Ish haqida nazariy ma’lumot:
Dasturiy taʼminot komputerda maʼlum bir turdagi vazifani bajarish uchun ishlab chiqilgan vositadir. Dasturiy taʼmonot 3 guruhga boʻlinadi.
1-Tizimli dasturlar unga turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar kiradi. 2-Amaliy dasturlar unga foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida maʼlumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi dasturlar kiradi, 3-Uskunaviy dasturlar bular dasturlash uchun ishlatiladigan dasturlar.
Amaliy dasturlar foydalanuvchi tomonidan aniq amallar bajarilishini ta`minlaydi. Amallarga misol keltirsak unga matn kiritish, rasm chizish, fototasvirlarni qayta ishlash, illustrasiya, video ma`lumotlarni qayta ishlash, audio ma`lumotlarni qayta ishlash, aloqa o`rnatish, hisob - kitob ishlari kabi amallar misol bo`la oladi. Amaliy dasturlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Matn kiritish dasturlar. Bularga LUX, Leksikon, PE2, Chiwriter, WD, Multi-Edit, Word Perfect, Word Star, XYWrite, AmiPro, Corel Wentura, Page Maker, Ventura Publisher, Quark Xpress kabi dasturlar misol bo’laoladi.
Grafik dasturlar. AdobePhotoshop turli versiyalari, Corel Xara, Xara X, Corel Draw turli versiyalari, Adobe Illustrator, Maya Unlimited, Matcad, 3D MAX, Diskreet 3DS Max, AutoPlay, Softimage 3D, BioVirtual 3DmeNow Pro, Animation Master, Alteros va boshqalar misol bo`la oladi.
Video – audio dasturlar. Adobe Premiere 6.5, Adobe Premier Effects 6.0, Ulead VideoStudio v6.0, JET AUDIO, Media Pleyer, COOL EDIT PRO, WINAMP va boshqa shunday dasturlarni misol ketirish mumkin.
Elektron majmua yaratishda eng qulay amaliy dastur AutoPlay hisoblanadi. AutoPlayning yangi versiyasida quyidagi imkoniyatlar mavjud.
Avtomatik ishga tushuvchi xususiy menyu, interfaol taqdimotlar, multi-media-ilovalar, sanoqli daqiqalarda dasturiy ta’minotlarni yaratish;
Loyihaga turli-tuman fotografiya, musiqa, video, animatsiya, matn va boshqalarni biriktira olish xususiyati;
Web-ilova yaratishga mo’ljallangan mukammallashgan instrumentlar;
XML, SQL va shifrlash mexanizmlari bilan ishlay olishi;
RTF-formatli hujjatlar bilan ishlay olishi;
Slayd-shou bilan ishlash imkoniyati;
Matn rangini o„zgartirish uchun RadioButton obyektining mavjudligi;
Bosmaga chiqarishning kengaytirilgan funksiyasi;
Obyektlarni formatlash imkoniyati;
Kalit so’zlar yordamida qidiruv tizimining mavjudligi;
CD, DVD kabi kompakt disklarga yozish imkoniyati va hokazo.
Ishni bajarish uchun uslubiy ko’rsatmalar:
Do'stlaringiz bilan baham: |