50
10
15
20
25
100
200
300
400
500
5
см
30
мг/л
1-rasm. Suv tarkibida mualliq zarrachalar miqdori oshishi bilan tiniqligining o‘zgarishi.
|
Ko’rsatkichlar
|
Tanlash nuqtasi
| | | |
Normasi
| | |
1
|
2
|
3
|
4
| |
1
|
pH
|
7
|
7,3
|
7,3
|
7,2
|
6,5-8,5
|
2
|
Azot(NO;;), mg/l
|
2,2
|
11
|
6,4
|
6
|
9
|
3
|
Xlorid mg/l
|
3,7
|
3,6
|
3,7
|
3,7
|
300
|
4
|
Qattiqligi [mol/l]
|
3,84
|
4,35
|
4,02
|
4,3
|
7
|
5
|
Neft maxsulotlari
|
-
|
-
|
-
|
Sledi
|
0,05
|
6
|
Kislorod aralashmasi mg/l
|
7,7
|
3,1
|
6,4
|
6,4
|
3
|
7
|
Tozalangan moddalar mg/l
|
15
|
24
|
33
|
20
|
|
8
|
Quruq qoldig’I mg/l
|
172
|
368
|
215
|
213
|
|
Muallaq dag‘al zarrchalarning suvdagi miqdori mg/l yoki g/m3larda o‘lchanadi. Muallaq zarrchalar oqar suvlar tarkibida ayniqsa bahor va yoz oylarida ko‘p bo‘lib, ularning miqdori suvning har litrida 500-800 milligramgacha bo‘ladi. Tabiiy suvlar tarkibida uchraydigan muallaq zarrachalarning o‘lchamlari (disperslik darajasi) har xil bo‘lishi sababli suv tozalash texnikasi sohasida zarrachalarning disperslik darajasini tavsiflash uchun gidravlik kattalik tushunchasi kiritilgan.
«Gidravlik kattalik» deganda har xil o‘lchamdagi muallaq zarrachalarning harorati 10OS bo‘lgan suvdagi cho‘kish tezligi tushuniladi va u kattalik mm/sm birligida o‘lchanadi.
1-jadvalda tabiiy suvlardagi muallaq zarrachalar o‘lchami va «gidravlik» kattaligiga qarab, qanday nomlanishi berilgan.
Tabiiy suvlardagi muallaq zarrachalarning o‘lchamlari va gidralik kattaliklari
O‘lchami,mm
|
Gidravlik kattaligi, mm/sm
|
Nomlanishi
|
1,0
|
100
|
Yirik qum
|
0,5
|
53
|
O‘rtacha yiriklikdagi qum
|
0,1
|
6,9
|
Mayda qum
|
0,05-0,027
|
1,7-0,5
|
Il
|
0,01-0,005
|
0,07-0,017
|
Mayda il
|
0,027
|
0,005
|
Loy
|
0,001-0,005
|
0,0007-0,00017
|
Mayda loy
|
0,0001
|
0,000007
|
Kolloid zarrachalar
|
Quruq qoldiq. Suvdagi organik va anorganik hamda kolloid birikmalarning umumiy miqdori bilan belgilanadi. Quruq qoldiq tarkibiga suvdagi erigan gazlar, 100o dan past haroratda parchalanadigan NSO-3 ioni va NH3 birikmasi kabi moddalar kirmaydi. Suvdagi quruq qoldiq miqdorini aniqlash uchun qog‘az filьtr orqali filьtrlangan suv (filьtrat)ni 110oS da bug‘lantirib, hosil bo‘lgan qoldiqni 110oS da doimiy og‘irlikda qolguncha quritgich pechlarda quritilib, so‘ng tortiladi.
Mineral qoldiq deganda, suv tarkibidagi barcha kationlar va anionlar hamda Al2 O3 , Fe2 O3, SiO2 kabi oksidlarning umumiy miqdori tushuniladi va mg/l, yoki g/t birligida o‘lchanadi. Mineral qoldiq miqdori quyidagicha ifodalanadi:
CCa2+ +CMg2+ +CNa2+ +CHCO-+ +CSO2-4 +CCl- +CNO-3 +CH2SiO3 +CAl2O3 + CFe2O3 mg/l. bu erda S-yuqoridagi ion va birikmalarning konsentratsiyasi, mg/l .
Umumiy qattiqlik. (QUM),suv tarkibidagi Sa2+ va Mg2+ kationlar birikmalarining umumiy konsentratsiyasi bilan tavsiflanadi. Suvning umumiy qattiqligi texnikada asosiy ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. SHu sababli suv qattiqligi IESlarida suv tozalash texnologiyasini belgilashda muhim rolь o‘ynaydi. Suvning umumiy qattiqligi /,Qum/: karbonatli (Qk) karbonatsiz /Knk/, magniyli /Qmd/ va kalьsiyli /Qsa/ qattiqliklarga bo‘linadi va har litridagi miqdori mg-ekv yoki g-ekv birligida o‘lchanadi. Karbonatli qattiqligi suvdagi Sa2+ va Mg2+ kationlarning karbonatli / va / hamda bikarbonatli / / birikmalari konsentratsiyasi bilan tavsiflanadi.
Karbonatsiz qattiqligi esa shu kationlarning suvdagi sulьfatli ( ), xloridli / /, nitratli / /hamda silikatli / / birikmalari konsentratsiyasi bilan tavsiflanadi. Suvning karbonatsiz qattiqligini topish uchun uning umumiy qattiqligidan karbonatli qattiqligi ayriladi. Qnk=Qum-Qk. Agar suvdagi bikorbanat ionlarining konsentratsiyasi umumiy qattiqligidan kichik bo‘lsa, karbonatli qattiqlik quyidagicha ifoda qilinadi.
bu erda suvdagi ionlarning konsentratsiyasi, mg/l, 61, 02- ning ekvivalent og‘irligi.
Kalsiyli va magniyli qattiqlik suvdagi kationlarining konsentratsiyasi bilan belgilanadi.
Bu kationlarning suvdagi mg/lda ifodalangan miqdorini mg.ekv/l da ifodalash uchun shu mg/l dagi qiymatini ularning ekvivalent og‘irligiga bo‘lish kerak.
bu erda CCa2+ va SMg2+ suvdagi va kationlarining konsentratsiyasi, mg/l, 20, 04; 12, 16 –kalьsiy va magniy kationlarining ekvivalent og‘irligi.
Agar 1 litr suv tarkibidagi kation va anionlarning mg-ekv miqdori quyidagi tartibda bo‘lsa, masalan:
CCa2+=3, CMg2+=1, CNa2+=1, CHCO-3=3, CSO2-4=1 va bunday suvlarda KYM=4, KHCO-3=3, KMg =1, Kk =3, KHK=2 mg-ekv bo‘ladi. Tabiiy suvlarda qattiqlik har xil miqdorda bo‘lganligi sababli ularni quyidagicha tavsiflash mumkin: agar suvning har litrida mg-ekv bo‘lsa, bunday suvlar yumshoq suvlar, mg-ekv oralig‘ida bo‘lsa, qattiqligi o‘rtacha, mg-ekv oralig‘ida bo‘lgan suvlarning qattiqligi o‘rtachadan yuqori va nihoyat mg-ekv bo‘lgan suvlar qattiqligi juda yuqori deb ataladi.
Suvning umumiy ishqoriyligi. /I/ tarkibidagi , ,SO , , ionlar va kuchsiz organik kislotalarning Na li birikmalari bilan tavsiflanadi. Masalan, suv tarkibida NaHCO3, Na2CO3, KHCO3, K2CO3, NaHSiO3, Na2HPO4 kabi birikmlar konsentratsiyasi qancha ko‘p bo‘lsa, uning umumiy ishqoriyligi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Suvning umumiy ishqoriyligi tarkibidagi ionlar turiga qarab, turlicha bo‘ladi. Gidratli ishqoriylik /I2/-suvdagi ON-, karbonatli ishqoriylik /Ik/-suvdagi NSO , silikatli ishqoriylik /Is/-suvdagi va SiO , fosfatli ishqoriylik /If/-suvdagi va RO3-4- anionlar konsentratsiyasi bilan tavsiflanadi. Bu anionlarning Na yoki Kli birikmalari suv ishqoriyligini oshirishga daxldordir, chunki ular suvda gidrolizlanishi natijasida NaOH yoki ON kabi kuchli ishqorlar hosil bo‘ladi.
NaHCO3 + H2O = NaOH + H2CO3
NaHSiO3 + H2O = NaOH + H2SiO3
KHCO3 + H2O = KOH + H2CO3
KHSiO3 + H2O = KOH + H2SiO3
NaH2PO4 + H2O = NaOH + H2PO4
Agar suvdagi va ionlarining umumiy yig‘indisi / / shu suvning umumiy qattiqligidan katta bo‘lsa, ya’ni / >Kum/ bunday suvlarda NaHCO3 va Na2CO3 birikmalari ko‘pligini bildiradi. Suvning umumiy qattiqligidan suvdagi va SO2- ionlar konsentratsiyasi ayirmasi suvning natriyli qattiqligini ko‘rsatadi. Suvning ishqoriyligi ham qattiqligi kabi mg-ekv/l yoki g-ekv/l birligida o‘lchanadi.
Suvning oksidlanishi. Suvdagi organik hamda oson oksidlanadigan K2SO3, H2S va HNO2 kabi anorganik moddalarning miqdori bilan tavsiflanadi. Oksidlanish suvning shartli ifodasi bo‘lib, suvning bu xususiyatini aniqlashda kuchli oksidlovchi moddalar masalan, kaliy permanganat /KMpO4/, kaliy bixromat /K2Sr2O7/ va kaliy yodat /KaJO4/ eritmalari ishlatiladi. Suvning oksidlanishi 1 litr suvdagi oksidlanuvchi moddalarni oksidlash uchun sarflangan oksidlovchi moddalar miqdori bilan aniqlanadi va mg/l O2 birligida ifoda qilinadi. KMpO4 eritmasi bilan asosan suv tarkibidagi oson oksidlanadigan anorganik birikmalarning miqdorini aniqlash mumkin. Masalan, KMpO4 eritmasi ta’sirida suvdagi K2SO3 birikmasining oksidlanish reaksiyasi quyidagicha yoziladi:
2 KMnO4 + 3H2SO4 + 5K2SO3 6K2SO4 + 2MnSO4 + +3H2O
KJO4 eritmasi bilan asosan suv tarkibidagi qiyinroq oksidlanadigan organik birikmalarning miqdori aniqlanadi. Masalan, bu eritma ta’sirida suv tarkibidagi sirka kislotasining /SN3SOON/ oksidlanish reaksiyasi quyidagicha yoziladi:
8 KJO4+5CH3COOH+4H2SO4 4K2SO4+4J2+10CO2+14H2O
Suv tarkibidagi har xil organik va anorganik oksidlanuvchi moddalarning oksidlanishi uchun har xil miqdorda kislorod sarflanishi, hamda kislorod suvdagi barcha oksidlanuvchi moddalarning oksidlanishiga ayni bir vaqtda bir xil ta’sir etishi sababli sarflangan kislorod miqdori bilan suv tarkibidagi barcha oksidlanuvchi moddalarning umumiy miqdorini aniqlash mumkin.
DARS TUGADI! SAVOLLAR BO’LSA MARHAMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |