3 – topshiriq. Quyidagilarning tahliliy ma’lumotlari va izohlarini yozing. Ball talabani bilish darajasiga qarab aniqlanadi.
Mahmud ibn Valining “Bahr ul asror fi manoqib ul axyor” asarining tarixiy-manbaviy muhim jihatlari.
Mahmud Ibn Vali (taxminan 1595, Balx) — tarixchi, geograf olim, sayyoh.
Mahmud ibn Vali mashhur olim, tasawwuf namoyondasi Maxdumi Aʼzam avlodidan bʻolgan. Badavlat oilada tugilgan, yoshligida turli fanlardan saboq olgan. Hindiston, hozirgi Shri Lanka va Movarounnaxr boʻylab sayohat qilgan. Ensiklopedik tavsifdagi asosiy asari "Bahr ul-asror fi manoqib al-ahyar" ("Oliyjanob insonlar jasorati xususida sirlar dengizi") ("Geografiya") boʻlib, muallif uni yozishda arab geograflari (Ibn al-Faqih, Istaxriy, Ibn Havqal, Abu Dulaf, Ibn Fadlon, al-Gʻarnotiy, Yoqut Hamaviy, Dimishqiy), fors olimlari Zakariyo Qazviniy, Hamdulloh Qazviniy va boshqalar)ning asarlaridan foydalangan. Asarda dengiz, okean, dare, qir, togʻ, buloq, mashhur portlar (bandargoh), shaharlar, mamlakatlar va ular hududidagi tabiiy muhit, hayvonot olami, ajoyibotlar haqida bayon qilinadi.
M. ibn M. bundan tashqari, "Ravo’ix-i toyiba" ("Yoqimli hidlar"), "Muhabbatnoma", "Najmi saqib" ("Yorqin yulduz"), "Risolai bahoriya" ("Ba-hor haqida risola"), "Axloqi husayniy" ("Axloq husnlari") asarlarining muallifi. U 50 ming baytdan iborat katta devon tuzgan.
Bahr ul-asror fi manoqib ul-ahyor (“Olijanob kishilarning jasorati haqidagi sirlar dengizi”) nomli tarixiy-geografik asar, muallifi XVII asrda yashab oʻtgan balxlik yirik qomusiy olim Mahmud ibn Validir.
Uning otasi Mir Muhammad Vali asli fargʻonalik, kosonlik boʻlib, Shayboniylardan Pirmuhammadxon avval (1546—1567-yy.) davrida Balxga borib qolgan. U oʻqim ishli va keng m a’lumotli kishi boʻlib, asosan fiqh ilmida zamonasining peshqadam kishilardan hisoblangan.
Mahmud ibn Vali 1596-yili tug'ilgan. 19 yoshga borganda, ya’ni 1614-yili u yirik fiqh va hadis olimi Mirakshoh Husayniyning xizmatiga kiradi va qariyb oʻn yil undan saboq oladi.
Mahmud ibn Vali fanning juda ko‘p sohalarini, tarix, geografiya, ilmi nujum, ma’danshunoslik, botanika va boshqa sohalam i qamrab olgan “Bahr ul-asror fi manoqib ul-ahyor” yoki “Bahr ul-asror” nomli o‘ta qimmatli qomusiy asarini yaratdi. Bundan tashqari u qator ilmiy va badiiy asarlar yaratgan bo'lib, ular bizgacha yetib kelmagan.
1634—1640-yillar orasida yozilgan “Bahr ul-asror” asari mundarijasida ko'rsatilishicha, yetti jilddan iborat bo'lgan. Uning II—VII jildlari jahon tarixiga bag'ishlangan bo'lib, O'zbekiston va u bilan qoʻshni mamlakatlaming qadim zamonlardan to 1640-yilgacha kechgan tarixidan bahs yuritadi. Afsuski, bu muhim va qimmatli asarning faqat I va VI jildlarigina topilgan, xolos. Asarning birinchi jildida yetti iqlim m am lakatlarining, shuningdek, Oʻzbekistonning oʻrta asrlardagi shahar va viloyatlarining geograflk holati, xalqi va uning turm ush tarzi haqida qimmatli ma’lum otlar keltirilgan. “Bahr ul-asror” ning VI jildi alohida qimmatga ega. Unda XIII—XVII asrning birinchi yarmida Chigʻatoy ulusi, Oʻrta Osiyo, va Shimoliy Afgʻoniston tarixi keng va atroflicha yoritilgan.
2. Qо‘qon xonligida Muxammad Alixon hukmronligi faoliyatini tahlil qiling. Qo‘qon xonligining hududi Umarxonning o‘g‘li va vorisi Muhammad Alixon (Madalixon) davrida (1822—1841) ancha kengaydi. Qo‘qon qo‘shinlari Farg‘onaning janubida joylashgan, asosan, tojik o‘troq aholisi yashaydigan va o‘z hokimlari bo‘lgan Qorategin, Darboz va Ko‘lobga yurish qilib, bu yerlami egalladilar. Madalixon boshqamvining so‘nggi yillarida, Qo‘qon xonligida g‘alayonlar kuchaygan paytda, Madalining ko‘ngli tusagan ish121lami qila berishini qo‘llab-quwatlovchi odamlar ta’siriga tushib qolgan yosh xon o‘z marhum otasining eng obro‘li a’yonlarini ta’qib qila boshladi. Umarxon davrida xon hokimiyati bilan mahalliy zodagonlar o‘rtasida mustahkamlangan ittifoq buzila boshladi. Amaldorlaming ayrimlari surgun qilindi, ba’zilari qatl etildi, ba’zilari esa Buxoroga qochib ketishdi. Joylarida qolgan amaldoriar esa xon hokimiyatidan norozi bo‘lganlaming hammasini o‘z atroflariga yig‘ib, xonni taxtdan qulatishga tayyoriana boshladilar. Bulaming hammasi aholining barcha tabaqalarini Madaliga qarshi qilib qo‘ydi. Ruhoniylar xonni turii axloqsizlik va shariatga qarshi jinoyatlarda ayblab, unga qarshi ochiq targ‘ibot ohb borishdi. 1841-yilda Madalixon o‘z ukasi Sulton Mahmudxon foydasiga taxtdan voz kechdi. Xondan norozi bo‘lganlar unga qarshi ochiq kurashish uchun yetarli kuchga ega bolmay, o‘z elchilarini Buxoro amiri Nasrullo huzuriga yuborib, undan yordam so‘radilar. Amir Nasrullo 1842-yilda o‘z qo‘shinlarini Qo‘qonga qarshi safarbar etdi. Qo‘qon qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchradi. Madalixon o‘z a’yonlari bilan tutib olindi va Amir Nasrullo buymg‘iga binoan qatl etildi. Amir Nasrullo hatto Madalixonning onasi Nodirabegimga ham shafqat qilmadi
Do'stlaringiz bilan baham: |