3-4-ma’ruza. Tarmoq arxitekturalari. Kompyuter tarmoqlari Reja: - Tarmoq va arxitektura tushunchasi. Tarmoqlarning elementlari, pog’onali arxitekturalari, pog’onali arxitekturalarning elementlari,
- Tarmoq standartlarini tartibga soluvchi qo’mita.
- Tarmoq topologiyalari: mesh, star, tree, bus, ring va 3-D torus.
Tarmoq arxitekturasi - bu kompyuter tarmog'i faoliyatining kontseptual sxemasi bo'lib, u apparat va dasturiy tarmoq tarkibiy qismlarining ishlash printsiplarini, ularning ulanishlarini tashkil qilishni, o'zaro ta'sir protokollarini va ma'lumotlarni fizik uzatish usullarini belgilaydi. Ko’p darajali yondoshuv Keng tarqalgan tarmoqning apparat-dasturiy vositalarining o’zaro ishlash qoidalarini, ma’lumotlarga ishlov berish va uzatish jarayonlarini rasman taqdim etilishi uchun bu murakkab masalani kichikroq oddiy masalalarga bo’lish, alohida komponentlar funksiyalarini va o’zaro ishlash tarkibini aniqlash zarur bo’ladi. Murakkab masala oddiy masalalarga - modullarga bo’linadi. Modullar ko’pligi yuqori va past pog’onalar orasida iyerarxik o’zaro ishlash sxemasini tashkil etadigan pog’onalar bo’yicha guruhlanadi (3.1-rasm). Har bir pog’onaning modullar guruhi so’rovlar bilan faqat past pog’onadagi modullarga murojaat qilishi kerak (3-2-1 zanjir), modullar ishi natijasi esa faqat yuqoriroq pog’onaga uzatilishi mumkin (1-2-3 zanjir). Pog’onalararo o’zaro ishlashning bunday tashkil etilishi bir pog’onadagi dasturlarni boshqalariga bog’liq bo’lmagan holda ishlab chiqish, testlash va modifikasiyalashni o’tkazish, murakkab masalalarni ishlatish uchun soddaroq ko’rinishda taqdim etish imkoniyatini beradi.
3-даража
2-жаража
1-даража
2-3
интерфейс
1-2
интерфейс
3.1-расм. Кўп даражали ёндашишда масалаларнинг ўзаро алоқаси
Kompyuter tarmoqlarida xabarlar almashinuvi jarayonida foydalanuvchilarning ikkita kompyuteri qatnashadi, demak, turli kompyuterlarda ishlaydigan ikki apparat-dasturiy vositalarning o’zaro aloqa tizimlarining ishlashini ta’minlash zarur. Bunday aloqalarni moslashgan bajarilishi uchun uzatiladigan ma’lumotlar o’lchami, ularning formati, nazorat qilish usullari bo’yicha moslashtirilgan standartlar qabul qilinishi kerak. 3.2-rasmda o’zaro ishlashning uchta pog’onasi keltirilgan bo’lib, ulardan har biri ikki turdagi: o’z kompyuteridagi past va qo’shni yuqori pog’onalar bilan o’zaro ishlashni hamda boshqa kompyuterning o’xshash pog’onalari bilan o’zaro ishlash interfeyslarini ko’zda tutadi. Bu ikki tushuncha mos ravishda protokol va interfeys deyiladi. Boshqacha aytganda, protokollar tarmoqning turli bog’lamalarida (kompyuterlarida) bir pog’onadagi modullarning o’zaro ishlash qoidalarini, interfeyslar esa - bitta bog’lamadan bo’lgan qo’shni pog’onalarning qoidalarini belgilaydi.
А боғлама
В боғлама
3А-3В протокол
3В
2А
2В
1А
1В
2А-2В протокол
1А-1В протокол
2В-3В
интерфейс
Интерфейс
1В-2В
2А-3А
интерфейс
1А-2А
интерфейс
3.2-расм. Боғламалар ўртасида ўзаро алоқа тартиби
3А
Do'stlaringiz bilan baham: |