3-amaliy mashgʻulot. KOʻRISH OʻTKIRLIGINI GALOVIN JADVALI BILAN ANIQLASH
Koʻruv sensor tizimi boshqa analizatorlar orasida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu tizim miyaga tashqi muhitdan tushgan axborotlaming 90% ini yetkazadi. Koʻrish - koʻp boʻgʻinli jarayon boʻlib, koʻruv obrazining shakllamshi va aks ettirilgan nurlarni toʻr pardaga aniq proyeksiyalashdan boshlanadi va analizatorning poʻstloq markazida koʻruv doirasida qanday jism borligi toʻgʻrrsida xulosa chiqarish bilan tugaydi.
Akkomodatsiya. Narsani ravshan koʻrish uchun uning har bir nuqtasidan keluvchi nurlar toʻr pardada bir nuqtaga fokuslanishi kerak. Toʻr pardadan turlicha masofada joylashgan narsalami ravshan koʻrishga koʻzning moslashuvi akkomodatsiya deb ataladi. Koʻzning asosan ikkita refraksiya anomaliyalari tafovut etiladi: yaqindan koʻrish - miopiya va uzoqdan koʻrish - gipermetropiya. Bu anomaliyalar odatda nur sindiruvchi muhitlarning kamchiligiga bogʻliq boʻlmay, koʻz soqqasining anomal uzunligidan kehb chiqadi. Koʻzning boʻylama oʻqi haddan tashqari uzun bolsa, asosiy fokus toʻr pardada emas, uning oldida shishasimon tañada boʻladi. Bunday koʻz yaqindan koʻruvchi - miopik ko’z deb ataladi. Uzoqdan ko‘rish - uzoqdan koʻruvchi koʻzning boʻylama oʻqi kalta, shu sababli uzoqdagi narsalardan kelayotgan parallel nurlar toʻr parda orqasida toʻplanadi to r pardada esa yorugʻ sochish doirasi vujudga keladi, ya’ni narsa tasviri noaniq, yoyilib tushadi. Uzoqdan koʻrishni bartaraf qilish uchun odamlar ikki tomoni qabariq koʻzoynak taqishi tavsiya qilinadi.
Koʻrish oʻtkirligi. Koʻrish oʻtkirligi koʻz ilgʻay oladigan ikki nuqta orasidagi eng kichik masofa bilan belgilanadi. Sariq dogʻning koʻrish oʻtkirligi maksimal darajada boʻladi. Sariq dogʻdan periferiyaga tomon koʻrish oʻtkirligi kamayib boradi. Koʻrish oʻtkirligi maxsus jadvallar yordamida aniqlanadi. Bu jadvallar bir necha qator harflardan yoki katta kichik chala halqalardan tashkil topadi.
Qarilik davrida uzoqdan ko‘rish. Odamning yoshi ulgʻaygan sari akkomodatsiya kuchi kamayib boradi, chunki odam keksaygan sayin gavhar elastikligi kamayadi va Sinn boylamlari bo‘shashganda gavhar qavariqligi yo oʻzgarmaydi yoki salgina oshadi. Bu holat qarilikdagi uzoqdan ko‘rish yoki presbiopiya deb ataladi. Shuning uchun keksaygan kishilar kitob o‘qiyotganda uni koʻzlaridan uzoqroq ushlaydilar.
Mashgʻulot maqsadi: Talabalarda koʻzining oʻtkirligini maxssus jadvallardan foydalangan holda aniqlashni oʻrganish.
Kerakli jihozlar: Koʻrish oʻtkirligini aniqlash uchun maxsus jadval, 5 metrli ruletka, koʻrsatkich tayoqchasi.
Ishning bajarilishi: Koʻrish oʻtkirligini aniqlash uchun 12 qator joylashgan belgidan iborat standart Sivtsev yoki Golovin jadvalidan foydalaniladi. harflar kattaligi yuqoridan pastga tushgan sayin kichrayib boradi. Har bir qator yonidagi son koʻrish burchagi osti 1° boʻlganda, me’yordagi koʻzning shu qatordagi harflarni alohida koʻrishi kerak boʻlgan masofani koʻrsatadi. Jadval yaxshi yoritilgan devorga osiladi (yorugʻlik 10 lyuksdan kam boʻlmasligi kerak) yoki qoʻshimcha elektr lampasi bilan yoritiladi. Tekshiriluvchi jadvaldan 5 metr uzoqlikdagi kursiga oʻtqaziladi va bitta koʻzini maxsus moslama (shit) bilan berkitish taklif qilinadi. Tekshiruvchi koʻrsatkich tayoqcha yordamida tekshiriluvchiga harflarni koʻrsatib, ularni oʻqishini soʻraydi. Aniqlash yuqori qatordan boshlanib, eng pastdagi oʻqiy oladigan qator topiladi va tekshiriluvchi tomonidan 2-3 sekund davomida harflar aniq va ravshan koʻrib nomini aytishi soʻraladi. Keyin quyidagi formula yordamida koʻrish oʻtkirligi hisoblab chiqiladi:
Bu yerda: V - koʻrish oʻtkirligi, d-tekshiriluvchi bilan jadval oʻrtasidagi masofa, D- normal koʻz shu qatordagi harflarni aniq koʻrishi kerak boʻlgan masofa. Shundan keyin ikkinchi koʻzning koʻrish oʻtkirligi aniqlanadi.
44-rasm. Koʻz oʻtkirligini aniqlash jadvallari
15-jadval
Tekshiriladigan koʻz
|
Koʻrish oʻtkirligi
|
Oʻng koʻz
|
1,0 – 2,0
|
Chap koʻz
|
1,0 – 2,0
|
Ishni rasmiylashtirishga doir koʻrsatmalar: Natijalar daftarga chizilgan jadvalga yozilib, me’yordagi koʻzning koʻrish oʻtkirligi bilan taqqoslanadi va tegishli xulosa yoziladi.
Bilim va koʻnikmalarni mustahkamlash uchun savollar
1. Koʻzning optik sistemasiga nimalar kiradi va ularning koʻrishdagi ahamiyati?
2. Shox parda va uning koʻrishdagi ahamiyati?
3. Qorachiq va uning ravshan koʻrishdagi roli?
4. Koʻz gavharining koʻrish oʻtkirligidagi oʻrni nimalardan iborat?
5. Koʻrish oʻtkirligida koʻz olmasi atrofidagi muskullarning roli?
6. Akkomadatsiyaning koʻrish oʻtkirligidagi ahamiyati?
7. Keksalikda koʻrish oʻtkirligi pasayishining sabablari?
Do'stlaringiz bilan baham: |