Tabiat hodisalari
Vaqti-vaqti bilan Xitoyda tayfunlar boʻlib turadi, 2021-yil 25-iyulda Xitoyning sharqidagi Chjensyan provinsiyasiga In-fa tayfuni yopirildi. Tayfun episentri yaqinida shamol tezligi soniyasiga 38 metrgacha yetgan[1].
Aholisi[
Xitoy — koʻp millatli davlat. Jami aholining 95 % i xitoylar; qolgan qismi turli til guruhi va oilalariga mansub boʻlgan 56 xalqdan iborat. Xitoylarning koʻpi mamlakatning sharqiy qismida yashaydi. Xueylar (7 mln.ga yaqin) ham xitoy tilida soʻzlashadi. Xitoyning shimoli-gʻarbida turkiy tillar guruhiga mansub xalqlar — uygʻurlar, qozoqlar, qirgʻizlar, salorlar va boshqa, shimoliy va shimoli-sharqidagi dasht va chala choʻllarda mongol guruhiga kiruvchi xalqlardan mongollar, dunsyanlar, tular, shimoli-sharqida tungus manjur xalqlari, gʻarbi (Tibet) va janubi-gʻarbida tibet-birma xalqlari, janubida tai tillarida soʻzlashuvchi xalqlar va boshqa yashaydi. Sintszyanning janubi-gʻarbida pomir tojiklari xam bor.
Dindor xitoylar buddizm (shimoliy tarmogʻi), daosizm va konfutsiychilikka eʼtiqod qiladi. Tibetlar va mongollarning dini — buddizm-lamaizm. Xueylar va turkiy guruhga kiruvchi xalqlarning koʻpchiligi islom dinining sunna mazhabiga eʼtiqod qiladi (pomir tojiklari ismoiliya mazhabida). Rasmiy til — xitoy tili. Yirik shaharlari: Shanxay, Pekin, Tyantszin, Lyuyda, Uxan, Chunsin va boshqa
Aholining pensiya yoshi
Xitoyda tugʻilish surʼatining pasayishi va umr davomiyligining oʻsishi kuzatilmoqda. Ekspertlarning fikricha, pensiya yoshi oshirilmasa, mamlakatda iqtisodiy oʻsish sekinlashadi va ishchi kuchi yetishmasligi boshlanadi.
Xitoy hukumati aniq raqamlarni keltirgani yoʻq. Hozirda Xitoyda erkaklar mehnat faoliyatini 60 yoshda yakunlaydi. Xizmat koʻrsatish sohasida ishlaydigan ayollar pensiyaga 55 yoshda, jismoniy mehnat bilan shugʻullanadigan ayollar esa 50 yoshda pensiyaga chiqishi mumkin.
Xitoyda pensiyaga chiqish borasidagi yosh chegaralari 1950-yillarda belgilangan boʻlib, oʻshandan buyon oʻzgartirilmagan. Bu vaqt ichida esa mamlakatda oʻrtacha umr davomiyligi uzaygan: 1949-yilda oʻrtacha umr davomiyligi Xitoyda 40 yosh boʻlgan; 2019-yilda esa bu koʻrsatkich 77,3 yoshni tashkil qilgan[2].
Tarixi
Shimoliy Xitoy hududida ilk ibtidoiy madaniyat qoldiqlari, Pekin yaqinida ilk paleolit davri manzilgohdaridan toshga aylangan sinantrop qoldiqlari topilgan. Xitoyda oʻrta paleolit davriga mansub Xetao (Ordos) madaniyati, sunggi neolit davriga mansub Yanshao va Lunshan madaniyatlari, ayniqsa, mashhur. Yanshao madaniyatida (taxminan mil. av. 3 ming yillik urtalaridan 2ming yillik oʻrtalarigacha) odamlar ovchilik va baliq ovlash bilan birga dehqonchilik va chorvachilik bilan ham shugʻullanganlar. Xitoyda ibtidoiy jamoa tuzumi jez davrigacha davom etgan.
Soʻnggi 20 yil ichida Taklamakon choʻli atrofida 5—6 ming yillik tarixga ega boʻlgan jasadlar, mato boʻlaklari, sopol idish va boshqa topilganligi Xitoyning gʻarbiy hududida ham nihoyatda qadimiy madaniyat boʻlganligidan dalolat beradi.
Mil. av. 1766—1122-yil Xuanxe daryosining oʻrta oqimlarida dastavval Shang, keyinchalik In deb nomlangan (ShangIn davri) ilk davlat tuzumi tashkil topgan. In davlati uzoq yillar davomida qoʻshni qabilalar bilan urush olib borganligi tufayli mil. av. XI asrga kelib, uning hududi birmuncha kengaydi.
In davrida madaniyat rivojlandi, Oy kalendarining belgilari, yozuv — hozirgi xitoy iyeroglif yozuvining ibtidosi paydo boʻldi. Shu davrda In davlatining gʻarb tomonida Chjou deb nomlangan qabila kuchayib, oʻz davlatini tashkil qildi (mil. av. 1122—256) va In davlatini bosib oldi. Djou davlati gʻarbiy Djou (mil. av. 1122—771) va Sharqiy Djou (mil. av. 770—256) kabi 2 qismga boʻlingan. Ushbu davrda quldorlik yanada rivojlandi. Djou qabilasi bosib olgan katta hudud dastlabki Djou vanlari tomonidan oʻz qarindoshlari, yaqinlari va lashkarboshilariga boʻlib berildi. Shu sababli keyinchalik bu hududlarda bir-biri bilan kurash olib borgan bir qancha podsholiklar paydo boʻldi. Kurash davomida ayrim yirik podsholiklar vujudga keldi. Bu podsholiklar Djou vanlarining hokimiyatini tan olmay qoʻydi. Shundan keyin ular oʻrtasida ikki yarim asr davomida urushlar yuz berdi.
Bu davr kurashuvchi yoki urushuvchi davlatlar davri (Django davri — mil. av. 475—221) deb nomlandi. Mazkur davrda urush Sin, Chin, Chu, Xan, Jao, Vey, Yan kabi 7 davlat orasida yuz berdi. Django davrida temir ishlab chiqarish, undan kurol yasash tez rivojlandi. Bu hol dehqonchilik taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi. Hunarmandchilik ixtisoslasha boshladi, savdo-sotiq taraqqiy etdi, shaharlar qurildi va u devorlar bilan oʻraldi. Yerga xususiy egalik paydo boʻldi. Sinfiy qarama-qarshilik va turli podsholiklar oʻrtasida avj olgan siyosiy kurash mafkurada ham oʻz aksini topdi. Mil. av. VI-III asrlarda konfutsiychilik, daosizm, moizm (faylasuf Motszi taʼlimoti) va boshqa falsafiy oqimlar shakllandi. Django davrida podsholiklar oʻrtasida olib borilgan urushlar Sin podsholigining gʻalabasi bilan tugallandi. Natijada Xitoyda birinchi markazlashgan Sin imperiyasi (mil. av. 221—207) barpo etildi. Imperiyaning asoschisi va birinchi imperatori Sin Shixuandi mamlakatni birlashtirish va mustahkamlashga qaratilgan qator islohotlar oʻtkazdi. Uning davrida xunlarga qarshi mudofaa devorini qurish maqsadida shimolidagi podsholiklar devorlari birlashtirilib, Buyuk Xitoy devoribarpo etildi. Ogʻir zulmga javoban xalq gʻalayonlari koʻtarilib, mil. av. 206-yilda Sin imperiyasi tugatildi. Lyu Ban (Gao dzu) yangi sulola va imperiya — Birinchi Xan imperiyasiga (mil. av. 206—mil. 25 ylar) asos soldi. Xan imperiyasi davrida yirik savdo markazlari (Loyan, Chendu, Xandan, Lindzi) paydo boʻldi, tovar-pul munosabatlari, ichki va tashqi savdo rivojlandi. Sharqiy Turkiston orqali gʻarbga — Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga boradigan savdo yoʻli rivojlantirildi (qarang Buyuk ipak yoʻli). Bu davrda quldorlikning eng yuqori darajaga koʻtarilishi Gʻarbiy Xan imperiyasida ijtimoiy ziddiyatlarning avj olishiga sabab boʻldi. Dehqon, askar va qullarning qoʻzgʻolonlari ommaviy tuz oldi (bu qoʻzgʻolonlar tarixga „qizil qoshlar“ va „yashil oʻrmon odamlari“ qoʻzgʻoloni nomi bilan kirgan). 25 yil qoʻzgʻolonchilar poytaxt Chanʼanni egallagandan soʻng Gʻarbiy Xan imperiyasi tugatildi. Zamindor zodagonlar qoʻzgʻolonchilarga qarshi kurash mobaynida Lyu Syu boshchiligida Soʻnggi (Ikkinchi yoki Sharqiy Xan) imperiya (25—220)ga asos soldilar. 27 yil „qizil qoshlar“ qoʻzgʻoloni bostirilgan boʻlsada, Lyu Syu faqat 37 yilga kelibgina mamlakatni birlashtirishga muvaffaq boʻldi. 184—204 yillardagi dehqonlar qoʻzgʻolonlaridan soʻng imperiya inqirozga uchradi. Shundan keyingi uch yarim asr davomida Xitoy mayda podsholiklarga boʻlinish holatida boʻldi. 220-yilga kelib Sango nomini olgan uch davlat — Uch podsholik [Vey (220-265), Shu (221-263), U (222-280)] paydo boʻldi. 265-yil Uch podsholik davri tugab, mamlakat Gʻarbiy Szin sulolasi hukmronligi ostida birlashdi (265—316). Lekin 316-yilda koʻchmanchi xalqlar Szin imperiyasini tor-mor qilib butun Shimoliy Xitoyni bosib oldi. Natijada Shimoliy Xitoyda turli davrlarda 16 ta noxitoy podsholiklari hukm surdi. Xitoy zodagonlarining koʻp qismi shimolida Janubiy Xitoyga koʻchib oʻtib, Sharqiy Szin sulolasi (317—420)ni barpo etdilar. Noxitoy podsholiklar oʻrtasida 100 yildan ortiq davom etgan oʻzaro urushlar natijasida Toba Vey (Shimoliy Vey) davlati (386—534) gʻolib chiqib, butun Shimoliy Xitoyni oʻz qoʻl ostida birlashtirdi.
4—6-asrlarda budda yer egaligi rivojlandi. Buddizm Xitoyga milodiy I asrda Hindistondan Gʻarbiy va Sharqiy Turkiston orqali kirib kelgan. 420—581 yillarda Janubiy va Shimoliy sulolalar (Nanbey chao) xukmronlik qilgan. Bu davrda mamlakatning janubida Sun (420—479), Chi (479-502), Lyang (502-557), Chen (557—589), shimolida Shimoliy Vey (386-534), Sharqiy Vey (534-550). Shimoliy Chi (550577), Gʻarbiy Vey (535-557), Shimoliy Chjou (550-581) kabi davlatlar paydo boʻldi. Janubidagi davlatlar xitoylar tomonidan, shimolidagi davlatlar esa xitoy boʻlmagan xalqlar tomonidan tashkil etildi. 581-yilda Xitoydagi mayda davlatlarni birlashtirish asosida Suy sulolasi (581—618), 618 yilda Tan sulolasi (618—907) hokimiyat tepasiga keldi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, etnik jihatdan Tan sulolasi turklarga aloqador boʻlganligi sababli dastlabki mazkur sulola turklar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. VII asr oxirida Tan imperiyasi harbiy jihatdan yuksaldi, bosqinchilik urushlari olib bordi. 630-yil Sharqiy Turk xoqonligi, 657-yil Gʻarbiy turk xoqonligiga zarba berilishi natijasida Sharqiy Turkistondagi davlatlar 100 yilga yaqin Xitoyga qaram boʻlib qoldi. 751-yil Tan armiyasi Talas jangida arablar tomonidan magʻlubiyatga uchragach, imperiya gʻarbga qilmoqchi boʻlgan yurishdan voz kechishga majbur boʻldi. Uygʻur xoqonligi davri (745—840)da esa uning taʼsiri ostiga tushib qoldi.
VIII asr oʻrtalaridan markaziy hokimiyat bilan chekka viloyat hokimlari oʻrtasida kurash kuchaydi, 874—901 yillardagi dehqonlar qoʻzgʻolonlari natijasida Tan imperiyasi inqirozga yuz tutdi. Soʻngra tarixda turli toʻdalar kurashi va mamlakatning mayda hokimliklarga boʻlinib ketishi bilan mashhur boʻlgan U day shigo („Besh sulola 10 ta hokimlik“, 907—960) deb nom olgan davr boshlandi. 960 yil sarkarda Chjao Kuanin soʻnggi Chjou (951—960) sulolasini agʻdarib tashlab Sun imperiyasi (960—1279)ga asos soldi. Bu imperiya davrida Xitoy hududi shimda Buyuk Xitoy devoridan, gʻarbda Xuanxe daryosining yuqori qismidan, janubida Vyetnam chegarasidan nariga oʻtmadi. Shimoliy va shimoli-sharqda Xitoy hududining talay kismini Lyao kidanlar davlati, SiSya tangutlar davlati bosib oldi. Sun imperiyasi bu davlatlarga kumush va shoyi bilan xiroj toʻlab turdi.
Xitoyga bostirib kirgan chjurchjenlar 1125-yil Lyao imperiyasini tor-mor etib, chegaralari Xuanxe daryosi boʻylab oʻtadigan Szin davlatini barpo etdilar. 1141-yil Sun imperiyasi Szin davlatining vassaliga aylandi.
XIII asrning 1-oʻn yilligida moʻgʻullar Xitoyni istilo qilishga kirishib, 1279-yilda uning barcha xududini bosib oldilar. Xitoy va Tibet xalqlari moʻgʻullarning Yuan sulolasihukmronligi (1271—1368; Xitoyda 1280-yildan) ostida yashadi. Xitoy xalqining moʻgʻul bosqinchilariga qarshi olib borgan koʻp yillik kurashi XIV asr oʻrtalarida Min sulolasi (1368—1644)ning vujudga kelishi bilan yakunlandi.
XVI asrda Xitoyda yevropaliklar paydo boʻldi. 1557-yil Portugaliya Xitoyning Aomin xududini „ijara“ga oldi. Sinfiy qarama-qarshilik, hukmron guruhlarning ichki kurashlari, Manjuriyaning janubida yashovchi chjurchjen qabilalari (XVII asr boshlaridan manjurlar)ning hujumlari natijasida XVII asr boshida Min imperiyasi chuqur inqirozga yuz tutdi. 1628—45 yillardagi dehqonlar urushi natijasida Min sulolasi barham topdi. Xitoyni manjur bosqinchilari bosib oldi. Hokimiyat manjurlarning Sin sulolasi (1644—1911) qoʻliga oʻtdi. Sin imperiyasi bosqinchilik siyosatini olib borib, Ichki Moʻgʻuliston (1636), Jungʻariya xonligi (1757), Sharqiy Turkiston (1760), Tibet (XVIII asr oxiri) hisobiga oʻz xududini ancha kengaytirdi. Sharqiy Turkistondagi Yorkend va Jungʻoriya xonliklari yoʻq qilindi. Sharqiy Turkiston Sintszyan — „Yangi chegara“ nomi bilan Sin imperiyasiga qoʻshib olindi. Sin imperiyasida dehqonlarning antimanjur qoʻzgʻolonlari avj oldi.
XVII-XVIII asrlarda Sin imperiyasi bilan rasmiy munosabatlar urnatishda muvaffaqiyatga erisha olmagan gʻarb davlatlari, birinchi navbatda, Buyuk Britaniya XVIII asr oxirlaridan Xitoyga tazyiq oʻtkaza boshladi. Ingliz savdogarlari Xitoyga koʻplab afyun keltira boshladilar. 1839-yilga kelib ingliz-xitoy munosabatlari keskinlashdi va 1840—42 yillarda Angliya bilan Xitoy oʻrtasida birinchi „afyun“ urushi boʻlib oʻtdi. Natijada inglizlar Xitoyda bir qator imtiyozlarni qoʻlga kiritdilar. 1842-yil Nankin shartnomasiga koʻra, Xitoy Angliya savdosi uchun 5 ta portini ochishga, Syangan (Gonkong) o.ni Angliyaga berishga, tovon toʻlash, savdo imtiyozlari va boshqa berishga majbur boʻldi. XVIII asr oxirlaridan Sin imperiyasi inqirozga yuz tutdi. Sinfiy va milliy ziddiyatlar kuchaydi. 1844-yil Xitoy AQSh hamda Fransiyaga ham shunday imtiyozlar beradigan shartnomalarni imzolashga majbur boʻldi. Xitoy yarim mustamlaka mamlakatga aylana boshladi. Ayni vaqtda Xitoyning turli viloyatlarida xalq ommasining manjurlar zulmiga qarshi qoʻzgolonlari avj oldi. 1850-yil taypinlarning liniy mazhabi manjurlar zulmiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi (qarang Taypin qoʻzyuloni). Mazkur qoʻzgʻolondan keyin Sharqiy Turkistonda ham umumiy xalqqoʻzgoloni yuz berdi. Natijada ushbu mamlakat 14 yil davomida mustaqil boʻldi.
1856-yil Angliya, soʻngra Fransiya Xitoydagi mavqelarini yanada mustahkamlash maqsadida Xitoyga qarshi yangi urush ochdilar (ikkinchi „afyun“ urushi). Ular 1858-yil shimolidagi Dagu fortlarini egallab, Tyantszin va Pekinga jiddiy xavf soldilar. Sin hukumati taslim boʻldi. 1860-yil Angliya-Fransiya ekspeditsiyasi Pekinni ishgʻol qildi. 1860-yilgi Pekin shartnomalariga koʻra, Xitoy Angliya bilan Fransiyaga katta tovon toʻlashga, Buyuk Britaniyaga Szyulun (Koulun) orolining bir qismini berishga, chet el savdosi uchun Tyantszinni ochib qoʻyish va boshqa shartlarga rozi boʻldi.
1860-yillardan Angliya, Fransiya va AQSh Sin hukumatiga taypinlarga qarshi kurashda yordam bera boshladi. „Afyun“ urushlari va taypinlar qoʻzgʻolonining bostirilishi natijasia Angliya, AQSh va Fransiya Xitoydagi mavqelarini mustahkamlab oldi. 1884—85 ylardagi Xitoy-Fransiya urushida Xitoy yengildi. Oʻsha yillari Xitoyning Yaponiya bilan munosabatlari yomonlashdi. Yaponiya 1874-yilda Tayvanni bosib olishga urindi. 1879-yilda Ryukyu orollarini egalladi. 1894-yil esa Yaponiya-Xitoy urushi boshlandi. Xitoy bu urushda yengildi. Urush natijasida shu davrgacha Xitoy qoʻl ostida boʻlgan Koreya mustaqillikka erishdi, Tayvan oroli va Penxuledao orollari Yaponiyaga berildi. Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Chor Rossiyasi Xitoyning bir qancha hududini „ijara“ga oldilar va Xitoyda oʻz taʼsir doiralarini barpo etdilar. Xitoyning boshqa davlatlar tomonidan bosib olinishi va Sin hukmdorlarining taslimchilik siyosati Xitoyda katta norozilikka sabab boʻldi. 1894-yil Xitoyda Sun Yatsen boshchiligida inqilobiy demokratik harakat maydonga keldi. 1899-yil yirik antiimperialistik Ixetuan qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. Imperialistik davlatlar (Buyuk Britaniya, Germaniya, AvstriyaVengriya, Fransiya, Yaponiya, AQSH, Rossiya, Italiya) Xitoyga karshi intervensiya boshlab, 1900-yil avgustda Pekinni ishgʻol qildilar. 1901-yil 7-sentabrda chet davlatlar bilan Xitoy oʻrtasida „Yakunlovchi bayonnoma“ imzolanib, Sin imperiyasi yarim mustamlakaga aylantirildi. XX asr boshida Xitoy yarim mustamlaka mamlakat namunasi edi. 1905-yil Sun Yatsen Yaponiyada Tunmenxoy inqilobiy partiyasini tuzdi. 1910-yilga kelib shahar va qishloqlarda qoʻzgʻolonlar yangidan avj oldi. Xitoyda temir yoʻl qurilishini chet el monopoliyalariga topshirilishiga qarshi 1911-yil sentabrda Sichuanda boshlangan harakat hukumatga qarshi qoʻzgʻolonga qoʻshilib ketdi. Bu qoʻzgʻolonlar Sinxay inqilobining boshlanishiga sabab boʻldi.
1911-yil dekabrda Sun Yatsen 16 yillik emigratsiyadan qaytib keddi. 1912-yil 1-yanvarda Xitoy rasman respublika deb eʼlon qilindi. 1912-yil 12-fevralda Sin sulolasi agʻdarilib, monarxiya bekor qilindi. Inqilobiy viloyatlar vakillarining Nankindagi majlisida Sun Yatsen Xitoy respublikasining muvaqqat prezidenti qilib saylandi. Ammo shimolidagi xitoy pomeshchiklari va harbi{| doiralari Yuan Shikay boshchiligida inqilobiy jan.ga qarshi harbiy harakatlarni boshladi.
1912-yil 25-avgustda Sun Yatsen tarafdorlari Gomindan partiyasini tuzdilar. Xitoyda Shimoliy Xitoy va Janubiy Xitoy hukumatlari paydo boʻldi.
Birinchi jahon urushi (1914—18) davrida Yaponiya Xitoyga nisbatan oʻz ekspansiyasini kuchaytirdi. Pekinning Antanta davlatlari bilan bogʻlangan militaristik hukumati 1917-yil avg.da Germaniyaga qarshi urush eʼlon kildi. Janubiy Xitoy hukumatini 1917-yil sentabrdan 1919-yilgacha Sun Yatsen boshqardi.
Xitoydagi inqilobiy harakatning rivojlanishida xitoy xalqining 1919-yil may—iyun oylaridagi mustamlakachilarga qarshi chiqishlari („Toʻrtinchi may“ harakati) muhim bosqich boʻldi. 1921-yil iyulda Shanxayda Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP)ning 1taʼsis sʼyezdi boʻlib oʻtdi. Sun Yatsen XKP va ishchidehqon harakati bilan yaqinlashish yoʻlini tanladi. 1923-yil fevraldan Sun Yatsen yana Guanchjouda Janubiy Xitoy hukumatini boshqardi va Milliy inqilobiy armiya (MIA)ni tuzdi.
1924-yil kuzda inglizlar Xitoy muxolifatchi kuchlar bilan birgalikda Sun Yatsen hukumatini agʻdarib tashlamoqchi boʻldilar, lekin MIA va ishchi otryadlari bu harakatni bostirdilar.
1925—27 yillarda Xitoyda kommunistlar rahbarligida inqilob boʻldi. 1925-yil 1-iyulda Guanchjou hukumati oʻzini Milliy hukumat deb eʼlon qildi. 1925— 26 yillarda MIA Guansi, Guychjou provinsiyalari va Xunan provinsiyasining janubiy qismida inqilobiy hokimiyat oʻrnatdi. Shundan keyin kommunistlar bilan gomindanchilar oʻrtasida hokimiyat uchun kurash boshlandi. Kommunistlar sovet hukumati, Chan Kayshi boshchiligidagi gomindanchilar AQSh yordamiga suyandi. Sovet hukumati yordamidan toʻla foydalanish maqsadida kommunistlar oʻz bazalarini shim.ga koʻchirishni lozim topdi. Shu bois 1926-yil iyulda MIA shim.ga yurish boshladi. 1927-yil martda XKP rahbarligida qoʻzgʻolon koʻtargan Shanxay ishchilari shaharni ozod qildilar. Tez orada Nankin ham ozod etildi. Gomindanning oʻng qanoti MIA Bosh qoʻmondoni Chan Kayshi boshchiligida 1927-yil 12-aprelda Shanxay va Nankinda, soʻngra Guanchjouda toʻntarish qildi. 1927-yil 18-aprelda Nankinda aksilinqilobiy „Milliy hukumat“ tuzildi. 1927-yil iyulda Uxanda ham aksilinqilobiy toʻntarish oʻtkazildi. Koʻp oʻtmay chap qanot gomindanchilar ham ularga taslim boʻldi. XKP qonundan tashqari deb eʼlon qilindi.
Xitoy milliy inqilobi magʻlubiyatdan soʻng gomindan reaksion diktaturasi qaror topdi.
Xitoyning koʻp qismida gomindan hukmronligiga qaramasdan ayrim qishloq rnlarida XKP rahbarligida Xitoy Qizil armiyasi otryadlari, oʻsha davrda sovetlar deb ataluvchi inkilobiy demokratik hokimiyat oʻchokdari (asosan, Janubiy va Markaziy Xitoyda) tuzildi, demokratik tadbirlar amalga oshiriddi. 1931-yil noyabrda Juyszin shahri (Szyansi provinsiyasi)da Xitoy soveta rnlari vakillarining 1Umumxitoy sʼyezdi boʻlib, u Xitoy Sovet Respublikasi (XSR)ning MIK va Muvaqqat markaziy hukumatini sayladi, XSR konstitutsiyasi loyihasini qabul qiddi. 1930—33 yillarda Xitoy Qizil Armiyasi gomindan qoʻshinlarining 4 yirik yurishini qaytardi.
1931-yil oxirida yapon qoʻshinlari Shim.Sharqiy Xitoyni ishgʻol qilib, 1932-yilda Manchjou Go qoʻgʻirchoq hukumatini tuzdi. 1933-yil yapon qoʻshinlari deyarli qarshiliksiz Jexe provinsiyasini bosib oldi. 1933—34 yillarda Chan Kayshi Xitoy sovet rnlariga qarshi 5yirik yurish kildi. Xitoy Qizil Armiyasi (XKP MK bilan birga) Markaziy Xitoyni tashlab shimoli-gʻarbga koʻchib oʻtishga majbur boʻldi (1934-yil oktabr — 1936-yil noyabr) va Shensi hamda Gansu provinsiyalari chegarasiga chiqdi. 1936-yil Yaponiya agressiyasi xavfining kuchayishi va keng xalq ommasining noroziligi gomindan rahbarlarini Xitoy Qizil Armiyasiga qarshi kurashni toʻxtatishga majbur etdi.
1937-yil iyulda Yaponiya butun Xitoyni bosib olish rejasini amalga oshirishga kirishdi. Urushning birinchi oylaridayoq yaponlar Xitoyning katta qismini, jumladan, Beypin (Pekin), Tyantszin, Shanxay va boshqa shaharlarini bosib oldi. Xitoy xalkining yapon bosqinchilariga qarshi ozodlik urushi (1937—45) boshlandi. Xalqning tazyiqi ostida gomindan rahbarlari 1937-yil 23-sentabrda XKP bilan gomindan oʻrtasida hamkorlik oʻrnatilganligini maʼlum qildi. Yapon qoʻshinlari 1937-yil iyuldan 1938-yil oktabrgacha Shimoliy Xitoyning barcha hududini, Markaziy Xitoyning bir qismini, shuningdek, Janubiy Xitoyning muhim dengiz boʻyi rnlarini bosib oldi. XKP yaponlar bosib olgan rnlarda partizanlik harakatini keng avj oldirdi.
Sovet Armiyasi oʻtkazgan Manjuriya strategik operatsiyasi (1945) natijasida Shim.Sharqiy Xitoy va Ichki Mongoliya yapon militaristlaridan ozod etildi. 1945-yil 2-sentabrda Yaponiya soʻzsiz taslim boʻldi. 1945-yil 13-oktabrda Chan Kayshi hukumati qoʻshinlari ozod kilingan hududlarga hujum boshladi. Gomindan hukumati va XKP harbiy harakatlarni toʻxtatishga kelishgan (1946-yil 10-yanvar) boʻlsa ham 1946-yil iyulda Chan Kayshi tarafdorlari butun mamlakat miqyosida fuqarolar urushini yana boshlab yubordi. AKSH chankayshichilarga har tomonlama yordam koʻrsata boshladi. Biroq Xitoy Xalq ozodlik armiyasi gomindanchilarga karshi muvaffakiyatli janglar olib borib, 1948—49 yil yanvar butun Shim.Sharqiy Xitoy, Shimoliy Xitoyni, Shim.Gʻarbiy Xitoyning koʻp qismini, Markaziy Xitoyning Yanszi daryosigacha boʻlgan yerlarini ozod kildi. 1949-yil kuzga kelib Xitoy Xalq ozodlik armiyasi hujumni davom ettirdi va Shim.Gʻarbiy Xitoy va Markaziy Xitoyni, Janubiy va Jan.Gʻarbiy Xitoyning katta qismini ozod qildi. Chan Kayshi toʻdasi esa Tayvanga qochdi. 1949-yil 1-oktabrda Pekinda Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) tuzilganligi eʼlon qilindi. Sharqiy Turkiston, Ichki Mongoliya va Tibet ham ushbu respublikaga kiritiddi.. XXR tuzilgach, davlatni boshqarishni oʻz zimmasiga olgan Mao Szedun boshchiligidagi Xitoy rahbariyati va XKP XXRning bosh yoʻli — mamlakatda sotsialistik jamiyat qurish ekanligini eʼlon qildi va xususiy mulkni davlat mulkiga aylantirish, qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish, sotsializmning sovet modeli negizini yaratish yoʻlini tanladi. 1951-yil Xitoy hududini gomindanchilardan ozod etish (Tayvan va Penxuledaodan tashqari) tugallandi. 1952-yil XXR hukumati joylarda xalq hokimiyati organlarini tuzish, gomindanchilarni yoʻqotish, yirik kapitalni musodara qilish boʻyicha katta ishlarni amalga oshirdi. 1953-yil agrar islohotlar oʻtkazildi. 300 mln.ga yakin yersiz va kam yerli dehqonlar va ularning oilalariga sobiq zamindorlar yerlari boʻlib berildi. 1953—54 yillarda mahalliy va markaziy hokimiyat organlariga umumiy saylovlar boʻldi. 1954-yil sentabrda Umumxitoy xalq vakillari majlisining 1sessiyasi boʻlib, XXR konstitutsiyasi qabul qilindi.
50-yillarning 2-yarmida Mao Szedun boshchiligidagi XXR rahbarlari 1958— 60 yillarda „katta sakrash“ (besh yil mobaynida sanoat ishlab chiqarishini 6,5 marta, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini 2,5 marta koʻpaytirish) yoʻlini tutdilar. Barcha qishloq xoʻjaligi kooperativlari „xalq kommunalari“ga aylantirildi.
1966—76 yillarda „madaniy inkilob“ amalga oshirildi. Mao Szedun shaxsiga sigʻinish avj oldi. Xavfsizlik organlari va armiya ishtirokida, shuningdek, siyosiy jihatdan chiniqmagan oʻquvchi yoshlar va talabalardan tuzilgan xunveybinlar („qizil qoʻriqchilar“) hamda szaofanlar („gʻalayonchilar“) otryadlari yordamida Mao Szedun koʻrsatmasiga binoan minglarcha masʼul partiya va davlat xodimlari va ziyolilar ishdan olinib, surgun qilindi yoki uy qamogʻida sakdandi. Provinsiya va uyezdlarda partiya qoʻmitalari va xalq tomonidan saylangan hokimiyat organlari amadda tarkatib yuboriddi va tepadan tayinlanadigan, armiya vakillari asosiy rol oʻynagan „inqilobiy qoʻmitalar“ bilan almashtirildi, xalq xoʻjaligidagi tanglik yanada chukurlashdi. Xitoy KPning bu siyosati (keyinchalik Xitoyda keskin tankidga uchragan) Mao Szedun vafoti (1976)dan keyin qayta koʻrib chikildi. Bunda iqtisodiy islohotlar oʻtkazish orqali 21-asr oʻrtalariga kelib Xitoyni yuksak darajada rivojlangan davlatga aylantirish vazifasi qoʻyildi. Korxonalarning xoʻjalik yuritish faoliyatidagi mustaqilligi oshirildi, koʻp ukladli iktisodiyotga ruxsat berildi, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish maqsadida Xitoyda „ochiq iqshsodiy rnlar“ va „maxsus iktisodiy hududlar“ tashkil etildi. 1990-yillarning boshlaridan Xitoy KP tomonidan amalga oshirilayotgan „sotsialistik bozor xoʻjaligi“ga oʻtish shakllandi. Xitoyning Buyuk Britaniya bilan tuzgan bitimi (1989)ga muvofiq Syangan (Gonkong) Xitoyga oʻtdi va XXRning maxsus maʼmuriy rayoni makrmini oldi. Xitoy 1971-yildan BMT aʼzosi (1945-yil SanFransisko konferensiyasida BMT ustaviga gomindan hukumati vakili imzo chekkan. XXR tuzilgach, uning BMTdagi oʻrnini Tayvan noqonuniy ravishda egallab kelgan, XXR esa bu tashkilotda vakillikdan mahrum qilingan edi. 1971-yil 25-oktabrda BMTning Bosh Assambleyasi XXRning qonuniy huquklarini tiklash va BMT hamda uning barcha organlaridan Tayvan vakillarini chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qildi). Xitoy 1991-yil 27-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1992-yil 2-yanvarda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 1-oktabr — Respublika eʼlon qilingan kun (1949).
Siyosiy partiya va tashkilotlari, Xitoy xalq siyosiy maslahat kengashi, kasaba uyushmalari. Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP, 1921-yil tuzilgan; Bosh kotibi Xu Szintao. 50,3 mln. aʼzosi bor); Gomindan inqilobiy qoʻmitasi, 1948-yil asos solingan; Xitoy Demokratik ligasi, 1941-yil tuzilgan; Xitoy Demokratik milliy qurilish assotsiatsiyasi, 1945-yil tuzilgan; Xitoy Demokratiya taraqqiyotiga koʻmak beruvchi assotsiatsiya, 1945-yil tashkil etilgan; Xitoy dexkrnishchilar demokratik partiyasi, 1947-yil asos solingan; Chjungo chjigun dan (Xitoy adolatga intilish partiyasi), 1925-yil tuzilgan; Szyusan syuye she (3-sentabr jamiyati), 1946-yil tuzilgan; Tayvan muxtoriyati demokratik ligasi, 1947-yil asos solingan; Xitoy xalq siyosiy maslahat kengashi; 1949-yil tuzilgan. Umumxitoy kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1925-yil tuzilgan.
Xoʻjaligi
Xitoy — industrialagrar mamlakat. 1949-yil xalq inqilobidan soʻng xalq xoʻjaligini tiklashga kirishdi va dastlabki 5 yil ichida yuksak natijalarga erigddi. Ammo undan keyingi 20 yildan ortiq davr ichida iqtisodiyoti nihoyatda qiyin ahvolga tushib qoldi. 1978-yilda boshlangan iqtisodiy islohotlar mamlakat iqgisodiyotini rivojlanish yoʻliga olib chiqsi. Iktisodiy oʻsish surʼati yiliga oʻrta hisobda 8—10 %, xususiy mulkchilikka asoslangan tarmoqlarda 30 % ga oshdi. 1980-yillar oxirida yalpi ichki mahsulot hajmi 2 baravar koʻpaydi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash muammosi hal boʻldi. 1990-yillar oxirqsa yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 49 %, qishloq xoʻjaliginiki 19 %, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 32 %ni tashkil etdi.
Sanoatida koʻp tarmoqli mashinasozlik [stanoksozlik, qishloq xoʻjaligi va transport mashinasozligi, traktorsozlik, avtomobilsozlik (2003-yil 4 mln. 443 ming 700 dona avtomobil ishlab chiqarildi), elektr energetikasi va boshqa sanoat jihozlari, elektron buyum va priborlar, shuningdek, velosiped, tikuv mashinalari, soat va boshqa ishlab chiqarish], kimyo, qora metallurgiya muhim mavqega ega. Sanoatning asosiy tarmoqlaridan — toʻqimachilik [ipgazlama (1996-yil 22,1 mlrd. metr), shoyi, jun gazlama ishlab chiqarish], oziqovkat sanoati rivojlangan. Issiqlik energetika bazasining asosi — koʻmir. U, asosan, Xitoyning shimoliy va shimoli-sharqida qazib olinadi (1993-yil 1149 mln. tonna). Neft mamlakatshimoli-gʻarbi va shimoli-sharqida qazib olinadi (142 mln. tonna). Xitoy shimoli-sharqida yonuvchi slanets konlari, Sichuan soyligi va Saydam tekisligida gaz konlari bor. Yiliga oʻrtacha 1654 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (asosan, issiqlik elektr styalarida). Poʻlat (yiliga 86 mln. tonna), rangli metallar (alyuminiy, mis, rux, qoʻrgʻoshin, qalay, surma) eritiladi. Sement (490 mln. tonna), mineral oʻgʻit (27 mln. tonna) ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik ham katta ahamiyatga ega [eng qad. tarmoqlari — yigiruvtoʻquv, keramika (chinni va fayans) va uyroʻzgʻor buyumlari ishlab chiqarish]. Xitoy Badiiyhunarmandchilik buyumlari bilan ham mashhur.
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerning 93 mln. gektari (mamlakat hududining 10 %) ishlanadi, 49 % sugʻoriladigan yerlar. Ekin maydonining 2/3 qismini sholi, bugdoy, batat, kartoshka egallaydi, 18 % ga texnika ekinlari (paxta, soya, yer yongʻoq, choy, tamaki, jut, shakarqamish, qand lavlagi va boshqalar) ekiladi. Shuningdek, tariq, arpa, grechixa ham yetishtiriladi. Xitoyning janubidagi dengiz sohillari va Sichuan soyligida shakarqamish, sharqiy va markaziy rnlarida choy oʻstiriladi. Tung va lak daraxtlari ham oʻstiriladi. Tropik, subtropik va moʻʼtadil mintaqalarda koʻp tarmoqli bogʻdorchilik (sitrus mevalar, ananas, banan, mango, olma, nok va hokazo) rivojlangan. Ayrim rnlarda tokchilik bilan shugʻullaniladi. 1992-yil 443 mln. tonna gʻalla, 5 mln. tonnaga yaqin paxta yetishtirildi.
Chorvachilikda Xitoyning har bir yirik rayoni oʻziga xos yoʻnalishga ega. Sharqiy Xitoyda choʻchqachilik, parrandachilik rivojlangan, ish hayvonlari koʻpaytiriladi. Ichki Mongoliya, SintszyanUygʻur muxtor rnining shimoliy qismi va Tibetda yaylov chorvachiligi (qoʻychilik, qoramolchilik, yilqichilik) asosiy oʻrinda. 1996-yil 109 mln. qoramol, 452 mln. choʻchqa, 127 mln. qoʻy boʻlgan. 1992-yil 29 mln. tonna goʻsht, 5 mln. tonna sut tayyorlangan. Yanszi va Chjutszyan daryolari havzalarida tut ipak qurti, Shim.Sharqiy Xitoyda va Shandunda dub ipak qurti boqiladi. Xitoy dunyoda tabiiy shoyi yetishtiruvchi yirik davlatlardan biri. Xitoy baliqva b. dengiz hayvonlarini ovlashda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Chuchuk suv havzalarida va sholipoyalarda baliqchilik ham keng tarqalgan. Xitoyda yogoch tayyorlanadi, yovvoyi oʻsimlik mevalari va shifobaxsh oʻtlar yigʻiladi.
Transporti
Transport yoʻli transportning asosiy turi. Ularning uz. 73 ming km. Xitoyning sharqiy portlari temir yoʻl orqali Mongoliya, Rossiya, Markaziy Osiyo davlatlari, Eron va Yevropa mamlakatlari bilan bogʻlangan. Avtomobil yoʻllari uz. 1,278 mln. kilometr. Soʻnggi yillarda tez yurar avtomobil yoʻllari qurish rivojlangan. Ularning uz. 8733 km.
Ichki suv yoʻllarining uz. 150 ming km dan ortiq. Yirik dengiz portlari: Shanxay, Dalyan, Sinxuandao, Sindao, Guanchjou (Xuanpu bilan), Tyantszin (Singan bilan). XXRning koʻp shaharlari jahondagi yirik shaharlar havo yoʻllari bilan bogʻlangan.
Tashqi savdosi
Xitoy chetga koʻmir, choy, baliq, toʻqimachilik xom ashyosi, shoyi mahsulotlari, traktor va avtomobil, volfram rudasi, elektron, toʻqimachilik va mashinasozlik sanoati mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mashina va jihozlar, murakkab hisoblash texnikasi, neft, gʻalla, kimyoviy oʻgʻit, yogʻoch va boshqa oladi. Tashqi savdoda Yaponiya, AQSH, Germaniya, Rossiya, Pokiston bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — yuan.
Tibbiy xizmati
Xitoyda 1978-yildan boshlab oʻtkazila boshlagan iktisodiy islohotlar natijasida tibbiy xizmat koʻrsatish tarmogʻida ham tub oʻzgarishlar yuz berdi.
Ilgari yopilgan tibbiyot oʻquv yurtlari va tibbiy muassasalar qayta tiklandi va yangilari ochildi. 1999-yil mamlakatda 310 ming kasalxona va boshqa davolash maskanlari faoliyat koʻrsatdi. Kasalxonalardagi oʻrinlar soni 2,91 mln., tibbiy xizmatchilar soni 4,42 mln., jumladan, shifokorlar soni 1,41 mln.dan oshdi. Mamlakatda faoliyat koʻrsatayotgan sanitariyaepidemiologiya styalar soni 5907 dan, ulardagi xizmatchilar soni 220 mingdan, tibbiyot muassasalari soni 2724 va ulardagi xizmatchilar soni 73 ming kishidan oshdi. XXRda xalq tabobati man etilmagan. Aksincha, unga eʼtibor kuchaytirilgan. Ushbu sohada maxsus oʻquv maskanlari, shifoxonalar, dorixonalar mavjud. Koʻp xitoy shifokorlari oʻz faoliyatlarini garb, xalq tabobat uslubi asosida olib boradilar. Barcha dorixonalarda xalq tabobati negizida yaratilgan doridarmonlar sotiladigan boʻlimlar mavjud. Xalq tabobatiga doyr maxsus qoʻllanma va adabiyotlar ham teztez nashr qilinib turadi.
Xalq maorifi, madaniymaʼrifiy va ilmiy muassasalari. XXR tashkil topgunga (1949) qadar aholining 80 % savodsiz boʻlgan. Xalq hokimiyati oʻrnatilgandan soʻng maorif tizimida tub oʻzgarishlar roʻy berdi. Lekin „madaniy inqilob“ yillarida maorif tizimi ham tanglikka uchradi. Uni amalga oshirish vaqgida deyarli barcha oʻquv yurtlari yopildi, savodsizlikni tugatish boʻyicha ishlar toʻxtatildi. Xalq maorifi tizimida 1985-yildan boshlangan islohotlar asosida mamlakatda 9 yillik majburiy taʼlim joriy etildi. U boshlangʻich (oʻqish muddati 5 yil) va oʻrta umumiy taʼlim maktabidan iborat. Oʻz navbatida oʻrta umumiy taʼlim maktabi 1 va 2 bosqichli boʻlib, ularda oʻqish muddati 5 yoki 6 yil Oʻrta maxsus oʻquv yurtlari va kasb-hunartexnika bilim yurtlari mavjud. Oliy oʻquv yurtlarida 4,13 mln. talaba taʼlim oladi (1999). Yirik oliy oʻquv yurtlari: Pekin universiteti, Nankin universiteti, Shanxaydagi Tunszi va Fudan universitetlari, Pekindagi „Sinxua“ politexnika instituti, Pekin aviatsiya, mashinasozlik institutlari, oʻlka va muxtor rn markazlaridagi universitetlar va boshqa Yirik kutubxonalari: Pekin milliy kutubxonasi (4,5 mln. asar), Xitoy Fanlar akademiyasining markaziy kutubxonasi (2,6 mln. asar), Nankin kutubxonasi (2,4 mln. asar), Shanxay kutubxonasi (7,1 mln. asar) va boshqa Muzeylari: Pekindagi saroy muzeyi, Xitoy muzeyi, Xitoy tarixiy muzeyi, Tyantszin tarix muzeyi, Shanxaydagi tibbiyot tarix muzeyi, Shanxay muzeyi, Pekindagi geol. muzeyi, oʻlka va muxtor rnlardagi muzeylar va boshqa
Xitoylar Xitoy fanlar akademiyasi (1949), Tibbiyot Fanlar akademiyasi (1956), Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi institut va ilmiy tadqiqot muassasalarida hamda oliy oʻquv yurtlarida olib boriladi. Xitoyda, shuningdek, Oʻrmonchilik akademiyasi, Xitoy anʼanaviy tibbiyoti ilmiy tadqiqot instituta, Geol. fanlari akademiyasi, Transport yoʻlilar vazirligi ilmiy tadqiqot instituta, Choʻyan va poʻlat markaziy instituti, Rangli metallar markaziy akademiyasi, Neft qidiruv va qazish y.t. instituti, toʻqimachilik ilmiy tadqiqot instituti ham faoliyat koʻrsatadi. 1999-yil Xitoyda 2,71 mln. kishi ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʻullandi. 1981-yildan tadqiqotchilarga bakalavr, magistr va fan doktori kabi ilmiy darajalarni berish tizimi joriy etildi. Barcha ilmiy tadqiqotlar XXR Davlat kengashi huzuridagi fan va texnika davlat qoʻmitasi tomonidan muvofiklashtirib turiladi.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Xitoyda bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: „Banyue tan“ („Suhbat“, 2 haftada 1 marta chiqadigan jurnal, 1980-yildan), „Beyszin jibao“ („Pekin gazetasi“, kundalik gazeta, 1950-yildan). „Venxuey bao“ („Adabiy oqim“, kundalik gazeta, 1937-yildan), „Guanmin jibao“ („Yoruglik“, kundalik gazeta, 1949-yildan), „Guansi jibao“ („Guansi gazetasi“, kundalik gaz.), „Gunjen jibao“ („Ishchilar gazetasi“, kundalik gazeta, 1949-yildan), „Jenmin jibao“ („Xalq gazetasi“, kundalik gazeta, 1948-yildan), „Nanfan jibao“ („Janubiy gazeta“, kundalik gazeta, 1952-yildan). „Pekin revyu“ („Pekin sharhi“, haftalik siyosiy va nazariy jurnal, 1958-yildan), „Sintszyan jibao“ („Sintszyan gazetasi“, kundalik gaz.), „Sichuan jibao“ („Sichuan gazetasi“, kundalik gazeta, 1952-yildan), „Szinszi jibao“ („Iqtisodiy gazeta“, haftada 6 marta chiqadigan gazeta, 1983-yildan), „Syushi“ („Haqiqatga intilish“, jurnal), „Chjungo sinnyan bao“ („Xitoy yoshlari“, haftada 4 marta chiqadigan gazeta, 1951-yildan), „Chjungo shaonyan bao“ („Xitoy pionerlar gazetasi“, kundalik gazeta, 1951-yildan), „Shanxay star“ („Shanxay yulduzi“, ingliz tilidagi gazeta, 1992-yildan). Sinxua rasmiy axborot agentligi 1931-yil 7-noyabrda tashkil etilgan, dastlab Qizil Xitoy agentligi deb nomlangan; 1937-yildan hozirgi nomda. Milliy radioeshittirish xukumat xizmati 1947-yil tuzilgan. Markaziy televideniyega 1958-yil asos solingan. 1993-yil dekabrda mamlakatda 500 dan ortiq televizion stya ishladi.
Adabiyoti
Xitoy adabiyoti jahonda eng qad. adabiyotlardan biri boʻlib, uch ming yillik anʼanalarga ega. Qadimgi Xitoy adabiyotining birinchi yirik sheʼriy asari „Shitszin“ („Qoʻshikdar kitobi“, mil. av. 11—6-asrlar) xalq qoʻshiqlari va diniy marosim madhiyalari majmuasidan iborat. Mil. av. 1-ming yillikka mansub badiiy nasr falsafa, tarix, geogr. va boshqalarga doyr asarlar bilan uzviy bogʻliq („Shan shu“ — „Tarixiy rivoyatlar kitobi“ va boshqalar). Sima Syanning (mil. av. 1-asr) „Shi szi“ („Tarixiy xotiralar“) kitobi Xan davri (mil. av. 206 — mil. 220-yillar) nasrining yirik yodgorligi hisoblanadi. Sheʼriyatning muhim qismini tashkil etgan lirik va satirik xalq qoʻshiqlari (yuefu)da xalq hayoti oʻz ifodasini topgan. 4-asr oxiri — 5-asr boshlarida yashagan yirik novator shoir Tao Yuanmin (365—427) sheʼriyati hayot haqidagi falsafiy mushohadalardan iborat boʻldi. Mamlakatni Tan sulolasi (618— 907) birlashtirgach, adabiyot rivoji uchun qulay sharoit yaratildi. Xuddi oʻsha davrda ven yan — xitoy adabiy tili uzilkesil shakllandi.
7—10-asrlarda Chen Szian, Van Vey sheʼrlari mashhur boʻldi. Adabiyotning yanada taraqqiy etishida Li Bo, Du Fu va Bo Szyuyi kabi shoirlarning taʼsiri katta boʻldi. 8—9-asrlarda novella janrida yuksak yutuqlarga erishildi (Yuan Chjen, Bo Sinszyan, Li Gunszo), 10—13-asrlarda shoirlardan Van Anshi, Su Shi, Lyu Yun, L u Yu, shoira Li Sinchjao mashhur boʻlgan. Ouyan Syu tarixiy va falsafiy mavzuda asarlar yaratdi.
Moʻgʻullarning Yuan sulolasi hukmronligi davri (1280—1368)da shaharlar rivoj topdi. 13-asrda mamlakat shimoliyda qahramonlik va maishiy mavzularda musiqiy drama janri vujudga keldi. 14-asrda epopeyaroman janrining shakllanishi adabiyotda muhim voqea boʻldi. 16-asr oxirlaridan nasr yangi boskichga koʻtarildi, tarixiyfantastik, ijtimoiymaishiy romanlar yaratildi.
Xitoyni manjurlar bosib olgan (1644)dan keyin muxolif kayfiyatdagi shoirlar paydo boʻldi, maʼrifatparvarlik ruhi avj oldi. Klassik roman choʻqqisi boʻlib maydonga kelgan Sao Syuetsin (taxminan 1715—62)ning „Qizil koʻshkdagi uyqu“ romanida zodagonlarning axloqiy va iqtisodiy tushkunligi ifodalandi.
Yangi davr adabiyoti (19-asr oʻrtalari — 1917) manjurxitoy zodagonlari, imperialistik davlatlar zulmiga qarshi ozodlik harakatini, jamiyat tushkunligini aks ettirdi. Gʻarb madaniyati bilan birinchi tanishuv boshlandi. 1900-yillarning boshlaridagi inqilobiy koʻtarilish koʻpgina adiblar ijodida oʻz ifodasini topdi.
1919-yilda boshlangan „4-may“ ozodlik harakati davridan eʼtiboran eng yangi adabiyot vujudga keldi. Bu adabiyotning idk yirik namoyandasi Lu Sin (1881 — 1936) asarlarida oddiy kishilar Xitoy adabiyoti tarixida birinchi marta asar qahramonlari qilib qalamga olindi. 1922-yilda „Ijod“ guruhiga uyushgan adiblar romantik ruxda asarlar yaratdilar. 20-yillar boshlaridan sheʼriyatdagi soʻzlashuv tiliga asoslangan yangi shakl klassik sheʼriyat shakllarini siqib chiqardi. Xitoy xalqining yapon bosqinchilarga qarshi milliy ozodlik urushi (1937) davrida vatanparvarlik ruhida yozilgan kichik hajmdagi asarlar keng yoyildi. Yaponiya tormor etilgach (1945), adabiyot mamlakatni demokratik rivojlantirish uchun kurashni avj oldirdi. Xitoy Kompartiyasi rahbarligida xalqning ozodlik uchun kurashiga yordam beradigan inqilobiy adabiyot rivojlana boshladi. 1949-yil XXR tashkil kilinishi sotsialistik qurilishni aks ettiradigan, yangi kishini tarbiyalashga xizmat qiladigan yangi adabiyot rivojiga imkon yaratdi. Chjao Shuli (1906—70)ning „Sanlivan qishlogʻi“, Chjou Libo (1908—79)ning „Poʻlat oqim“ roman larida ishchi va dehqonlarning yangi hayoti va mehnati ifodalandi. Tarixiyinqilobiy syujetlarda romanlar (Yan Moning „Yoshlik qoʻshigʻi“) yaratildi. 50-yillarning boshlarida tinchlik va xalklar doʻstligi mavzularida, ayniqsa, sheʼriyatda muhim asarlar ijod qilindi. Lekin 1958-yilda „inkilobiy romantizm bilan inqilobiy realizmning uygʻunligi“ Xitoy adabiyotida birdan bir ijodiy metod deb eʼlon qilindi. Amalda esa ijod axlidan xaspoʻshlab aks ettirish, voqealarni ideallashtirish talab qilindi. 60-yillar oʻrtalaridan „madaniy inqilob“ boshlanishi munosabati bilan yangi badiiy asarlar yaratilmay qoʻydi, tarjima asarlarini nashr etish toʻxtatildi, koʻpgina adabiybadiiy jurnallar yopildi. Xitoy yozuvchilari uyushmasi (1953-yildan tashkil qilingan)ning faoliyati ham, asosan, toʻxtab qoldi. 1970-yillarning boshlaridan adabiy hayotda bir oz jonlanish yuz berdi. „Madaniy inqilob“ yillarida quvgʻinga uchragan yozuvchi va shoirlarning katta guruhi oklandi, ularning faoliyati qayta tiklandi. Ular tomonidan yozilgan asarlar nashrdan chikarildi. Xalqning ongini bozor munosabatlariga moslashtirish, oʻtgan davrga tanqidiy yondoshish, milliylikni saqlab qolish kabi masalalar yangi adabiyotning asosiy gʻoyasiga aylandi. Jahon adabiyotining xitoy adabiyotiga boʻlgan taʼsiri kuchaydi.
1977-yildan pyesa, sheʼr, nasriy va publitsistik asarlar paydo boʻla boshladi. Bu yillarda yaratilgan asarlarda oʻn yillik tartibsizliklar davridagi turmush ochib beriddi. Nasr, ayniqsa, hikoya janri jonlandi. Lyu Sinuning „Sinf rahbari“, Van Menning „Sartarosh hikoyasi“, Ju Chjitszyuanning „Kutilmagan voqea“ kabi hikoyalari shuhrat qozondi. Qissalardan Shen Junning „Oʻrtacha yosh“, Ye. Veyminning „Daryoda moʻljalsiz suzish“, L u Yanchjouning „Bulutlar ortidagi togʻlar qissasi“ ajralib turadi. Shuningdek, Chjou Ketsinyaning „Syuy Mao va uning qizlari“, Vey Veyaning „Sharq“, Li Chjunning „Xuanxe sharqqa qarab oqadi“, Gu Xuaning „Nilufar gullari vodiysida“ romanlari paydo boʻldi.
Dini[
Xitoyning anʼanaviy dini konfusiylik, koʻpchilik daosizm va buddizm diniga sigʻinishadi. Xitoyliklar orasida islom va xristian dinlariga ham eʼtiqod qiluvchilari bor. Xuey, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, tatar, oʻzbek, tojik, dunsyan, salar va baoan xalqlari musulmonlar hisoblanadi. Tibetliklar, moʻgʻullar, tai va yugurlar lamaizm diniga eʼtiqod qilishadi. Vetveylar buddizmga eʼtiqod kilishadi, myao va yaolar xristian diniga eʼtiqod qilishadi, koʻpchilik daurlar, orochonlar va evenklar shamanizmga eʼtiqod qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |