2.Temir yo’l transporti
Xalq xo’jaligida temir yo’l transportining yo’lovchilar hamda yuk tashishda salmog’i katta. Respublika temir yo’l transporti MDH doirasidagi qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda muhim o’rinda turadi. 1999 yilda respublikada xalq xo’jaligiga tegishli umumiy uzunligi 6,6 ming km, shu jumladan, umumiy foydalaniladigan qismining uzunligi 25 ming km, asosan sanoat korxonalariga tortilgan temir yo’l uzunligi 3,1 ming km ni tashkil etadi. 1994 yil noyabrda O’zbekiston Respublikasida joylashgan temir yo’l korxonalari va bo’linmalari, loyiha - konstruktorlik va boshqa tashkilotlari va muassasalari negizida «O’zbekiston temir yo’llari» davlat hissadorlik kompaniyasi tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi mamlakat mustaqilligi va iqtisodiyoti uchun ulkan ahamiyatga ega bo’lgan Xitoy, Koreya, Yaponiya, Eron, Turkiya va G’arbiy Yevropaning janubi bilan tutashtiradigan «TransOsiyo» magistrali (Istambul - Toshkent -Olma ota - Pekin) qurilishida ishtirok etmoqda.
«O’zbekiston temir yo’llari» 50 mingdan ortiq turli yuk vagoni va Germaniyada tayyorlangan refrijiratorlari, 1450 yo’lovchilar tashiladigan vagonga ega. Kompaniyaning temir yo’ldan foydalanishiga mas’ul bo’lgan Toshkent, Farg’ona, Buxoro, Orol bo’yi, Qarshi bo’limlari bor. 1999 yil umumiy foydalaniladigan temir yo’l transportida 46,2 mln.t yuk tashildi. 20 tonnali konteynerlar bilan yuk tashish respublikadagi 11 ta stantsiyada amalga oshirildi.
Tashiladigan yuklarning asosiy qismini qurilish materiallari, bulardan 21 % taxta, 3% neftь va neft mahsulotlari, 35 % g’alla, tsement, kimyoviy mahsulotlar va mineral o’g’itlar, ko’mir, sabzavot va boshqa xalq xo’jaligi yuklari tashkil etadi. 1999 yil temir yo’l transportida 14,4 mln. yo’lovchi tashildi. Yo’lovchilarga xizmat ko’rsatishda, ayniqsa, shaharlar atrofidagi qatnovda elektropoezdlardan tobora kengroq foydalanilmoqda.
O’zbekistonning yagona temir yo’l tarmog’ini vujudga keltirish bo’yicha Navoiy-Nukus yo’nalishlarida temir yo’lni qayta qurish va elektrlashtirish boshlandi. Urganch-Beruniy elektrlashtirilgan yangi temir yo’l qurilishi bu hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
Respublikada poezdlar harakatini boshqarish yagona dispetcherlik markazi mavjud bo’lgan Toshkentda amalga oshiriladi. Poezdlar harakatini boshqarish tizimlarida avtomatlashtirilgan xizmat ko’rsatadigan yuqori quvvatli axborot hisoblash markazi ishlab turibdi.
Yo’lovchi tashuvchi eng yuqori tezligi 100 km/soatni, yuk tashuvchi poezdlarning tezligi 80 km/soatni, stantsiyalararo yo’llarda yo’lovchilar tashuvchi poezdlar 60 km/soat, yuk tashuvchi poezdlari 35 km/soat tezlikda harakat qiladi. «O’zbekiston temir yo’l» kompaniyasining lokomotiv parki yangi turdagi teplovozlar, elektorovozlar, elektoropoezdlardan tashkil topgan. Yo’lovchilar tashiladigan va yuk vagonlarini ta’mirlash, temir - beton shpallar tayyorlanadi.
Toshkent, Xovos, Qo’qon, Andijon lokomotivlarini ta’mirlash o’zlashtirilgan. «O’ztemiryo’lta’mirlash» ishlab chiqarish birlashmasining bosh korxonasi Toshkent teplovozlarning zavod ta’miri hamda yo’lovchilar tashiladigan vagonlarning qayta ta’mirlanishi, Paxtaobod zavodida yopiq vagonlar, platformalar va yarim vagonlarni ta’mirlash amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |