3. 2-§. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari



Download 35,68 Kb.
bet6/6
Sana01.01.2022
Hajmi35,68 Kb.
#300896
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari

Tarmoqli AAT interfeysi aloqa vositalari rivojlangani bois foydalanuvchiga hududiy taqsimlangan axborot va hisoblash resurslaridan televosita orqali foydalanish imkonini beradi. Bu esa uni ko‘p funksiyali bo‘lishiga va foydalanuvchilar o‘rtasida keng tarqalishga sabab bo‘ladi.

Integrallashgan axborot texnologiyalari. Hozirda turli xildagi ax-borot texnologiyalarini yagona kompyuter texnologiya kompleksita bir-lashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda u integrallashgan AT deb yuritiladi.

Unda asosiy o‘rinni egallovchi kommunikatsiya vositalari boshqaruv faoliyatini avtomatlashtirishda keng texnologik imkoniyatlarini ta’minlab-gina qolmay, balki lokal, ko‘p darajali, taqsimlangan, global hisoblash tarmoqlari, elektron pochta, integ-ral xizmatning raqamli tarmoqlari kabi turli AAT tarmoq vari-antlarini yaratish asosi ham hisoblanadi. Bular bari ob’ektlar-ning ma’lumotlarni uzatish, qayta ishlash, to‘plash va saqlash, himoya qilish qurilmalari orqali hosil qilinadigan ob’ektlar majmuasi-ning o‘zaro mantiqsiz, kutilmagan aloqalariga mo‘ljallangan. Ushbu AATning tarmoq variantlari juda murakkab ma’lumotlarni qayta ishlay oladigan, ekspluatatsiya imkoniyatlari deyarli cheklanmagan, integrallashmagan kompyuter tizimlarini namoyon etadi.

Ma’lumotlarni qayta ishlashning integrallashgan kompyuter tizimlari murakkab axborot-texnologik va dasturiy kompleks sifatida loyihalash-tiriladi. U ma’lumotlarni taqdim etish va foydalanuvchilarning tizim kom-ponentlari bilan o‘zaro aloqalarining yagona usulini qo‘llab-quvvatlaydi, mutaxassislarni ularning kasb ishida axborot va hisoblash ehtiyojini ta’minlaydi. Bunday tizimlar asosiy e’tiborni axborotni uzatish va qayta ishlash chog‘ida ularning himoyasiga karatadi. Axborotni himoya qilish-ning apparat-dasturiy usuli nisbatan keng tarqalgan. Xususan, axborotni uzatish va manzil bo‘yicha yetkazib berish, abonentlarning umumiy foyda-lanish tarmogada (telefon, telegraf) ma’lumotlarni shifr-lash va uni ochish jarayonida axborotlarning saqlanib qolishiga kafolat beradigan xususiyat-lari bo‘yicha tanlangan aloqa tizimlaridan foydalanish shular jumlasiga kiradi. Albatta, bunda foydalanuvchilar umumiy texnik vositalar, shifrlash algoritmlari va hokazolar borasida kelishib olishlari kerak.

Axborot almashinuvi va boshqaruvining tezkorligiga, xususan axborotni zudlik bilan qayta ishlashga nisbatan bo‘lgan talabning kuchayishi nafaqat lokal, shuningdek bank, soliq, ta’minot, statistik boshqarishning ko‘p darajali va taqsimlangan tizimlarini yaratishga olib keldi. Ularning axborot ta’minotini avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki amalga oshiradi. Mazkur ma’lumotlar bankida tegishli ko‘p darajali iqtisodiy ob’ektlarning tashkiliy-funksional strukturasi axborot massivlarini mashinaviy yuri-tishni hisobga olgan holda tuziladi.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarida ushbu muammoni ma’lumotlarni qayta ishlashning taqsimlangan tizimi hal etadi. Bunda u ma’lumotlar bazalarining turli darajalari o‘rtasida axborot almashinuvi uchun mo‘ljallangan aloqa kanallaridan foydalanadi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish-ning dasturiy vositalari murakkablashuvi hisobiga iqtisodiy hisob-kitob va boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish chog‘ida tezlik oshadi, axborotni mukofaza qilish va uning hakkoniyligi ta’minlanadi. Tashkiliy boshqaruvning ko‘p darajali taqsimlangan kompyuter-axborot tizimlarida axborot bilan tezkor ishlash muammosini ham, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish paytidagi iqtisodiy ahvolni tahlil qilish muammosini ham bir xilda muvaffaqiyatli hal etish mumkin. Xususan, mutaxassislarning avtomatlashtirilgan ish urni (AIU) foydalanuvchilarga ko‘pgina imkoniyatlar beradi. Masalan, dialog holatida ishlash, joriy masalalarni tezda hal etish, ma’lumotlarni terminaldan qulay holatda kiritish, ularning vizual nazoratini olib borish, qayta ishlash uchun kerakli axborotni chaqirish, xulosa axborotining haqqoniyligini aniqlash va uni ekranga, yozadigan qurilmaga chiqarish yoki aloqa kanallariga uzatish – shular jumlasidandir.

Bozor munosabatlariga o‘tishda iqtisodiy munosabatlarni qayta qu-rish, mulkchilikning turli xil shakllari asosida ishlaydigan yangi tashkiliy struktura yuzaga kelayotgan bir paytda tahliliy ishlarga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortib boradi. Boshqaruv faoliyatining ma’lum bir yo‘nalishida faktlar, tajriba va bilim-ni orttirib borish zaruriyati yuzaga keladi. Zarur hollarda zudlik bilan iqtisodiy jihatdan asoslangan va nisbatan maqbul qarorlar qabul qilish uchun ma’lum bir iqtisodiy, tijorat, ishlab chiqarish holatni batafsil tadqiq qilishga bo‘lgan qiziqish ortadi. Bu vazifa ilmiy-axborot texnologiyasi (NIT) bilim bazasini ishga solganda, axborotni integrallashgan asosda qayta ishlashni takomillashtirish orqali hal etiladi.



Bilim bazasi deganda axborot majmuining murakkab, batafsil modellashtiriladigan tuzilmasi anglanadi. U predmet sohasining barcha xususiyatlarini, xususan, faktlar (faktik bilimlar), qoidalar (qaror qabul qilish uchun shartlar to‘g‘risidagi bilim) va metabilimlarni (bilim xaqidagi bilimlar) o‘z ichiga oladi.

Bilimlar bazasi mutaxassisning ish joyida tez-tez yaratiladi-gan ekspert tizimining muhim elementi sanaladi. U ma’lum bir predmet sohasida bilimlarni to‘plovchi va iqtisodiy holatni tahlil etish hamda qaror ishlab chiqarish borasida mutaxassisga maslahatchi sifatida ishtirok etadi.
Download 35,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish