to’shadi va har xil mikroorganizmlar yordamida parchalanadi. Bundan aerob mikroorganizmlar
katta ahamiyatga ega. Ular mikrobakteriyalar bo’lib, Cytohpaga avlodiga kiradi. Ular ko’plab
gung tarkibida uchraydi. Tsellyulozani parchalovchilarga Muxosossaseae, Archangiaceae,
Polyangiaceae oilasi avlodlari kiradi va ular har xil zonalar tuproqlarida keng tarqalgan.
Pseudomonas, Vibrio va Bacillus lapni ba‘zi turlari ham tsellyulozani parchalaydilar.
Aktinomitsetlardan
Streptomyces, Strepto sporangium, Micromonospora, zamburug’lardan
Fusarium, Verticillium, Aspergillus, Penicilliumlarni ko’rsatish mumkin.
Sellyulozaning anaerob parchalanishida Bacillaceae oilasiga
kiruvchi Clostridium avlodi
vakillari qatnashadilar.
Ular gungda, kompostlarda kulmak suvlarda uchraydi. Ular ph o’zgarishiga chidamli bo’lib,
har xil phli tuproqlarda ham uchraydi. Tipik vakili Clostridium omelianskii sellyulozani 30 —
40°S da parchalaydi, yo`g’on spora hosil qiladi, shuning uchun hujayra shishib baraban tayoqchasi
shaklini oladi.
Termofill vakillari ham bor. Ularga Cl. thermocellum kiradi. Optimal temperaturasi 60°S,
maksimumi esa 70°С. 40 —45°С da bu bakteriyalar yomon rivojlanadi.
Kavsh
qaytaruvchilarning
hazm
yulida
sellyulozani
anaerob
parchalovchilar
mikroorganizmlar bo’lib, ular sellyulozani glyukozagacha parchalaydilar, glyukoza sa bijg’ib
organik kislotalar (sirka, propion, sut, moy, chumoli, yantar va h.), spirtlar va gazlar (СO
2
, N
2
)
hosil qiladi.
Hayvon hazm sistemasidagi sellyuloza parchalovchilar sharsimon va tayoqchasimon shaklga
ega bakteriyalardir: masalan, Ruminococcus flavefaciens, R. albus, Ruminobacter parvum va
boshqalar shular jumlasidandir.
Sellyuloza polimer modda bo’lib, r —1,4 —glyukozid bog’ i orqali bog’langan
glyukoza
qoldiqlaridan iborat. Molekula massasi 140—10000. Sellyuloza molekulalari mitsellalarga
(to’tamlarga) birikkan bo’lib, har biri 40—60 molekulani uz ichiga oladi, uni parchalaydi. Avval
sellyuloza bir necha etaplarda (endo — va ekzoglyukonaza yoki S1 — faktor va Sx ferment)
ta‘sirida parchalanadi. Sellyuloza β — (1,4) — glikozid bog’
larini uzadi, natijada sellyuloza
sellobiozni disaharidga va bu o`z navbatida β — glyukozidaza fermenti ta‘sirida
glyukozaga
aylanadi.
Sellyulozaning aerob parchalanishida glyukozadan СO
2
va N
2
O hosil bo’ladi.
Bunda oz
miqdorda organik kislotalar ham hosil bo’lishi mumkin.
Anaerob parchalanganda, sellyulozaning birinchi mahsuloti glyukoza bijgiydi va ko’pgina
organik kislotalar, masalan, propion, moy kislotalari, etil spirti, sirka kislotasi, chumoli kislotasi,
karbonat angidridi va suv hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: