Bu amallar boshqa elementlarga ta’sir o’tkazmaydi.
Bir bog’lamli Ro’yxatning har bir bo’g’inida ma’lumot va keyingi element adresi joylashgan. Agar bu ko’rsatkich nol qiymatga ega bo’lsa ro’yxat oxirigacha o’qib bo’lingan bo’ladi. Ro’yxatni ko’rib chiqishni boshlash uchun birinchi elementining adresini bilish yetarli.
Ro’yxat (xossasi)
Bir bog’lamli ro’yxat elementlari quyidagi strukturali tur orqali ta’riflangan obyektlardan iborat bo’ladi
Bu ro’yxat ma’lumot saqlovchi maydonlar, hamda keyingi element adresini saqlovchi ko’rsatkichdan iborat.
Ro’yxat
Quyida ko’riladigan bir bog’lamli ro’yxat har bir tuguni butun son va keyingi element adresi saqlanadigan ko’rsatkichdan iborat. Eng birinchi elementi boshlang’ich marker bo’lib ma’lumot saqlash uchun emas balki ro’yxat boshiga o’tish uchun xizmat qiladi. Bu element hech qachon o’chirilmaydi.