"SAMOLYOTLAR" Bu o’yinda bolalar bir-biriga tegmasdan, turli yo’nalishda yugurishga o’rgatiladi, shunda ular signalni darrov ilgab olib, harakatni boshlashga odatlanadilar. Bolalar samolyotda o’tirgan o’quvchilarni ifoda etadilar. Ular maydonchaning soha er, soha erida turadilar. Tarbiyachi "Uchishga tayyorlaning!" deganda, qo’llarini tirsaklan bukib oldilarida aylantiradilar, ya’ni motorni ishga soladilar. "Uchinglar!" deganda qo’llarini yon tomonlariga uzatib, maydoncha bo’ylab tarqalib yuguradilar. "Qo’ning!" deganda samolyotlar to’xtab, erga qo’nadilar (bolalar bitta tizzalarini erga qo’yib cho’nqayadilar). O’yin 5-6 marta takrorlanadi. O’yinni bir o’z murakkablashtirish mumkin. Buning uchun bolalar 3-4 guruhga bo’linadi. "Kuning!" deganda, o’z joylarini topib turadilar, tarbiyachi qaysi guruh; samolyotlari birinchi bo’lib to’planganini ta’kidlaydi. O’yin kichiq va o’rta guruhlarga bo’lib o’tkazilsa, yaxshi bo’ladi. Kichkintoylarga bu o’yin qiyinlik qiladi.
"PUFAK"O’yinda bolalar doyra bo’lib goh keng, goh guj bo’lib turishga o’rgatiladi, berilgan buyruqqa mos harakat qilishga odatlantiradi. Bolalar tarbiyachi bilan birga qo’l ushlashib, kichkina doiracha yasab, birbirlariga yaqin turadilar. Tarbiyachi she’r aytadi. Pufaq pufaq aytaman: Shishib yana katta bo’l. Doimo shunday qol, Yorilmay qo’ya qol. Shundan keyin bolalar bir-birlarining qo’llarini qo’yib yubormasdan, orqaga yura boshlaydilar. Tarbiyachi: "Pufak yorilib ketdi", deyishi bilanoq, bolalar yurishdan to’xtab, qo’llarini tushirib, cho’nqayib o’tiradilar va "paq", "paq", deydilar. "Pufak yorilib ketdi", degan so’zlardan keyin bolalar qo’llarini qo’yib yubormasdan doira markazi tomon yurishni taklif qilish mumkin. Ular doira markaziga qarab "sh-sh-sh-sh" deydilar (havo chiqib ketadi). Keyin yana "pufak shishiriladi". O’yinda dastlab 6-8, keyin 15-16 ta bola ishtirok etadi. So’zlarni shoshilmasdan aniq, aytish, bolalarni tarbiyachi bilan so’zlarni takrorlashga jalb qilish lozim. Bolalarni maktabga aqliy tayyorlash ta’limdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga, ta’lim samaradorligini oshirishda muhim o’rin egallaydi. Aqliy tayyorgarlik o’quvchilarda ta’lim-tarbiya jarayonida bilish faoliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Darhahoqat shunday ekan, bolalarni maktabga, psixologik jihatdan tayyorligi shaxs ta’lim-tarbiyasi va kamoloti uchun muhim poydevor hisoblanadi. Pedagog psixologlarimiz bolalarni maktabga aqliy tayyorlashga psixologik, fiziologik, jismoniy tomondan har tomonlama rivojlantirsagina ta’lim jarayoniga qo’yilgan maqsadga erishiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish,ularning ruhiyati,shaxsiy qobiliyatlari,intilish va yehtiyojlarini qondirish,milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, mamlakatimiz mustaqilligi g’oyalariga sodiq holda voyaga yetib borishni ta’minlash,ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim- tarbiyasiga qo’yilgan davlat talablariga muvofiq maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalarni umumetuklik darajasida rivojlantirish jarayoni oldiga qo’yilgan maqsad vazifalarning bajarilishiga yerishish «Ilk qadan» o’quv dasturi asosida amalga oshiriladi. Har bir oila barkamol avlodni tarbiyalash uchun qayg’urishi lozim. Mamlakatimiz ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashning asosiy omili bo’lgan kadrlarni tayyorlash borasidagi yeng zarur tadbirlar tizimi belgilab berildi. Sog’lom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yo’nalishidir. Hech kimga sir emaski, Respublikamizda bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilinmagan 77 foiz bola bilan yuqorida ko’rsatilgan 33 foiz bolaning rivojlanish darajasi o’rtasida nomutonosiblik vujudga kelmoqda.Bunday nomutanosiblik,bolalar maktab ostonasiga qadam qo’ygan kundan boshlab,ularning rivojlanish darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. So’nggi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya mazmuni,shakli, vosita va usullarning yangilashga alohida ye’tibor berilmoqda. Davlat va jamiyat maktabgacha yoshda bo’lgan bolalarni yagona talab asosida rivojlantirish vazifasini qo’ydi.Shunga ko’ra maktabgacha yoshdagi bolalar
ta’lim-tarbiyasiga qo’yilgan davlat talablariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga integral tarzda ta’lim tarbiya berish maqsadida tayanch dasturlari taqdim yetilmoqda.Bu tayanch dasturlari bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb yetilmagan bolalarni har tomonlama rivojlantirish va yagona davlat talablari asosida maktabga tayyorlash imkonini beradi.Ta’lim-tarbiya jarayoni yakunida mustaqil fikrlaydigan,erkin,bilimli,bir so’z bilan aytganda barkamol shaxsni voyaga yetkazish asosiy maqsad qilib belgilanadi. Bu uzluksiz ta’lim tizimining ilk turi-maktabgacha ta’limga o’ziga xos yondoshuvni talab yetadi. Bola dunyoga kelgan kundan boshlab,davlat va jamiyat hamda ota-ona zimmasiga uni sog’lom,aqlli,xush xulqli qilib tarbiyalash vazifasi qo’yildi. Bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomila orqali,so’ng faoliyatlar,o’yinlar,bilim berish orqali amalga oshirilmoqda. Bola har doim buyumlar,hodisalar orasida bo’ladi. Doimo biror narsa bilan tanishadi,nimagadir quloq soladi,shu tarzda bola dunyoni anglaydi.Tevarak-atrof,buyum va narsalar bolalarning sezgi organlariga analizatorlarga ta’sir yetadi va sezgi hosil bo’ladi.Sezgi bolalarda ayrim xossalarni bilib olishga yordam beradi. Bolada aqliy malaka va ko’nikmalarni rivojlantirish ,eng oddiy faoliyat usullari,predmetlarini tekshirish,ulardagi muhim va muhim bo’lmagan belgilarni ajratib ko’rsatish,boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha yoshdagi bolalarda aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu ko’nikma,malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlarga bo’lib,bola bilimlarni chuqur yegallab olishiga yordam beradi. Pedagogika,psixologiya fanlari aqliy tarbiya vazifalarini samarali hal yetish birinchi navbatda bolaning imkoniyatlarini to’g’ri foydalanishni,ikkinchi tomondan bola organizmining charchashiga sabab bo’ladigan ortiqcha yuk bo’lmasligi kerak degan fikrni ilgari suradi.To’g’ri tashkil yetilgan faoliyat jarayonidagina to’laqonli aqliy rivojlanish ro’y beradi.Shu sababli pedagoglarning vazifasi muayyan maqsadni ko’zlab,tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish uchun kerakli sharoitni yaratish bolalarda aqliy sharoitni yaratish bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomala orqali so’ng faoliyatlar,bilim berish orqali amalga oshiriladi. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli kattadir.Bolalar bilimlarni yegallab olishlari,ularning aqliy faoliyatini rivojlantirish,aqliy malaka ko’nikmalarini yegallab olishlari.Ularning maktabda muvaffaqqiyatli o’qishlari uchun,bo’lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishida manba bo’lib xizmat qiladi.Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilar:
1.Bolalarda tabiat va jamiyat to’g’risidagi bilimlar sistemasini, ilmiy duyoqarashini shakllantirish.Bola tevarak atrofdagi narsalar,ularning vazifasi,sifati,xossalari haqida, qaysi materiallardan foydalanganligi, tayyorlanganligi to’g’risida aniq tasavvurga yega bo’lishi kerak.
2 Bilishga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish sezgi, idrok,xotira,hayol, tafakkur,nutq va boshqalar. Bilishga doir nutqni rivojlantirish aqliy tarbiyaning yerkin vazifasidir.
3. Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni, aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini, ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va ular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat.
4. Aqliy malaka va ko’nikmalarni rivojlantirish ya’ni oddiy faoliyat usullari, predmetlarni tekshirish ,ulardagi muhim va muhim bo’lmagan belgilarni ajratib ko’rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan iborat. O’simlik va hayvonlar bilan tanishish bo’yicha sistemali faoliyatlar olib borilgandan keyin bolalar o’simlik, yosh hayvonlar to’g’risidagi ma’lum bir tasavvurga yega bo’ladilar.So’ngra bolalardagi aqliy ko’nikma,malakalarni rivojlantirish maqsadida tarbiyachi bolalar bilan faoliyatlarni o’tkazishni rejalashtirish mumkin.Bular quyidagilar: “Sen ta’rifla,men topaman”.
Do'stlaringiz bilan baham: |