3 -laboratoriya ishi mavzu: gaz bilan payvandlash jarayonini o‘rganish



Download 11,55 Kb.
Sana05.07.2022
Hajmi11,55 Kb.
#743053
Bog'liq
3-laboratoriya mashg'uloti

3 -LABORATORIYA ISHI

MAVZU:GAZ BILAN PAYVANDLASh JARAYoNINI O‘RGANISh


Ishdan maqsad: Gaz bilan payvandlash jarayonini o‘rganish.
Metallarni gaz bilan payvandlashda elektr yoy va payvandlanuvchi metallarni payvandlash joylari inert (argon, geliy) yoki aktiv gaz­lar (karbonat angidrid, vodorod) muhitida bo‘lib, ular havo tarkibi­dagi molekular O2, N3 va boshqa zararli gazlardan chok metallni ximoyalab. sifatli choklar olinadi. Ayniqsa, ish unumining yuqoriligi, turli fazoviy choklar bostirilishi, flyusni talab etmay, termik ta’sir zonasining kichikligi, chok tozaligi va boshqa afzalliklari bi­lan boshqa usullardan farq qiladi. Shu boisdan bu usuldan mashinasozlikda, priborsozlikda va boshqa soxalarda qalinligi 0,1 — 100 mm gacha bo‘lgan kam uglerodli, kam va ko‘p legirlangan (masalan, zanglamaydigan, olovbardosh va boshqa) po‘latlarni, shuningdek, Al, Mg, Ti, Ni, Mo va boshqa elementlar va ular asosida olingan qotishmalarni payvandlashda keng foydalaniladi.
Bu usul metall elektrod hiliga, himoya gazlar turiga, himoyalash usuliga, yoyning yonish xarakteriga va mexanizatsiyalashtirilgan darajasiga ko‘ra farq qiladi. Metallarni gaz bilan payvandlashda issiqlik manbai sifatida yonuvchi gazlar (asetilen, vodorod, tabiiy gaz va boshqalar) ning ma’­lum nisbatda kislorod bilan gorelka deb ataluvchi asbobda tayyorlan­gan aralashmasi xavoda yondirilganda olingan alangadan foydalanila­di

3.1. rasm. o‘rta bosimda ishlaydigan ACM- 1,25 markali asetilen generatori:
1— yuvgich kismi; 2— gaz xosil etish kismi; 3 — taglik; 4 — korzina; 5-qopkoq; 6 — vint; 7—richag; 8 — trubka; 9 — shaxta; 10 — stakan; 11— nazorat krani; 12-13— chiqinlilar chiqaradigan shtuserlar probkasi; 14 — teshikli tarelka; 15— ehtiyot klapani; 16— shlang; 17— suv qulfi; manometr; 19— ko‘tarish dastasi; 20— nazorat krani; 21 — shtok; 22— shtuser; 23— gayka; 24— ehtiyot to‘r; 25 — siquvchi halqa; 27— membrana; 28— fibra prokladka; 29— rezina prokladka; 30— rezina proklatkalar oralig‘idagi to‘r.

Bu usul elektr manbai talab etmasligini, uskunalarning murakkab emasligini, alanga quvvatining oson rostlanishi, payvandlash joylarining tekis qizdirilishi, fazoda bostirilayotgan choklarining kuzatilishi kabi afzalliklari bilan birga ayrim kamchiliklari, jumladan, elektr yoyli payvandlashga qaraganda issiqlik ta’siri zonasining kengligi, chok puxtaligining pastroqdagi, jarayonni mexanizatsiyalash qiyinligi, payvandlanuvchi metallarning qalinligi ortgan sari ish unumdorligining pasayishi kabilarga qaramay, amal­da asosan qalinligi 0,2—6 mm gacha va ba’zan undan ortiq bo‘lgan po‘latlarni, cho‘yanlarni. rangli metall va ular qotishmalarini payvandlashda, ta’mirlash ishlarida, kesishda va boshqa ishlarni bajarishda foydalaniladi. Asetilen (S3N3). Bu gaz normal sharoitda rangsiz bo‘lib, kuchsiz efir xidiga ega. 0,2 MPa bosimdagi bu gaz 500—600°S temperaturada o‘z-o‘zidan alangalanadi, lekin bosim ortgan sari alangalash tempera­turasi pasayadi. Masalan, 2,2MPa bosimda alangalanish temperaturasi 350°S bo‘la­di.


Normal sharoitda bir xajm asetonda 20 xajmgacha asetilen eriy­di. Bosim ortishida, temperatura pasayishida uning eruvchanligi ortadi. Shuning uchun xam u aseton shimdirilgan g‘ovak massali pista ko‘mir bilan to‘ldirilgan po‘lat ballonlarda 1,9 MPa bosimda iste’molchiga yuboriladi Bu ballonlarda asetilen me’yordagi temperatura­da va bosimda (5 m3 yaqin) bo‘ladi.Ballonlar oq rangga bo‘yalib, sirtiga qizil rangda «Asetilen» deb yozib quyiladi. Shuni qayd etish joizki, texnik aietilenda qo‘shim­chalar (ammiak, fosforli vodorod va boshqalar) bo‘lib, uning sifatiga putur yetkazadi. Asetilenni kalsiy karbid (SaS3) dan olish apparatiga asetilen generator deb ataladi. Generatorlar ish unumi, gaz bosimi, ishlash prinsipiga ko‘ra tasniflanadi (GOST 5190-78).
Payvandlash gorelkalari. Yonuvchi gazlarni ma’lum nisbatda kislorod bilan aralashtirib, barqaror gaz alanga olishiga xizmat etuvchi asbobga gorelka deyiladi. GOST 1077-19 ga binoan gorelkalar konstruksiyasiga, foydalaniladigan gazlar xiliga, ishlatilishiga va alan­ga quvvatiga ko‘ra ajraladi. Gorelka konstruksiyasiga ko‘ra injektorli va injektorsiz xiliga ajraladi. Amalda ko‘proq ishlatiladi­gan gorelkalar injektorli gorelkalar bo‘lib, ularning kichik bosimda (0,01-0,02 MPa), o‘rta va yuqori bosimda (0,01-0,1 MPa) ishlovchi markalari bor.

3.2-rasm. Payvandlash gorelkalari:
a — injektorli gorelka: /, 2—trubka; 3, 4— ventil; 5 — injektor; 6 — aralashtirish kamerasi; 7—trubka; 8— mundshtuk; 6 — injsktorsme gorelka: 1,2 — trubka; 3— ventil; 4 — aralashtirish kamerasi; 5 — trubka; b—mundshtuk
3.2-rasm, a da injektorli gorelkaning sxemasi keltirilgan. Uni ishga tushirish uchun avval kislorod ventili 3, keyin asetilen ven­tili 4 ochiladi. Bunda kislorod kanal 1 orqali kirib, injektor 5 ning konusli teshigidan katta tezlikda (-300 m/s) chiqishda kanal 2 dan kelayotgan asetilenni so‘rib, kamera 6 da aralashib, mundshtuk yondirilsa, alanga hosil bo‘ladi. Alangani zaruriyatga ko‘ra rostlashda kislorod ventili 3 va asetilen ventili 4 dan foydalaniladi. Injektorli gorelkalarning G2-04; G3-03; G4 hillari bor bo‘lib, turli qalinlikdagi metallarni payvandlashda foydalaniladi va ularning alanga kuvvatini rostlash uchun uchliklar qo‘shib beriladi.
Bajarilgan ish xaqida xisobot tuzing.
Xisobot mazmuni.
- Xisobotda quyidagilarni yoriting:
Ishning maqsadi
Gaz payvandlashning mohiyati va texnologiyasi.
Metallarni gazda payvandlashda foydalaniladigan gazlar va materiallar
Nazorat savollari
Gazda payvandlash texnologiyasini tushuntirib bering.
Gazda payvandlash jixozlari va materiallari.
Gaz payvandlashga tayyorgarlik tartibi xaqida aytib bering.
Download 11,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish