oshirish va raqobatbardoshligini ta’minlashning asosiy shartlaridan biri bo‘lib
hisoblanadi.
13) Metrologlarni tizimli ravishda malakasini oshirish:
- yangi olib kelingan o‘lchash vositalari bilan ishlash, qiyoslash va kalibrlar
usullarini o‘zlashtirishi;
- “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunni, kasbiga aloqador qonunchilik
hujjatlarini, metrologiya bo‘yicha yangi me’yoriy hujjatlarni o‘rganish;
- SMSITI va boshqa etakchi metrologik institutlar o‘tkazayotgan
turli xl
seminarlarga, qayta tayyorlash kurslariga ishtirok etishi;
- metrologiya bo‘yicha olimpiada, tanlovlarga ishtirok etishi;
- metrologiya bo‘yicha davriy nashrlarni o‘rganishi lozim.
14) YAngi axborotlarni paydo bo‘lishi bilan avtomatik yangilanadigan va
axborotlarni qidirish ta’minlangan
tizimlaridan, elektron ma’lumotlar bazalaridan
faol foydalanish:
- Davlat reestriga kiritilgan o‘lchash vositlarining
texnik tavsiflari va
foydalanish to‘g‘risida;
- davlat metrologik xizmatlari va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari
o‘tkazadigan qiyoslash va ta’mirlash ishlari to‘g‘risida;
- metrologiya sohasidagi me’yoriy va ma’lumot hujjatlari to‘g‘risida;
- yuqori aniqlikdagi qurilmalar va etalonlar to‘g‘risida;
- ishlab chiqarilayotgan asboblarning elektron katologi to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni bilan ta’minlagan axborot tizimlari bo‘lishi lozim.
15) Boshqa bo‘linmalardagi (konsrtruktorlik, texnologik,
ishlab chiqarish,
sinov bo‘limlari) mutaxassislarning metrologiya sohasidagi bilimlarini oshirish
bo‘yicha chora-tadbirlar.
Konstruktorlik va texnologik hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazishda
bitta va aynan shu xatolik (me’yoriy hujjatlar
va atamalarni nomlanishi, kattalik
birliklarini noaniq tarjima qilish, kattalikning miqdoriy qiymatini va uning xatoligini
noto‘g‘ri yozish, o‘lchash topshiriqlarini bajarish uchun o‘lchash
vositasini yoki
usulini noto‘g‘ri tanlash, etarli bo‘lmagan axborotlar va boshqalar) qaytariladi.
Buning uchun kelgusida xatolar yana qaytarilmasiligi uchun yo‘l qo‘ilgan
xatoliklarni tahlili va tizimlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘tkazish hamda
boshqa bo‘limalarning mutaxassislarini metrologiya bo‘yicha bilimi oshirish lozim.
Buning uchun turli xil ish usullaridan foydalanish mumkin, bular quyidagilar:
- korxonaning Sifat bo‘yicha doimiy faoliyatdagi
komissiyasining
yig‘ilishlarida ushbu masalalarni muhokama qilish;
- texnikaviy hujjatlarda doim uchraydigan xatolar va noaniqliklarni tarkibi
ro‘yxati va tahlili bo‘yicha “Xizmat xatilar”ni chiqarish;
- foydali ma’lumotlardan tarkib topgan “Eslatma”larni
rasmiylashtirish,
masalan, “O‘lchash natijalari xatoligini baholash miqdoriy yaxlitlash va hisoblash
qoidalari”, “Sonlarni yozish qoidalari” bo‘yicha rasmiy hujjtlar;
- korxona mutaxassislarining metrologiya bo‘yicha bilimlarini oshirishga
yo‘naltirilgan korxona standartlarini ishlab chiqish.
16) Korxona metrologik xizmati hududiy standartlashtirish
va metrologiya
xizmatlar ko‘rsatish markazlari (XSMM) va boshqa tashkilotlarning metrologik
xizmatlari bilan o‘zaro faoliyatlarni yo‘lga qo‘yish.
Bunday hamkorliklar ishlab chiqarish metrologik ta’minotini yuzaga keluvchi
metrologik muammolarni hal etishda tajriba almashish va o‘zaro yordam hisobida
yaxshilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: