3- MAVZU: XASHAROTLAR BIOLOGIYASI
Kerakli jihozlar: to’liq va chala metamorfoz yo’li bilan rivojlanuvchi hasharotlarning rivojlanish davrlarini aks ettiruvchi ko’rgazma rasmlar, turli yoshdagi tut ipak qurtlari, uning g’umbagi, kapalagi, tuxumlari, Petri kosachasi, qo’l lupasi, har xil yoshdagi chigirtkalar, qisqich, qaychi.
Tanishish ob’ekti: Osiyo chiigirtkasi – Locuta migratoria har xil yoshdagi chigirtkalar, tut ipak qurti – Bombyx mori ning har xil yoshdagi qurtlik, g’umbaklik, kapalaklik va tuxumlik davrlarini aks ettiruvchi ko’rgazma rasmlar, xo’l preparatlar.
Ishning tartibi. Bir xil turga kiruvchi chigirtkalarning har xil yoshdagi lichinkalarini, chigirtkaning erkak va urg’ochilarini alohida-alohida qilib Petri kosachasiga qo’ying, qo’l lupasi orqali erkak va urg’ochi chigirtkalarning jinsiy, kopulyativ a’zolari, tuxum qo’ygichlarini sinchiklab o’rganing. CHigirtka lichinkalarining qanotlari va oyoqlarini yoshlariga qarab rivojlanishini kuzating. Hasharotning chala rivojlanish davrini birma-bir kuzatib, tuxum, lichinka va imago davrlarini ko’rgazma rasmlardan foydalanib chizib oling.
Hasharotlar rivojlanish jarayonida yoki ontogenez davomida ikki davrni – tuxum ichida embrional rivojlanishni va tuxumdan chiqqanidan keyin postembrional rivojlanishni kechiradi. Umuman hasharotlar uch yoki to’rt fazani: tuxum, lichinka, g’umbak (hammasida emas) va ulg’aygan hasharotlik – (etuk zot) davrini o’tkazadi. Tuxumdan chiqqandan keyin, ya’ni postembrional davrini o’tgach, rivojlanayotganida bir faza boshqa fazaga aylanib boradi. Ontogenezning bunday xilini metamorfoz yoki bir fazadan ikkinchisiga aylanib rivojlanish deyiladi. Umuman, hasharotlar noto’liq va to’liq rivojlanadi. Noto’liq rivojlanganda hasharot ketma-ket tuxum, lichinka va etuk zot kabi uchta rivojlanish fazasini kechiradi. Hasharotlarning tuxumlari kattaligi va tashqi ko’rinishi jihatidan ham xilma-xildir. Tuxum ichida murtak rivojlanadi va lichinkaga aylanadi.
Tuxumdan chiqqan lichinka tashqi ko’rinishi jihatidan etuk zotga o’xshaydi. Lichinkalar oziqlanadi va o’sadi, shu bilan birga ular tullab, ya’ni terisini tashlab o’sadi. Lichinka rivojlanish davrida to’rt-besh marta (ba’zan ko’proq) tullaydi. Tullashlar o’rtasidagi davrni uning yoshi deyiladi (tuxumdan chiqqanidan birinchi tullashgachi bir yosh, birinchi tullashdan ikkinchisigacha ikkinchi yosh va hokazo). Lichinkalar tuxumdan qanotsiz chiqadi, keyin ularda qanotlarning boshlang’ich o’rni paydo bo’ladi, ular har galgi yoshida kattalasha boradi va hasharot jinsiy jihatdan etiladi va urchiy oladi. CHigirtka, qandala, o’simlik shiralari va boshqalar xuddi shu xilda rivojlanadigan odatda chuvalchangsimon lichinka chiqadi, uning og’iz tuzilishi kemirishga moslashgan, ulg’aygan hasharotnikiga butunlay o’xshamaydigan oddiy ko’zlari bo’ladi yoki bo’lmaydi.
Hasharotning rivojlanishidagi bu faza bir jihatdan zararli (o’simlikxo’r), boshqa jihatdan esa foydalidir (entomofaglar). Lichinkalar organizmda yog’ moddaning to’planishi turning hayotchanligini oshirish yoki pasayishida etakchi ahamiyatga ega.
5-rasm. Hasharotlar tuxumlari shakllari: 1 - chigirtkaniki, 2 - barg burgasiniki; 3 - qandalaniki, 4 - oq kapalakniki, 5 - tungi kapalakniki, 6 - bargxo’r qo’ng’izniki, 7 - karam pashshasiniki
Do'stlaringiz bilan baham: |