3 – Laboratoriya mashg’uloti
Mavzu: Visual C++ da takrorlanuvchi dasturlar tuzish. for operatori
Ishning maqsadi: Talabalarni
Visual C++ muhiti bilan tanishtirish;
Visual C++ muhitida konsol ilovalar yaratishni o`rgatish;
Visual C++ muhitida takrorlanuvchi dasturlar tuzish;
Visual C++ muhitida for operatori bilan ishlashga o`rgatish;
Visual C++ muhitida oddiy dasturlar yaratish, uni kompilyatsiya qilish, ishlatish hamda ularda amaliy koʻnikmalar hosil qilish.
3.2 Masalaning qo‘yilishi:
Visual C++ muhitida konsol ilova yasang;
Visual C++ muhitida oddiy dastur yarating;
Masalani for operatoridan foydalanib dasturini tuzing;
3.3 Vazifani bajarish usuli
3.3.1 Visual С++ da konsol dasturni yaratish
Yangi proyektni yaratish uchun quyidagi komandalar ketma ketligini bajarish kerak bo`ladi:
File –> New Project;
Hosil bo`lgan dialog oynasida Visual C++ -> CLR -> CLR Console Application tanlanadi;
Name proyekt nomi yoziladi;
Location maydonida proyekt saqlanadigan katalog nomi ko`rsatiladi, Masalan: D:\dastur\lab5
Ok tugmasi bosiladi.
Birinchi qadamdan keyinoq Finish tugmasini bosish yetarli.
3.3.2 Umumiy ma’lumotlar
Takrorlanuvchi dasturlarni for operatoridan foydalib tuzishda quyidagi ma’lumotlarga tayanish muhim ahamiyatga ega:
sikllarni tashkil etishda takrorlanishning boshlang`ich qiymati, qadami, va yuqori chegarasi ma’lum b`olgan hollarda for takrorlash operatoridan foydalaniladi;
sikldagi takrorlanishlar soni uning boshlang`ich qiymati, sikl qadami va yuqori chegarasiga bog`liq;
hisoblagich o`zgaruvchisi butun (int) tipida bo`lishi kerak, uni sikl tashkil etilganda e’lon qilib ishlatish ham mumkin.
3.3.3 Ishning bajarilishiga misol
Masala. 2 ning 0-dan 1-darajasiga bo`lgan qiymatlarni jadval shaklida chop etuvchi dastur tuzilsin.
#include "stdafx.h"
#include "iostream"
#include "CMath"
using namespace std;
int main(array ^args)
{
int i;
cout << "Darajasi| Qiymati" << endl;
cout << "-----------------" << endl;
for (i=0;i<=10;i++) {
cout.width(8);
cout << i << "|" << pow(2,i) << endl;
}
cout << "-----------------" << endl;
system("pause");
return 0;
}
3.4 Topshiriqlar
ism familiyangizni 10 marta chop etish dasturi tuzilsin.
birinchi 10 ta sonning kvadratlarini chop etish dasturini tuzing.
birinchi 5 ta toq sonning kublarini chop etish dasturini tuzing.
birinchi n ta sonning yi`g`indisini hisoblash dasturi tuzilsin.
birinchi n ta juft sonlar yi`g`indisini hisoblash dasturi tuzilsin.
birinchi n ta toq sonlar o`rta arifmetigini hisoblash dasturi tuzilsin.
ni hisoblash dasturi tuzilsin.
ni hisoblash dasturi tuzilsin.
1!, 2!, … n! ni hisoblash va chop etish dasturi tuzilsin.
у=-2,4x2+5x-3 ni -2 dan 2 gacha oraliqda 0,5 qadam bilan hisoblash dasturi tuzilsin.
n ta sonni kiritish va ularning o`rta arifmetigini hisoblash dasturi tuzilsin.
1 kg mahsulotning narxi a so`m. 1kg, 2kg, … 10kg ning narxini chop etish dasturi tuzilsin.
y=|x| funksiya qiymatini -4 dan 4 gacha bo`lgan sonlarni 0.5 qadam bilan chop etish dasturi tuzilsin.
y=|x-2| + |x+1| funksiya qiymatini -4 dan 4 gacha bo`lgan sonlarni 0.5 qadam bilan chop etish dasturi tuzilsin.
ni n gacha hisoblash dasturi tuzilsin.
funksiya qiymatini [0..2] oraliqdaa 0,2 qadam bilan hisoblash dasturi tuzilsin.
a va n sonlari berilgan. Quyidagi yig`indini hisoblash dasturi tuzilsin: .
a va n sonlari berilgan. Quyidagi yig`indini hisoblash dasturi tuzilsin: .
n butun soni berilgan. Quyidagi yig`indini hisoblash dasturi tuzilsin:
x haqiqiy va n butun sonlari berilgan. Quyidagi yig`indini hisoblash dasturi tuzilsin:
x haqiqiy va n butun sonlari berilgan. Quyidagi yig`indini hisoblash dasturi tuzilsin:
x haqiqiy va n butun sonlari berilgan. Quyidagi yig`indini hisoblash dasturi tuzilsin: 1
x haqiqiy va n butun sonlari berilgan. Quyidagi yig`indini hisoblash dasturi tuzilsin: x
x haqiqiy va n butun sonlari berilgan. Quyidagi yig`indini hisoblash dasturi tuzilsin: x
n soni berilgan. f1=1 va f2=1 ga teng. fk=fk-2+fk-1 formula orqali f ning qiymatlarini chop etish dasturi tuzilsin.
n soni berilgan. a1=1 va a2=2 ga teng. ak=ak-2+2ak-1 formula orqali a ning qiymatlarini chop etish dasturi tuzilsin.
n soni berilgan. a1=1 va a2=2 ga teng. ak= formula orqali a ning qiymatlarini chop etish dasturi tuzilsin.
n va k butun sonlari berilgan. ni hisoblash va chop etish dasturi tuzilsin.
n butun soni berilgan. ni hisoblash va chop etish dasturi tuzilsin.
n va k butun sonlari berilgan. ni hisoblash va chop etish dasturi tuzilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |