Yordamchi jarayonlar ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi va mahsulot ishlab chiqarishning asosiy jarayonini uzluksiz ta’minlaydi. Bularga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarishni asbob-uskuna bilan ta’minlash (shtamplar, modellar tayyorlash va ularni ta’mirlash, charxlar va tiklash), ta’mir bo‘yicha xizmat qilish (uskunalarni ta’mirlash, modernizatsiya va turli xil uskunalarga joriy xizmat qilish), turli xil energiya (elektr energiya, bug‘, havo va h.k.)lar bilan ishlab chiqarish uchun xizmat qilish.
Xizmat qilish jarayoniga korxonalarning moddiy-texnika ta’minoti, tayyor mahsulotni sotish, transport bilan xizmat qilish va hokazolar kiradi.
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish tamoyillari
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilishda quyidagi tamoyillarga amal qilish lozim:
ixtisoslashtirish;
mutanosiblik;
parallellik;
bir tekis, ketma-ket yo‘nalish;
uzluksizlik;
bir me’yoriyik;
avtomatlashganlik;
sinxronlash.
Bu tamoyillarning mohiyati quyidagilardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |