Faoliyati,
Apple I oddiy modellardan faqatgina dinamik xotirasi bilan farq qilgani bois,
yangi
g‘oya va innovatsiyalarni Apple II da aks ettirishga harakat qilingan.
Platforma 1976-
yilda tayyor bo‘lgan va u rang-barangligi, ovozliligi hamda
o‘yin kontrolleri funksiyalari bilan boshqalardan ajralib turgan. Apple II
dunyoning turli burchaklarida 5 million nusxada sotilgan va buning ortidan
25 yoshlik Stiv Jobs millionerga aylangan. Ikkinchi modeldan keyin
uchinchisi, so‘ng Lisa undan keyin bo‘lsa, Macintosh kompyuterlari taqdim
qilingan va kompaniya daromadi kundan kunga ortib borgan.
1979-yilda yangi model ustida ishlanadi va u Stivning turmushidan avvalgi
qizi Lisa nomi bilan ataladi. Orada Stiv kompaniyadagilar bilan kelisha
olmay ishdan ketadi va yangi firma ochishga qaror qiladi. U yangi
kompaniyani Next Inc. deb nomlaydi. Millioner kompyuter grafikasiga va
1979-yilda animatsiyalar yaratish maqsadida tashkil qilingan Pixar
kompaniyasi faoliyatiga qiziqa boshlaydi. Oradan 7 yil o‘tib, Stiv Pixar’ni
kompaniya asoschisi Jorj Lukasdan sotib oladi. Avvaliga Stiven Pixar’dan
kompyuter reklamasi uchun animatsion filmlar yaratishda foydalanishni
o‘ylagan, lekin 2006-yilda Pixar’ni 7,5 millionga Disney’ga sotishni va
aksioner sifatida qolishni ma’qul deb bilgan. Keyinchalik kinostudiya
tomonidan “Nemoni izlab”, “O‘yinchoqlar tarixi” singari mashhur multfilmlar
taqdim qilinadi.
Yiliga bir dollar maosh olgan milliarder
Oradan 11 yil o‘tgach Stiv Apple’ga qaytadi va keyinroq kompaniyaning
general direktori bo‘ladi. Kompaniya, dizayni bilan ko‘pchilik e’tiborini o‘ziga
jalb qilgan va Apple tarixida eng ko‘p sotilgan iMac kompyuterini taqdim
qiladi. 2001-yilda Amerikaning ikki shahrida Apple Store ochiladi.
Kompaniya asoschisining shaxsan o‘zi ochilish joyini tanlaydi va har bir
detal dizayniga alohida e’tibor bergani ijobiy natija beradi: do‘konga
haftasiga 5,
6 ming kishi tashrif buyurgan. Ko‘p o‘tmay Jobs MP3-pleyer
yaratishga kirishadi va 2001-yilda birinchi iPod sotuvga chiqariladi. Mayda
detallarigacha mukammal o‘ylangan interfeys, o‘ziga xos dizayn va qulay
boshqaruv Apple’ning yana bir yutug‘i bo‘ladi. Stiv bu bilan to‘xtab
qolmaydi, kelasi yilda yangi xit taqdim etadi. U kompyuter, mobil telefon va
MP3-pleyer vazifasini bajaradigan, sensor orqali boshqariladigan ilk
gadjetni yaratadi. Bu, albatta, iPhone edi. 2010-yilda esa San-Fransiskoda
birinchi plansh
et taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Yuqorida takidlanganidek, Stiven 25 yoshidayoq 256 million dollar egasi
bo‘lgan bo‘lsa, bora-bora milliarderga aylangan. Apple’ning 5,5 millionlik,
Disney’ning 138 millionlik aksiyalari egasi, general direktorlik lavozimi
uchun yiliga bir dollar maosh olgan. Stiv o‘zidan 8 yosh kichik bo‘lgan
turmush o‘rtog‘i Laura bilan 1989-yilda Standford biznes maktabidagi
ma’ruzasi davomida tanishgan. Juftlik 1991-yilda turmush quradi va
ular uch farzandning ota-
onasi bo‘ladi.
2010-yilda Forbes tomonidan tuzilgan dunyoning eng nufuzli kishilari
ro‘yxatida Stiv Jobs 17-o‘rinda bo‘lgan bo‘lsa, Financial Times uni yil odami
deb nomlagan. 2011-yilda esa Budapeshtda unga atab bronzadan haykal
o‘rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |