Standartlashtirish deganda mavjud yoki bo‘lajak aniq masalalarga nisbatan umumiy va ko‘p marta tatbiq etiladigan talablarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-texnikaviy faoliyat tushuniladi. Bu faoliyat standartlarni va texnikaviy talablarni ishlab chiqishda, nashr etishda va tatbiq qilishda namoyon bo‘ladi. Standartlashtirishning muhim natijalari odatda mahsulot, jarayon va xizmatlarning belgilangan vazifaga mos kelishi, savdodagi g‘ovlarni bartaraf qilish hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlikka ko‘maklashishda namoyon bo‘ladi.
Standartlashtirish maqsadlari ko‘p qirrali bo‘lib, ular asosan quyidagilardan iborat: birxillashtirish (har xillikni boshqarish), bir turga keltirish, moslashuvchanlik, o‘zaroalmashuvchanlik, sog‘liqni saqlash, xavfsizlikni ta’minlash, tashqi-muhitni asrash, mahsulotni himoyalash, savdodagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash va boshqalar. To‘g‘ri yondoshilgan standartlashtirish borasida bir maqsadning amalga oshishida bir vaqtda boshqa maqsadlarning ham amalga oshishi mumkin.
Respublikamizda standartlashtirish jarayoni 3 bosqichdan iborat:
atamalarni standartlashtirish;
o‘lchovlarni, o‘lchash va sinov uskunalarini va ularni konstruksiyaga va mahsulot texnologiyasiga bog‘lab standartlashtirish;
mahsulotning o‘zini standartlashtirish.
Standartlashtirish usullari - standartlashtirish maqsadiga erishishda qo‘llaniladigan usul yoki usullar majmuasi.
Standartlashtirish ob’ektlarini tartiblashtirish mahsulot, xizmat va jarayonlarni standartlashtirish sohasidagi universal usul. Tartiblashtirish bu har xillikni boshqarish bo‘lib, harxillikni qisqartirish bilan bog‘liq.
Tartiblashtirish universal usul sifatida alohida usullardan tashkil topgan.
Bular: tizimlashtirish, seleksiyalash, simplifikatsiyalash, turlashtirish va optimallashtirish.
Standartlashtirish ob’ektlarini tizimlashtirish - bu standartlashtirishning konkret ob’ektlari majmuasini ketma-ket, ilmiy asosda klassifikatsiyalash va joylashtirishdir. Bunga tovar mahsulotlarini tizimlashtiradigan Umumdavlat klassifikatori – O’zDT, Tarmoq klassifikatori – TT ni misol qilish mumkin.
Standartlashtirish ob’ektlarini seleksiyalash - ishlab chiqarilishi maqsadga muvofiq bo‘lgan konkret ob’ektlarni tanlash bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatdir.
Simplifikatsiyalash - ishlab chiqarilishi maqsadga muvofiq bo‘lmagan konkret ob’ektlarni tanlash bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatdir. Seleksiyalash va simplifikatsiyalash jarayonlari parallel ravishda olib boriladi.
Standarlashtirish ob’ektlarini namunaviylashtirish - namunaviy ob’ektlarni - konstruksiyalar, texnologik qoidalar, hujjatlashtirish formalarini yaratish bo‘yicha faoliyat.
Standart ob’ektlarini optimallashtirish - eng maqbul asosiy parametrlarini va boshqa iqtisodiy va sifat ko‘rsatkichlari qiymatini topishdan iborat.
Parametrik standartarlashtirish. Mahsulot parametri bu mahsulot xususiyatining miqdoriy tavsifi. Eng muhim parametrlardan biri bu mahsulotni nimaga mo‘ljallanganligi va uni ishlatish sharoitlaridir.
Shakl, og‘irlik, samaradorlik, energetik parametrlari bunga misol bo‘ladi.
Mahsulotni birxillashtirish. Bu mahsulotdagi detallar turlari, agregatlar sonini oqilona kamaytirish.
Nazorat savollar: Standartlashtirish usullari deganda nimani tushunasiz?