Foydalaniladigan interfeys turi bo‘yicha AAT ni foydala-nuvchining axborot va hisoblash resurslariga kirib borish imkoniyati nuqtai nazardan ko‘rib chiqish mumkin.
Shunday qilib, paketli AAT axborotni qayta ishlash avtomat tarzda amalga oshirilayotgan paytda foydalanuvchining unga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini yarata olmaydi. Bu shu bilan izohlanadiki, axborot qayta ishlashni tashkil etish operatsiyaning dasturiy jihatdan ketma-ketligi bajarilishiga bog‘liq. Dialogli AAT paketli AATdan farqdi ravishda, tizimda saqlanadigan axborot resurslaridan ma’lum bir vaqt davomida foydalanish bo‘yicha cheksiz imkoniyatlar yaratib beradi. Ayni paytda tegishli masalalarni yechish va qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan barcha axborotga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |