Kurs ishiningning obyekti: Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish va unga rioya qilish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning mazmuni.
Kurs ishi usullar:
- tarixiy, falsafiy, ma’naviy, psixologik, pedagogik adabiyotlarni ilmiy nazariy jihatdan oʻrganish va tahlil qilish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining me’yoriy hujjatlari, oʻquv usulik qoʻllanmalarini oʻrganish,
- kuzatish,
- suhbat,
- testlar ,
- matematik –statistik tahlil asosida olingan natijalarni umumlashtirish.
Kurs ishiningning tuzulishi: Kirish, 2 bob, 4 ta paragrif xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovadan iborat.
1-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA AQLIY TARBIYA BERISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda aqliy tarbiya usullari.
Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlangʻich qismi hisoblanadi. U bolaning sogʻlom va rivojlangan shaxs boʻlib shakllanishini ta`minlab, oʻqishga boʻlgan ishtiyoqini uygʻotib, tizimli oʻqitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha boʻlgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim tashkilotlarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi oʻqishga tayyorlash, bolani sogʻlom, rivojlangan, mustaqil shaxs boʻlib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, oʻqishga, tizimli ta`limga boʻlgan ishtiyoqini aqliy tarbiyalashdir. Maktabgacha ta`lim tashkilotida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim tashkilotsi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim tashkilotsiga biriktirilgan sogʻliqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Bolani maktab ta'limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning ahamiyati kattadir. Bolani bilimlarini egallab olishlari ularni aqliy faolligini rivojlantirish aqliy malaka va ko'nikmalarini egallab olishlari ularni maktabda muvaffaqqiyatli o'qishlari uchun bo'lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishida manba bo'lib xizmat qiladi. Odamning aqliy faoliyati - bu umumiy ham maxsus aqliy harakatlar xilma-xil sistemalarining katta miqdoridir. Ko'pgina vazifalarni hal etishda qo'llaniladigan keng ko'lamdagi aqliy harakatlarni shakllantirish ayniqsa, muhimdir. Bunday harakatlarga tahlil, qiyoslash, umumlashtirish kiradi. Ham umumiy, ham maxsus aqliy harakatlarni egallash aqliy faollik va mustaqillikning rivojlanishini ta’minlaydi. Aqliy faoliyatning moslashuvchanligi va jo'shqinligini, hodisalarni xilma- xil aloqalar va munosabatlarda ko'ra bilishni shakllantirishga yordam beradi. «Aqliy mehnat madaniyati» tushunchasiga aqliy faoliyatning umumiy tartibliligi, rejaliligi, vazifani qabul qilish va o'rtaga qo'yish, uni hal etish usullarini tanlash, ish lab chiqilgan harakat rejasini izchil amalga oshirish natijalarini baholash mahorati kiradi.Aqliy mehnat madaniyati aqliy faoliyatning maxsus malakalari va ko'nikmalarini, kitob bilan ishlash ko'nikmalarini egallash darajasi, ilmiy bilish usullari va usullarini, turli yordamchi vositalardan foydalanish bilan ham bog'liqdir. Aqliy tarbiya vazifalaridan har biri maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashni tashkil etishda hisobga olish lozim bo'lgan bir qancha vazifalarni o'z ichiga oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat. Boladagi qiziquvchanlik va aqliy faollikning qaydarajada rivojlanganligini bolaning aqliy ko'rsatkichining yuqoriligida ko'rish mumkin.Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta'lim berishning o'ziga xosligi.Ta’lim - maktabgacha yoshdagi bolaning bilish qobiliyatlarining muntazam rejali ravishda rivojlantirib borish, MTTning ta’Iim-tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar sistemasi bilan qurollantirish, malaka va ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berishda ta'lim yetakchi rol o'ynaydi. Ta'lim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta'lim bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini ri- vojlantirishni nazarda tutadi. Ta’lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va aqlning sinchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir. MTTda bolalarga madaniy - gigiyenik ko'nikmalar, asosiy harakatlar o'rgatiladi, ular madaniy axloqiy qoidalarini o'zlashtirib oladilar.Ta'lim jarayonida bolalarda o'quv faoliyatlari asoslari hosil qilinadi, ularni maktabda muvaffaqiyatli o'qish uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Ta’lim jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir. MTTda bolalarga madaniy - gigiyenik ko'nikmalar, asosiy harakatlar o'rgatiladi, ular madaniy axloqiy qoidalarini o'zlashtirib oladilar. Ta'lim jarayonida bolalarda o'quv faoliyatlari asoslari hosil qilinadi, ularni maktabda muvaffaqiyatli o'qish uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Ta’lim jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir.Ta’limni ikki yo'l bilan amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
Bolalarga ta’lim berish jarayonida tarbiyachi har xil usullardan foydalanish
1-Jadval
Ko'rgazmali
|
Og'zaki
|
Amaliy
|
O'yin usullari
|
Kuzatish
|
Tushunish
|
Mashq
|
Didaktik o'yinlar
|
Ko'rsatish
|
Hikoya qilish
|
Mustaqil ish
|
Harakatli o'yinlar
|
TV dan foydalanish
|
So'zlab berish
|
Oddiy tajriba
|
Mashqli o'yinlar
|
|
O'qib berish
|
|
Insenirovkalar
|
|
Suhbat
|
|
Kundalik axborot
|
Kuzatish usuli. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish Imkonini beradi. Bunda bolalar ko'rish, eshitish, sezish idrokla ri orqali bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu esa asosan yangi bilim berishda qo'llaniladi. Kuzatish - bolalarning narsa, voqealarning ma'lum maqsadi bilan rejali idrok etishidir. Kuzatish usuli m’lum obyektlarni kuzatishda yetakchi o'rinni egallaydi. Namoyish etish usuli. Bu usul tarbiyachi bolalarga narsani o'zini yoki tasvirini ko'rsatadi. Bu bevosita ko'rib bo'lmaydigan narsalar (boshqa tabiy zonadagi hayvonlar, o'simliklar, kishilar hayoti bilan) qo'llaniladi. Hikoya qilib berish materialni aniq, obrazli, ta’sirchan bayon qilish. O'rta guruhdan boshlab badiiy asarlarni ifodali o'qib berish.Suhbat usuli. 3-4 yoshli bolalar bilan o'tkazilmaydi. 4-5 yoshli bolalar bilan ham qisqa suhbat o'tkaziladi. 6 yoshdan boshlab suhbat mustaqil faoliyat sifatida o'tkaziladi.
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarining asosiy maqsadlari.Maktabgacha ta`lim, olinish shakli va usullaridan qat`iy nazar, quyidagi maqsadlarni oʻz oldiga qoʻyadi:Maktabgacha ta`lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayri tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.Oʻzbekistonda maktabgacha ta`lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirgʻiz, qozoq va turkman tillarida olib boriladi.
- Maktabgacha aqliy tarbiya va boshlangʻich ta`lim mussasasi (bolalar Tashkilotsi-maktab).
- Aqliy tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yoʻnalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) aqliy tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim tashkilotlari.
- Tibbiyot gigiena, profilaktika va sogʻlomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sogʻlomlashtirish Tashkilotsi.
- Birlashtirilgan turdagi bolalar Tashkilotsi (birlashtirilgan turdagi bolalar Tashkilotsiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sogʻlomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan koʻrinishda kiradi).
- Bolalarni maktabda oʻqishga maqsadli va tizimli tayyorlash;
- Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste`dodlarini rivojlantirish;
- Bolalarni milliy, umuminsoniy va madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish;
- Bolalarda yuqori ma`naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish;
- Bolalarning jismoniy va ruhiy sogʻligini mustahkamlash.Maktabgacha ta’lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.
Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat. Bolalar bog'chasi oldida bolalarning aqliy qobiliyatini rivojlantirish vazifasi turibdi.Qobiliyatlar tegishli faoliyat jarayonida namoyon bo'ladi va rivojlanadi.Insonning aqliy qobiliyati aqlining ziyraklik fahm-farosatlilik, tanqidiy ko'z bilan qarash, sermulohazalik kabi sifatlari bilan ajralib turishi mumkin. Aqliy ko'nikma va malakalarni rivojlantirish, ya’ni eng oddiy faoliyat usullari, predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo'lmagan belgilarni ajratib ko'rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash va hokazolarni tarkib toptirish Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu ko'nikma va malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlari bo'lib, bolaning bilimlarini muvaffaqiyatli egallab olishga yordam beradi.
Masalan: o'simliklar va hayvonlar bilan tanishtirish bo'yicha sistemali faoliyatlar olib borilgandan keyin bolalar ayrim konkret o'simliklar yoki hayvonlar to'g'risida ma'lum bir tasavvurga ega bo'ladilar. So'ngra bolalardagi aqliy ko'nikma va malakalarni rivojlantirish maqsadida tarbiyachi bolalar bilan quyidagi faoliyatlarni o'tkazishni rejalashtirishi mumkin: «Paxta o'simligini, momaqaymoq o'simligi bilan solishtirish», «Qafasdagi ikki xil qushni bir-biriga solishtirish» didaktik o'yini va shunga o'xshash tadbirlar o'tkazish. Eng muhimi shundaki, bolalarga bilim beribgina qolmasdan, ularni olgan bilimlaridan aqliy va amaliy vazifalarni hal etishda foydalanishga o'rgatish zarur. Ilk va bog'cha yoshi davrida bolalarda tevarak-atrofga bo'lgan qiziqish juda tez o'sadi. Qiziqish bolaning aqliy rivojlanishini harakatga keltiruvchi qudratli kuchdir. Kattalar bolaning qiziquvchanligini, bilishga bo'lgan har qanday xohishini sezishlari va rag'batlantirib borishlari kerak. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat. Bolalar bog'chasi oldida bolalarning aqliy qobiliyatini rivojlantirish vazifasi turibdi.Qobiliyatlar tegishli faoliyat jarayonida namoyon bo'ladi va rivojlanadi.Insonning aqliy qobiliyati aqlining ziyraklik fahm-farosatlilik, tanqidiy ko'z bilan qarash, sermulohazalik kabi sifatlari bilan ajralib turishi mumkin. Aqliy ko'nikma va malakalarni rivojlantirish, ya’ni eng oddiy faoliyat usullari, predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo'lmagan belgilarni ajratib ko'rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash va hokazolarni tarkib toptirish Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu ko'nikma va malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlari bo'lib, bolaning bilimlarini muvaffaqiyatli egallab olishga yordam beradi. Aqliy ko'nikma va malakalarni rivojlantirish, ya’ni eng oddiy faoliyat usullari, predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo'lmagan belgilarni ajratib ko'rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash va hokazolarni tarkib toptirish Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |