3-AMALIY MASHG’ULOT
Marshrutizatorlar va uning xillari.
3.1.Mashg’ulot maqsadi va mazmuni
Tarmoq pog’onasi vazifasi, qurilmalarining vazifalari va tarmoqlarida marshrutlash tamoillarini tashkil qilish o’rganish.
3.2. Nazorat savollari
Tarmoq pog’onasining vazifasi nimadan iborat?
Tarmoq pog’onasida ishlovchi qurilmalarning ishlashini tushuntirib bering.
RIP protokolini ishlashini tushuntirib bering.
OSPF protokolini ishlashini tushuntirib bering.
3.3. Foydalanilgan adabiyotlar
Olifer V.G., Olifer N.A. Kompyuternie seti. Printsipi, texnologii, protokoli. Uchebnik. -SPb. Piter. 2011 g.
Tanenbaum E., Uezeroll D. Kompyuternie seti. 5-e izd. - SPb.: Piter, 2012.-960 s.
Vatamanyuk A. Sozdanie, obslujivanie i administrirovanie setey. SPb.: Piter. 2010 - 282 s.
Broydo V.L. "Vichislitelnie sistemi, seti i telekommunikatsii"- SPb.: Piter. 2003.
Broydo V.L. Arxitektura EVM i sistem. Uchebnik dlya vuzov.- SPb.: Piter. 2009.- 720 s.
Velixov A.V. Kompyuternie seti. Ucheb. posobie po administrirovaniyu lokalnix i ob’edenennix setey. 3-e izd. M.: Nov. Izd. dom. 2005 g.304 s.
Kolomoets G.P. Organizatsiya kompyuternix setey. Uchebnoe posobie. KPU. Zaporoje.- 2012 g.
3.4. Nazariy qisim
Kompyuter tarmoqlarda katta hajmli xabarlar kichik fragmentlarga paketlarga bo’linadi. Uzatish paytida paket ketma ket aloqa liniyalar va marshrutizatorlar orqali o’tadi. Marshrutizatorlar oraliq saqlash bilan uzatish mexanizmni ishlatadi paket avval to’liq qabul qilinadi va buferga yoziladi, keyin aloqa liniyaga uzatiladi (3.1. rasm). Marshrutizatorlarda yig’ish o’shlanishi paydo bo’ladi, u paket uzunligiga proportsional:
Tzn=L/R
bu erda L – paket uzunligi bit, R – chiqish aloqa liniyaning tezligi bit/s
3.1. rasm. Paketli kommutatsiyada paketlarni yig’ish va o’tkazish.
Marshrutizator chiqish va kirish aloqa liniyalarga ega. Xar bitta aloqa liniya cheklangan razmerga ega bo’lgan buferga (chiqish navbati) ega. Bufer razmeri cheklangani uchun, shunday holat paydo bo’lish mumkin, yangi paketni joylashish uchun buferda joy etishmasligi mumkin. Bu xolatda paket yo’qotiladi yoki yangi paket, yoki navbatda turgan paket yo’qotiladi.
Paketli kommutatsiya bilan oddiy tarmoq strukturani ko’rib chiqamiz (10.2. rasm.). A,V xostlari E xostiga birgalikda paketlarni jo’natadi, A va V xostlarning birinchi marshrutizator bilan aloqasi 10Mbit/s tezligi bilan Ethernet aloqa liniyasi bilan amalga oshiriladi. Marshrutizator aloqa liniyaga paketlarni 1,5Mbit/s tezligi bilan yuboradi. Agar aloqa liniya yuklangan bo’lsa paketlar uni bo’shatishni navbatda kutib turadilar.
3.2.rasm. Paketli kommutatsiya bilan oddiy tarmoqning strukturasi.
Agar A va V birdan paketlarni yuborsa, nima bo’lishini ko’rib chiqamiz. Xostlar o’rtasida sinxronizatsiya yo’q, paketlarni uzatish tartibini oldindan aytib bo’lmaydi, bu usul statik multipleksorlash deb aytiladi. Xostlar o’rtasida paketlar uzatish vaqti qo’yidagisiga teng:
Tp=Q*L/R
bu erda L – paket uzunligi bit, R – chiqish aloqa liniyaning tezligi bit/s, Q – xostlar o’rtasida aloqa liniyalarning soni.
Paketlar tarmoqqa manba bergan tezligi bo’yicha aloqa liniya oldindan zahiralanmagan paytida kiradi. Paketli tarmoq kommutatsiyali tarmoqdan asosiy farqi u xar doim paketlarni oxirgi tugundan qabul qilishga tayyor.
Paketli kommutatsiya real vaqt ilovalarni telefoniya, videochaqiruv, konferents aloqa sifatli xizmat ko’rsatishni ta’minlab bermaydi, lekin aloqa liniya o’tkazuvchanligini samarali bo’linishni ta’minlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |