4-biletbiologiya
Prokariotlar — yadrosi to‘liq shakllanmagan, ya’ni haqiqiy
yadroga ega bo‘lmagan organizmlardir.Prokariotlarga bakteriyalar va ko‘k-yashil suv o‘tlari kiradi.Bakteriyalar. Bakteriyalar yer sharidagi sodda tuzilgan eng
qadimgi va ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan sodda organizmlar hi soblanib, hujayrasida yadro rosmana shakllanmaganligi hamda oddiy ko‘payishi (bo‘linish yo‘li) bilan xarakterlidir, jinsiy ko‘payish uchramaydi.Hujayra po‘stimurein moddasidan iborat.Ular 1 . Sharsimon-kokklar; 2. Tayoqsimon-batsillalar; 3. Buralgan vibrionlar, spirillalar shunday shakllarda bo'ladi.Bakteriyalar noqulay sharoitda spora hosil qilish xususiyatiga ega.Bakteriyalar xavfli kasalliklarni qo'zg'atadi.o'pka sili,ko'kyo'tal,vabo,o'lat,kuydurgi
va boshqa xavfli kasalliklarni qo'zg'atuvchi bakteriyalar mavjud. 2)Energiya almashinuvi (dissimilyatsiya) jarayonida tirik orga nizmlarda moddalarning parchalanishi ro‘y beradi. Bu assimilya tsiyaning teskarisidir. Yuqori molekulali birikmalarning parchala nishi energiya ajralishi bilan boradi. Shuning uchun energiya al mashinuvi jarayoni
dissimilyatsiya deb ham yuritiladi.Tirik organizmlar hujayrasida kechadigan energiya almashinuv ijarayonini uchta bosqichga ajratish mumkin.
Birinchi bosqich — tayyorgarlik bosqichi,Ikkinchi bosqich — glikoliz, ya’ni kislorodsiz
(anaerob)parchalanish,Uchinchi bosqich – kislorodli (aerob) parchalanish, ya’ni to‘la parchalanish hisoblanadi.
3)4500g glukoza bo'lsa uni 1 80 ga bo'lamiz 1 80 1 mol glukozaning og'rligi bo'lsak 25 mol glukoza chiqadi. glikoliz jarayonida C6H1 2O6+2H3PO4+2ADF=2C3H6O3+2ATF+2H2O
1 mol glukozadan 2mol sut kislota hosil boladi bizda 25 mol glukoza bor sut kislatani topamiz 1 mol———2mol
25mol——x=50mol sut kislota hosil bo'lar ekan
_________________________________________________
5bilet biologiya
1 )Ko‘k-yashil suvo‘tlar. Bu bo‘limga kiruvchi suvo‘tlar o‘simliklar dunyosining eng qadimgi vakillari bo‘lib, o‘zining juda sodda tuzilishi bilan boshqa suvo‘tlardan farq qiladi. Hujayrasida xilma-xil pigmentlar uchraydi, lekin ular orasida ko‘k fikotsian va yashil xlorofill pigmentlari ko‘proq bo‘ladiKo‘k-yashil suvo‘tlar bo‘limining bir
hujayrali vakillariga xrokokk (Chroccoccus), ipsimo holdagi vakillariga ossillatoriyani
(Ossillatoria), koloniyali holdagi vakillariga esa nostok (Nostoc)ni misol qilish mumkin.Markaziy Osiyo cho‘llarida ko‘k-yashil suvo‘tlar tuproq hosil bo‘lishi jarayonlarida qatnashadi. Ular atmosferadagi erkin azotni o‘zlashtirish xususiyatiga ega va tuproqni azotga boyitadi. Yapo niya va Xitoyda nostokning ba’zi turlari ozuqa sifatida ishlatiladi.
2)Fotosintez. Quyosh nuri ta’sirida o‘simliklarning yashil barglarida karbonat angidrid bilan suvdan murakkab organik birikmalar hosil bo‘lishi fotosintez deb ataladi.O‘simliklarning fotosintez jarayoni yer yuzida quyosh energiyasini organik birikmalarning kimyoviy energiyasiga aylantiruvchi birdan-bir vosita hisoblana di. O‘simliklarning kosmik ahamiyati ham ana shundadir. Bu jara yonda hosil bo‘ladigan organik birikmalar tirik organizmlar uchun ozuqa va energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Fotosaintez ikki bosqichdan iborat 1 -yorug'lik 2-qorong'ulik bosqichlaridir. 3Yong'oqsimon tojli digeterazigotali xo'roz bn gulsimon tojli geterazigotali tovuq chatishtirilibdi birinchi bo'lib belgilash kiritamiz
AABB AaBB AABb AaBb bo'lsa yong'oqsimon tojli
AAbb Aabb bo'lsa gulsimon tojli
aaBB aaBb bo'lsa no'xotsimon tojli
aabb bo'lsa oddiy tojli bo'ladi.
bizda masala berilishi bo'yicha
AaBb x Aabb
bular quydagi rasm boyicha duragaylanadi
shunda Fen: 3:3:1 :1 nisbat hosil bo'ladi
3ta yong'oqsimon 3ta gulsimon 1 ta no'xotsimon 1 ta oddiy
_________________________________________________