Oshqozon osti bezi saratoni
2003 yilda Djobsda neyroendokrin o’simta – oshqozon osti bezining saraton
kasalligi aniqlandi. Jarrohlik yo’li bilan davolashning o’rniga Stiv kasallikni
yengishning boshqa yo’llarini qidirdi: parhez va sharq tibbiyot usullarini
qo’lladi. Biroq 2004 yilga kelib o’simta jarrohlik yo’li bilan olib tashlandi.
Shaxsiy hayoti
Stiv Djobs shaxsiy hayotini yoritishni yoqtirmas edi. Oilaviy hayoti haqida
ma’lumotlar ko’p emas. Shunisi ma’lumki, Stiv 23 yoshligida sevgilisi Krisann
Brennan qiz farzandli bo’ladi. Biroq qizaloq 7 yoshga to’lgandagina Stiv uni tan
oladi. 1991 yilda Djobs Lorel Pauell ismli qizga uylanadi va oilaviy hayot
davomida uchta farzandli bo’ladilar.
2011 yilning 5 oktyabrida “Apple Inc” asoschisi uzoq davom etgan saraton
kasalligi oqibatida hayotdan ko’z yumdi. Stiv Djobs 56 yoshida o’z uyida
yaqinlari atrofida vafot etdi.
2.Erishgan yutuqlari
O‘quvchilik yillarida maktabdagi rasmiyatchiliklarni, majburiyatlarni jini
suymaganiga qaramay ustozlari uni o‘ta tirishqoq o‘quvchi deb bilgan.
To‘rtinchi sinf imtihonidan o‘tib, oltinchi sinfga “sakragan” Stivni aslida
maktab rahbari birdaniga yettinchi
sinfga o‘tkazishni taklif qilgandi, lekin Pol
va Klara bu qadar tavakkal qilishdan qo‘rqqan. Maktabdan tashqari bolakay
axborot texnologiyalari sohasidagi eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan
Hewlett-Packard kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan ilmiy to
‘garakka
borgan. Klubga qanday loyihalar ustida ishlash kerakligi haqida ma’lumot
va maslahat beradigan muhandislar va professionallar tashrif buyurardi.
Aynan o‘sha kurslardan birida Stiv ilk bor shaxsiy kompyuter bilan yaqindan
tanishgan va o‘sha paytlardayoq unda o‘zgacha taassurot uyg‘ongan.
To‘garakda bolalar shaxsiy loyihalar ustida ishlagan vaqtda Stiv davriy
signallarning chastotasini o‘lchashga imkon beradigan chastotometrni
yig‘ishga hamda loyihasi haqida kompaniya rahbarining shaxsan o‘zi bilan
g
aplashishga muvaffaq bo‘lgan. Bill Hyulett 13 yoshlik bolakayga ish taklif
qiladi va Jobs gazeta tarqatish bilan birga, elektronikalar sotiladigan do‘kon
omborida ishlashni boshlaydi. 15 yoshida esa yosh Jobs o‘zining birinchi
avtomashinasiga ega bo‘ladi va ota-onasining moliyaviy ko‘magi yordamida
unga yangi dvigatel o‘rnatadi
.
Maktab yillarida Stiv
kompyuter bo‘yicha daho Stiven Voznyak bilan
tanishadi va keyinchalik bu tanishuv qadrdon do‘stlikka aylanadi. 1971-yilda
Voznyak dunyo bo‘yicha bepul telefonda gaplashish yo‘llarini o‘rganadi va
Stiv ikkovi maxsus chastota ohangining ovozli simulyatsiyasi yordamida
buni amalga oshiradi. Avvaliga Blue box deb nomlangan qurilma yordamida
shunchaki dunyoning boshqa nuqtalariga qo‘ng‘iroqni amalga oshirgan
sheriklar keyinchalik ushbu ishning daromad olib kelishi mumkinligini
tushunib yetadi. Ular biznes hazilakam faoliyat emasligini, noqonuniy xatti-
harakatning oxiri voy bo‘lishi mumkin ekanini yaxshi anglagan holda faoliyat
boshlashga qaror qiladi. Alal oqibat esa 100 ga yaqin asli 40 dollarlik Blue
box’lar 150 dollardan sotiladi. Tushgan daromad esa o‘rtada teng bo‘lingan.
Shunday qilib yosh biznesmenlar odamlarga foydasi tegishi mumkin
bo‘lgan quticha ortidan o‘zlari ham yaxshigina daromad qila boshlaydi.
1972-
yilda Stiv uyini tark etib, Rid kollejiga o‘qishga kiradi. Biroq kollej
AQShdagi eng qimmat kollejlardan edi. O‘sha yillari Stiv ruhiy kamolotga
erishishga harakat qiladi: vegaterian bo‘ladi, buddizmga qiziqadi va hatto
ochlikni ham eksperiment qilib
ko‘radi.
Jobs yarim yil o‘tgach kollejni tashlaydi, dasturlarning majburiyligi uning
joniga tegadi. 1975-yilda Stiv, Voznyak va boshqa ishtirokchilar Stivning
mashhur garajida qo‘lbola kompyuterlar yasash klubida yig‘iladi hamda
qanday qilib murakkab tuyilgan texnologiyalarni odamlar hayotiga oson qilib
olib kirish haqida bosh qotiradi. Klub ishtirokchilarining g‘oyalaridan
ilhomlangan Voznyak keyinchalik Apple deb nomlangan mashina ustida
ishlashni boshlaydi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, kutilgandan-da
a’loroq natija kuzatiladi: klaviaturalarda terilgan simvollar ekranda aks etadi.
20 yashar iqtidor egalari bora-
bora to‘liq kompyuterlarni yig‘ishga kirishadi.
Oradan bir yil o‘tib, o‘zlariga chizmakash Ronald Ueynni ko‘makchi qilib
oladi. Ko‘makchilikdan tashqari Ronald ikki sherik tortishib qolsa, uchinchi
bir fikrni aytish vazifasini bajargan. Shunday qilib, uchovlon tomonidan
1976-yilning 1-aprelida Apple Computer firmasiga asos solinadi.
Boshlang‘ich kapital uchun Stiv mikroavtobusini sotib, velosiped
haydashga, Voznyak bo‘lsa dasturlashtiriladigan kalkulyatori bilan
xayrlashishiga to‘g‘ri kelgan. Ish boshlashlari bilanoq, mahalliy elektronika
do‘konidan 50 ta kompyuter uchun buyurtma kelib tushgan. Buncha
kompyuter uchun kerakli detallarni sotib olishg
a yetarli puli bo‘lmagan
biznesmenlar kredit olishga majbur bo‘lgan. Shunga qaramay 10 kun ichida
buyurtmalar tayyor bo‘lib, do‘kon peshtaxtasidan o‘rin olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |