3 – Amaliy ish. Android ilovalarida jarayonlar (activities) va hodislar (intents). Bir nechta jarayonlardan (activities) foydalanish.
Ishdan maqsad: Android ilovalarini yaratishda activity lardan foydalanish. Asosiy Java (activity) fayllar va layout (xml) lar strukturasi va ularni o‘zgartirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish, bir va bir nechta activity va layout larni bir – biriga bog‘lash.
Android operatsion tizimida dastur tuzish jarayonida ma`lumotlar yaxlitligi va ishonchligi himoyasini oshirish uchun Eclipse dasturlash muhitini o`rnatish jarayonida dasturlar uchun alohida fayl yaratish so`raladi va dasturlash muhitida tuzulgan va tuzulayotgan dasturlar shu faylda saqlab boriladi. Har bir dastur fayli alohida bo`lib, bu fayl ham o`z navbatida ichidagi saqlanadigan ma`lumotlar turiga qarab bir necha, fayllarga bo`linadi.
8-rasm. Eclipse dasturlash muhiti “Package Explorer” oynasi
4-rasmdagi ―Package Explorer‖ oynasida bir dastur fayllari ko`rsatilgan bo`lib, bular:
ResUz – Android Project nomi, dasturning asosiy fayllari saqlanadigan fayl nomi ham avtomatik tarzda shunday nomlanadi;
src – bu fayl ichida dasturda ishlatiladigan asosiy .java classlar saqlanadi. Bu classlar ―Package name‖ box sida ozgan uch qismli paketi ichma ich joylashgan qismida ochiladi;
gen – ya`ni Generated Java Files, biz dasturda foydalangan vosita va komponentalarmizni o`zida id orqali saqlab olib, biz murojaat qilganda chaqiradigan asosiy R.java fayli saqlqnqdi;
Android2.2 – bu faylda dastur API darajalarining paketlar jamlanmasi saqlanadi va widjetlar orqali murojaatni amalga oshiradi;
Android da XML – lug‘atdan foydalangan holda foydalanuvchi interfeysi hamda ekran elementlarini loyihalash mumkin. Bunda ham HTML Web-sahifa yaratish usullari qo‘llaniladi.
Har bir HML fayli View yoki ViewGroup obyekti bo‘lgan 1 ta asosiy element saqlaydi. Asosiy element aniqlangach, unga qo‘shimcha elementlar yoki vidjetlar qo‘shish mumkin. Bu elementlarni esa o‘z navbatida doimiy ravishda tahrirlash mumkin. Misol:
Ushbu misolda 1 ta asosiy element, ya‘ni va o‘z atributlariga ega bo‘lgan 1 ta ost element hisoblangan , ya‘ni matnli maydon mavjud.
xmlns:android – Android muhitida umumiy atributlarni XML da e‘lon qilish . Har bir fayldagi asosiy element o‘zida quyidagi qiymatli atributni saqlashi lozim:
http://schemas.android.com/apk/res/android
android: layout_width Ushbu atribut ekran uchun ruxsat etilgan kenglini ifodalaydi. Yuqoridagi misolda TextView yagona obyekt bo‘lganligi uchun ham uni butun ekran bo‘ylab cho‘zish mumkin. Shuning uchun ham uning qiymati "fill_parent" ni tashkil etadi.