavot ekinlari urug’ining yirikligiga yoki 1 grammdagi
soniga ko’ra ularni quyidagi guruhlarga bo’ladi:
Juda yirik urug’: 1 g da 1 - 10 dona - dukkaklar, loviya, gorox, qovoq,
makkajo’xori, tarvuzda;
Yirik urug’: a) 1 g da 10 - 60 dona - artishok, tarvuz, qovun, bodring, lavlagi,
sparjada; b) 1 g da 60 - 100 dona - rovoch, ismaloq, redis-ka, sholg’om;
O’rta yirik urug’: 1g da 150 - 350 dona - qalampir, karam, piyoz, pomidor,
boyimjon, pasternak, bryukva, turpda;
Mayda urug’: 1 g da 600 - 900 dona - turp, sabzi, petrushka, shivit, sachratqida;
Juda mayda urug’: 1 g da 1000 - 2000 dona - shovul, selderey, kartoshka, salat,
estragonda (5000 - 6000).
K.P.Lange sabzavot ekinlari urug’ini yirikligiga ko’ra: juda mayda – 2 mm
gacha, mayda - 2,5 mm, o’rtacha yirik - 5-8 mm, dan yirik bo’lganlarga ajratadi.
Urug’larning yirikligi va solishtirma og’irligi doimiy emas. Ular ona
o’simlikda, joylashishiga va o’stirish sharoitiga (iqlim, tup-roq, agrotexnika va
boshqalarga qarab) keskin o’zgaradi. Urug’larning yirik bo’lishi murtakning
rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan zapas oziq moddalar miqdorini
bildiradi. Mayda urug’lardan nimjon, ancha ko’p parvarish qilishni talab etadigan
maysalar chiqadi.
Sabzavot ekinlar urug’ining ko’rinishi yassi (tomatdoshlar va
qovoqdoshlarda), yarim yumaloq (piyoz, sparjada), noto’g’ri shaklda (lavlagida),
sharsimon (no’xat, shirin makkajo’xori, bryukva, turpda), sharsimon - burchakli
(ismaloq, rediska, sholg’om, goroxda), yassiqavariq (sabzi, petrushka, seldereyda),
yassi yapaloq (pasternak, shivitda), g’aramsimon (dukkaklar, loviya)da, uch qirrali
(shovulda), uch qirrali qanotchalari bilan (rovochda), uch qirrali yassi (salatda)
bo’ladi.
Sabzavot ekinlar urug’ining shakli uchburchak-buyraksimon (pomidorda),
yumaloq-uchburchakli
(qalampirda),
yumaloq-buyraksimon
chuqurchali
(boyimjonda), yumaloq (goroxda), yumaloq-oval (petrushka, pasternak, shivit,
karam, turp, sholg’om, rediskada), oval-yumaloq (loviya, qovoqda), oval-
tuxumsimon (sabzi, seldereyda), uzunchoq-ellips (bodringda), yumaloq-ellips
(tarvuzda), uchli-ellips (qovunda), cho’ziq (salatda), burchakli (piyoz, lavlagi, no’xat,
shovul, rovoch, ismaloqda) bo’ladi.
Sabzavot ekinlar urug’ining yuzasi tukli yoki patli (pomidorda), uyachali
(qalampir, boyimjon, karam, sholg’om, rediska, turpda), burishgan (tarvuz, gorox,
rovochda), botiq (lavlagi, piyoz, sparjada), qirrali (salat, sabzi, petrushka, pasternak,
shivit, seldereyda), notekis (ismaloq, dukkaklarda), silliq (bodring, qovun, qovoq,
tarvuz, dukkaklar, goroxda), silliq yaltiroq (shovulda) bo’ladi.
Sabzavot ekinlar urug’ining rangi kul rang (pomidor, lavlagi, ismaloq, sabzi,
petrushka, shivit, salatda), sarg’ish-qo’ng’ir (karam, turpda), jigar rang (salat,
shovul, rovoch, pasternak, shivit, selderey, boyimjonda), tim qora (piyoz, spar-
jada), oq (bodring, qovoq, qovunda), sarg’ish (qovunda), kul rang - sariq har xil
jilvali, shuningdek, turli rangda: oq rangdan qora rangacha (tarvuz, loviya, gorox,
dukkaklar) da bo’ladi.
Sabzavot ekinlarining urug’i alohida belgi va hosilali bo’ladi: qalampir,
petrushka, tarvuz, qovun, qovoq urug’ida tumshuqcha, boyimjon urug’ida
buyraksimon chuqurcha, tarvuz, qovoq, qovun urug’ida xoshiya, sabzi urug’ida
tikan, tarvuz urug’ida chiziqcha, loviya, dukkaklarda kertik, shivit, pasternak
urug’ida uchma, rovoch urug’ida qanotcha, petrushka, selderey urug’ining uchi il-
moqchali, pomidor urug’i tukli bo’ladi.
Sabzavot ekinlar urug’i hidiga ko’ra ham farq qiladi. Qalampir, shivit,
petrushka, selderey va sabzi urug’i o’ziga xos hidiga ko’ra ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |