2b-kurs geografiya yo’nalishi talabasi o'rozboyev og'abekning o’zbekiston geografiyasi fanidan



Download 42,4 Kb.
bet7/7
Sana18.04.2022
Hajmi42,4 Kb.
#561890
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ogʻabek Oʻrazbayev Kurs ishi

I.6. Infratuzilma
Ishlab chiqarishni hududiy joylashtirishda iste‘molchi omili katta ahamiyatga ega. Aholi faqat ishchi kuchi emas, balki u eng avvalo iste‘molchi hamdir. Bu omilning roli esa hozirgi kunda, xalqning yashash sharoiti va darajasini yaxshilash doirasida keskin oshib borishi bilan bog’liqdir. Ijtimoiy qiyinchiliklarga barham berish alohida kerak bo’lgan oziq - ovqat, kiyim - kechak va uning boshqa ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlarni yetarli miqyosda ishlab chiqarishni taqozo etadi. Shu sababli iste‘mol omili oziq - ovqat korxonalarini o’ziga «tortadi», ya‘ni bunday zavod yoki fabrikalar bevosita aholi yashovchi maskanlarda joylashtiriladi.
Iste‘mol omili faqat xalq ehtiyoji bilan belgilanmaydi. Ishlab chiqarishning o’zining talabi, boshqa xil maxsulotlarning keng miqdorda sarflanishi, ularning transportda keltirishning noqulayligi ham bunday korxonalarni iste‘mol rayonlarida qurilishini nazarda tutadi. Masalan, qishloq xo’jalik mashinasozligi o’sha mintaqaning ishlab chiqarish ixtisoslashuviga muvofiq shu yerda rivojlanishi zarur.Umuman, qaysi rayon nimaga ixtisoslashsa shunga mos mashinasozlik tarmog’i bu yerda yaxshi rivojlangan bo’lishi qonuniy bir holdir. O’zbekistonda paxta teruvchi, Belorussiyada - kartoshka, Ukrainada qand lavlagi, Shimoliy Kavkaz va Volga bo’yicha g’alla yig’uvchi, Qirg’izistonda pichan taxlovchi, Gruziyada choy teruvchi mashinalarni ishlab chiqarish bunga yaqqol misol bo’la oladi. Huddi shunday, rayonlarni ma‘lum yuqori sanoat tarmoqlariga ixtisoslashuvi o’sha sohalarga tegishli mashina, asbob - uskuna, jihozlar ishlab chiqarilishini talab etadi. Chunonchi, Uralda metallurgiya sanoati uchun, Bokuda - neft, Donbassda - ko’mir, Petrozavodskda - o’rmon, O’zbekistonda to’qimachilik mashinasozligi rivojlangan. Shuningdek boshqa sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlarini ham aholi yashab turgan joylarda joylashtirish maqsadga muvofiq, yoki: neftni keltirib, undan benzin, kerosin, mazut va shunga o’xshash qator mahsulotlarni olish, kimyo sanoatini rivojlantirish va boshqalar.
Go’sht sanoatini joylashtirish ham o’ziga xos xususiyatga ega. Bu sanoat bevosita chorvachilik rayonlarida rivojlantirilsa, unda iste‘molchiga faqat muzlatilgan go’sht keltiriladi. Bunday go’shtdan esa kolbasa, konserva va boshqa go’sht mahsulotlarini ishlab chiqarib bo’lmaydi. Agar go’sht sanoati iste‘mol rayonlarida joylashtirilsa - maqsaga muvofiq bo’ladi. Transport omili Ishlab chiqarishni joylashtirishda juda muhim, chunki u ishlab chiqarishning bevosita davom ettiruvchi tarmog’i hisoblanadi. Transport shohobchalarisiz xom ashyo ham keltirilmaydi, mahsulot ham iste‘molchilarga yetkazilmaydi. Eng muhimi, hududiy mehnat taqsimoti rivojlanmaydi. Shuning uchun transportning ahamiyati barcha boshqa omillar bilan qo’shilib, uyg’unlashib ketadi va uni «sof» holda ajratib olish qiyin. Omillar bilan ham chambarchars bog’liq bo’lib, iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirishga katta ta‘sir ko’rsatadi.Ilmiy - texnika taraqqiyoti chetlab o’tolmay-miz, albatta omilning ta‘siri bir qator tarmoqlarni hududiy tashkil etilishida aniq va ravshan ko’rinadi (mashinasozlik, elektroenergetika va kimyo). Shubhasizki, mazkur sanoat tarmoqlariga tegishli ko’pgina korxonalar, ayniqsa mashinasozlik zavodlari yuksak darajada ilmiy - texnika qudratiga ega bo’lgan yirik shaharlarda joylashtiriladi.
Yuqorida ko’rilgan barcha omillarning ahamiyati katta. Ammo ularning barchasi pirovard natijada ekologik omil bilan «hisoblashishlari» kerak. Zotan vujudga kelgan vaziyat buni qat‘iylik bilan talab etadi. Hozirgi kunda ayrim sanoat korxonalarining ishlashi shu nuqtai - nazardan to’xtatilganligi bejiz emas.
Ekologik jihatdan ko’p sanoat tarmoqlari va eng avvalo kimyo, yog’och - tsellyuloza, go’sht, vino, konserva, charm zavodlari, issiqlik elektr stantsiyalari va shunga o’xshash korxonalar «nomaqbul» hisoblanadi. Binobarin, ular aholi joylashgan markazlardan uzoqroqda bo’lishi «SHo’rtan gaz kimyo», majmuasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi va boshqa sanoat korxonalari misolida ko’rish mumkin.
Kimyo sanoati misolida ekologik omilning ishlab chiqarishning hududiy tashkil etilishiga ta‘sirini ko’rish mumkin, chunki bu sanoat korxonalarini joylashtirilishi chinakam erkin xususiyatga ega. Zero kimyo sanoati o’simlik, hayvonot, mineral xom ashyosi, suv, havo (azot) asosida ham, boshqa sanoat chiqindisi (qora va rangli metallurgiya) negizida ham rivojlanishi mumkin.
Shunday qilib, kimyo sanoati korxonalarini har qaerda qursa bo’ladi, ammo bu masalaning bitta nozik tomoni bor - bu ham bo’lsa ekologik omildir. Bu omil bilan hozirgi kunda hisoblashmasdan iloj yo’q, zero mamlakatimiz hududida ekologik sog’lom joyning o’zi juda sanoqli.
Yuqoridagi omillardan tashqari bozor iqtisodiyoti omilini ham unutmaslik kerak. Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti to’g’risida barcha - olimu oddiy xalq, katayu kichik so’z yuritadi, ba‘zan bu ibora dissertatsiya va boshqa ilmiy ishlar nomiga ham kiritiladi. Lekin bu juda murakkab tushuncha va iqtisodiy munosabatdir. Unga xorijiy mamlakatlar, xususan Yevropa davlatlari boy tajribaga ega, chunki bu munosabat mazkur davlatlarda o’n va yuz yillar davomida shakllanib kelgan.Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga birdaniga o’tib bo’lmaydi, buning uchun barcha shart va sharoit yaratish kerak, ya‘ni uning o’zini moddiy, maishiy va madaniy infrastrukturasi bo’lmog’i lozim. Shuning uchun bu munosabatlarga o’tish tarixan birmuncha uzoq davrni talab etadi va unga bosqichma - bosqich o’tish, evolyutsion rivojlanish iborasini qo’llash to’g’riroq bo’ladi.
Sodda qilib olganda, bozor iqtisodiyoti - bu ishlab chiqarish erkinligi va xarid erkinligidir, bu raqobatdir. Demak, ishlab chiqarishni rejali (planli) va proportsional, tekis joylashtirish o’rniga hududiy tengsizlik, musobaqa, o’rniga raqobat tushunchalarini qo’llashga to’g’ri keladi. Bunday sharoitda ko’p ukladli iqtisodiyot, mulkchilikning turli shakllari va sog’lom raqobat muhitini vujudga keltirish, monopoliyaga qarshi kurash muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, bozor iqtisodiyoti omilini ishlab chiqarish tarmoqlarini hududiy tashkil etishga nisbatan tahlil etar ekanmiz, unda bu boradagi ilgarigi, an‘anaviy fikr yuritishlarimiz tamomila o’zgarib ketadi. Chunki bu sharoitda aksariyat narsani, shu jumladan nimaga ixtisoslashuvi va qaerda joylashtirishni pirovard natijada bozor, raqobat, talab va taklif belgilaydi. davlat esa o’zining regional (hududiy) va soliq siyosati orqali bu jarayonni boshqarib yoki tartibga solib turadi.
Ishlab chiqarishni hududiy joylashtirishda infrastruktura (infratuzilma) muhim rol o’ynaydi. Iqtisodiyotda infratuzilma tushunchasi iqtisodiyotda yaqindagina qo’llanilayotgan bo’lishiga qaramay, vaqt o’tgan sari unga tobora katta e‘tibor berilmoqda.
Infratuzilmani kategoriya sifatida keng talqin qilish unga moddiy boyliklar yaratishda bevosita qatnashmasa-da, lekin unga ishlab chiqarish, ishlab turishni ta‘minlovchi inshoatlar, ob‘ektlar, tizimlar va turli xizmatlar kiradi. Infratuzilmaning rivojlanganligi u yoki bu region xo’jalik yo’li bilan o’zlashtirilganligi darajasini aks ettiradi. Infratuzilmalar ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarga bo’linadi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqarish jarayoniga ko’proq xizmat ko’rsatish sohalari bilan bog’liq bo’lgan muxandis – texnika inshoatlari va ob‘ektlari, elektr uzatish liniyalari hamda kichik stantsiyalar, har xil aloqa turlari, quvurlar va x.k. suv ta‘minoti ob‘ektlari, turli xil sug’orish inshoatlari, ulgurji savdo hamda moddiy - texnika ta‘minoti muassasalari, ilmiy harakterdagi muassasalar va axborot vositalari kiradi.Ijtimoiy infratuzilma aholi uchun zarur uy - joy, maishiy va ijtimoiy - madaniy sharoitlarni ta‘minlash bilan bog’liq ob‘ektlar jamidan iborat bo’lad. Unga uy - joy fondi, turli xil savdo va umumiy ovqatlanish, mahalliy transport, suv ta‘minoti hamda kanalizatsiya tizimi, sog’liqni saqlash, ma‘orif muassasalari, oliy maktab, ilmiy - tadqiqot ilmgohlari, pochta - telegraf hamda moliya muassasalari, madaniy –tomosha korxonalari, sport -sog’lomlashtirish inshootlari, jamoat xavfsizligi va boshqa ob‘ektlar hamda ijtimoiy-maishiy xarakterdagi muassasalar kiradi.
Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma tarkibining keltirilgan ruyxatidan kurinib turibdiki, uning vazifalari kuyidagi ikki belgi bilan xarakterlanadi: ishlab chiqarish va aholiga har tomonlama xizmat ko’rsatish hamda foydalanishning tarmoqlararo xarakteridan iborat ekanligi. Foydalanishning tarmoqlararo harakteri, ayniqsa, muhimdir, chunki u rivojlangan infratuzilmalarni rayon va shaharning ishlab chiqarish ixtisoslashuvidan qat‘iy - nazar barpo etish zarurligini ko’rsatadi. Tarmoqlarning har qanday jami yetarli darajada o’zlashtirilgan va obodonlash-tirilgan hududda negiz topish mumkin.Infratuzilma ob‘ektlari va inshoatlari moddiy ne‘matlar ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lsa - da, lekin shunga qaramay ishlab chiqarish bilan aholining barcha xizmat turlariga talabi keskin o’sgan fan - texnika taraqqiyoti sharoitda ular ahamiyatini kamsitib bo’lmaydi. Ijtimoiy infratuzilma aholiga har tomonlama xizmat ko’rsatish darajasini oshirish-gina emas, balki bandlik tuzilmasini yaxshilashga ham yordam beradi. Bu narsa Respublikamizning yangi o’zlashtiriladigan rayonlar uchun ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Xulosa qilib shuni ta‘kidlash mumkinki, ishlab chiqarish kuch-larini rivojlantirishda yuqorida keltirilgan omillar muhim ahamiyatga ega bo’lib, ishlab chiqarishni rivojlantirish va uni to’g’ri joylashtirishda katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rishimiz mumkin.


Xulosa
Mustaqillik davrida O‘zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar tufayli uning tuzilmasini sezilarli darajada diversifikatsiya qilishga erishildi. Avtomobilsozlik, shu jumladan, dvigatel hamda ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, neft-gaz kimyosi, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektronika asboblari ishlab chiqarish, farmatsevtika va mikrobiologiya, oziq-ovqat, to‘qimachilik, charm-poyabzal sanoati hamda boshqa bir qator mutlaqo yangi tarmoqlarning yo‘lga qo‘yilishi bunga zamin yaratdi. Samarqand shahrida avtobus ishlab chiqaruvchi “Isuzu” (Yaponiya) va yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi “MAN” (Germaniya) zavodlari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi hamda yaqindagina Ustyurt gaz-kimyo majmuasi foydalanishga topshirildi, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi to‘liq rekonstruksiya qilindi.Natijada O‘zbekiston sanoatining tarmoq tuzilmasida sezilarli sifat o‘zgarishlari ro‘y berdi. Buni quyidagi raqamlar ham tasdiqlaydi: iqtisodiy o‘sishning lokomotivi hisoblangan sanoatning ulushi 35 foizga yaqinni tashkil etadi, ayni paytda qishloq xo‘jaligining ulushi bosqichma-bosqich 18 foizgacha kamaydi, xizmatlar ulushi esa 33 foizdan 47 foizga ko‘tarildi. Bunday o‘zgarishlar jadal rivojlanuvchi iqtisodiyotlarga xosdir.
O‘zbekistonning sanoati diversifikatsiya qilinishi natijasida uning eksport tuzilmasi ham o‘zgarib bormoqda. Agar o‘tgan asrning 90-yillari boshida mamlakatimiz eksporti, asosan, paxtadan iborat bo‘lgan va uning ulushi eksport umumiy hajmining 60 foizini tashkil qilgan bo‘lsa, hozirgi paytda chetga chiqarilayotgan mahsulotlarning deyarli 80 foizi qishloq xo‘jaligi texnikasi, zamonaviy qurilish materiallari, tayyor to‘qimachilik buyumlari hamda poyabzal, kabel-o‘tkazgichlar singari qayta ishlashga asoslangan tarmoqlarning mahsulotlaridir.
Ta'kidlash joizki, O‘zbekistonning industrial taraqqiyotida sanoat ishlab chiqarishini mahalliylashtirish muhim o‘rin egallaydi. Dastlab mahalliylashtirish dasturi 2000 yiliyoq qabul qilingan edi. O‘shandan buyon dastur doirasida qiymati 5,5 milliard AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan 2600 dan ziyod loyihalar amalga oshirildi. Mahalliylashtirilgan korxonalarda 5 ming turdan ortiq sanoat mahsulotini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi, bu esa yiliga 7 milliard AQSH dollarilik mahsulot importining o‘rnini bosdi, deganidir. Faqat keyingi ikki yil ichida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga 97 guruh tovarlarni import qilish butunlay to‘xtatildi, shuningdek, 306 turdagi mahsulotni chetdan keltirish 2 baravardan ziyod kamaydi.
Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish ham har yili o‘tkaziladigan Xalqaro sanoat yarmarkasi hamda Kooperatsiya birjasi doirasida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bo‘yicha buyurtmalarni joylashtirishning shartnomaviy tizimini hamda undagi yengilliklar tartibini yaratishga olib keldi. Masalan, o‘tgan yilgi yarmarkada joriy yil davomida umumiy qiymati 1,9 trillion so‘mga teng bo‘lgan mahsulotni sotish bo‘yicha 13,3 mingdan ziyod yoki undan avvalgi yarmarkaning ko‘rsatkichlariga nisbatan 38 foizdan ortiq shartnomalar imzolandi. Shundan 2,1 trillion so‘mligi ilgari import qilingan mahsulotlarga tegishlidir. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu joriy yilda sanoat tarmoqlarini asosiy ishlab chiqarish uchun import qilishni 637,5 million AQSH dollariga qisqartirishni ta'minlaydi.
Agar mustaqillikning dastlabki yillarida respublikamizda asosiy maqsadlar qisqa muddatli istiqbolga qaratilgan bo‘lsa, ayni vaqtda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur'atlari, makroiqtisodiy barqarorlik va faol tuzilmaviy yangilanishlar tufayli ustuvor vazifalarni o‘rta hamda uzoq muddatlarga belgilab olish va amalga oshirish imkoniyati yuzaga keldi.
Bugungi kunda uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan iqtisodiy siyosatning bosh maqsadi mavjud xom ashyo zaxiralarini qayta ishlashning davomli zanjirini shakllantirishda afzalliklarga ega bo‘lgan sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, qo‘shimcha qiymatli mahsulotni ko‘paytirishga xizmat qiladigan yuqori texnologiyali qayta ishlovchi tarmoqlarni jadal taraqqiy ettirish uchun tejamkor hamda innovatsion omillarni kuchaytirish hisobiga raqobatdosh, barqaror, tuzilmaviy jihatdan mutanosib iqtisodiyotni yaratishdan iboratdir.
Ana shu yo‘nalishda keyingi yillarda mamlakatimiz sanoatida elektrotexnika jihozlari, polietilen, polipropilen, mashinasozlik va boshqa sohalar uchun ehtiyot qismlar hamda butlovchi buyumlar, maishiy elektrotexnika jihozlari – kir yuvish mashinalari, gaz plitalari, konditsionerlar, changyutkichlar, yana bir qator yuqori texnologiyali mahsulot turlarini tayyorlash o‘zlashtirildi. Natijada bugungi kunga kelib, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 60 foizdan ziyodi mustaqillik yillarida butunlay yangidan tashkil qilingan tarmoqlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda iqtisodiyotni yanada isloh etish, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish hamda diversifikatsiyalash bo‘yicha 2020-yilgacha mo‘ljallangan kompleks strategik dastur qabul qilingan. U bir-biri bilan uzviy bog‘liq sakkizta kompleks dasturni birlashtirgan: xususiy mulkni ishonchli muhofaza etish, iqtisodiyotda uning ulushi va ahamiyatini oshirish, zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda diversifikatsiyalash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohada energiya iste'moli hajmini kamaytirish va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni ta'minlash.
Shubhasiz, bunday faol sanoat hamda investitsiyaviy siyosat mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish bo‘yicha doimiy ish olib borish orqali amalga oshiriladi.
Jahon bankining “Biznes yuritish” hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston 2014-2015-yillarda biznes yuritish uchun eng qulay sharoitlarni yaratgan islohotchi davlatlar o‘ntaligiga kiritildi. Jahon banki ekspertlarining e'tiroficha, O‘zbekistonda biznesni boshlash uchun sarflanadigan vaqt Yaponiyadagiga qaraganda 1,5 baravar, Germaniyadagiga nisbatan 1,6 baravar, Gretsiya va Isroildagiga qaraganda 2 baravar, Ispaniyadagiga nisbatan 2,2 baravar, Xitoydagiga qaraganda 4,8 baravar kamdir. Kichik biznesga soliq yukining darajasi esa bizning yurtimizda AQSH, Kanada, Germaniya, Avstriya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Belarus hamda boshqa davlatlardagiga nisbatan ancha past.
O‘zbekistonda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti xorijiy tadbirkorlar va sarmoyalarni jalb etib kelmoqda. Bugungi kunda respublikamizda 90 dan ortiq mamlakatning xorijiy kapitali ishtirokidagi 4 mingdan ziyod korxona fao-liyat yuritmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotida har yili o‘zlashtirilayotgan kapital qo‘yilmalarning 20 foizini xorijiy investitsiyalar hamda kreditlar tashkil qiladi. Yirik xorijiy hamkorlarimiz sirasiga “Boing”, “Honeywell”, “Airbus”, “MAN”, “Klaas”, “Knauf”, “Lemken”, “Nestle”, “Teknip”, ABB, “Maksam”, “Isuzu”, “Itochu”, “Mitsubishi”, “General motors”, “Hitachi”, “Marubeni”, “Hyundai”, “Samsung”, “El-Gi”, “Lotte chemical”, “Huawei”, ZTE, “CNPC”, “Citic” singari ko‘pdan-ko‘p kompaniyalarni kiritish mumkin.
2015-2019-yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalash bo‘yicha dasturi (Ishlab chiqarishda tarkibiy o‘zgarishlar, modernizatsiya va diversifikatsiyani ta'minlash bo‘yicha 2015-2019-yillarga mo‘ljallangan tadbirlar dasturi) umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan 846 ta yangidan boshlanadigan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Shu jumladan, 25 milliard dollarlik 70 ta loyiha neft-gaz kimyosi hamda kimyo sanoatiga, 9 milliard dollarlik 30 dan ortiq loyiha elektr energetikaga, 1 milliard dollarlik 150 ta loyiha to‘qimachilik va charm-poyabzal sanoatiga, 410 million dollarlik 300 dan ziyod loyiha oziq-ovqat sanoatiga, 270 million dollarlik 40 ga yaqin loyiha elektr texnika sanoatiga tegishli. Yana sanoatning turli tarmoqlarida boshqa bir qator loyihalarni hayotga tatbiq qilish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlarini 2030-yilgacha rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqilmoqda. Ular xom ashyo zaxiralarini 3-4 bosqichda chuqur qayta ishlashga qaratilgan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish asosida tegishli tarmoqlarni jadal taraqqiy toptirish hamda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi.
To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, yurtimizda ishlab chiqarishni chuqur diversifikatsiya qilish orqali neft-kimyo va kimyo sanoati mahsulotini 3 baravardan ortiqqa ko‘paytirish, murakkab polimerlar, olefinlar, sintetik kauchuk, sun'iy tola, xushbo‘y uglevodorodlar hamda boshqa turdagi yuqori texnologiyali mahsulotlar, murakkab mineral o‘g‘itlar, shuningdek, ko‘plab sohalarda talab etiladigan kimyo mahsulotlarining keng assortimentini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun zarur barcha imkoniyat mavjud.
Mashinasozlik hamda elektr texnika sanoatida ishlab chiqarish hajmini 3,7 baravar, farmatsevtika mahsulotlarini qariyb 10 baravar, oziq-ovqat sanoatini 5 baravar, qurilish materiallari sanoatini 4 baravar ko‘paytirish uchun real sharoitlarga egamiz.
Ushbu dasturlarni amalga oshirish qator investitsiyaviy loyihalarni hayotga tatbiq qilishda xorijiy davlatlar kompaniyalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish uchun ulkan imkoniyatlarni yaratadi.
Albatta, milliy iqtisodiyotimizni taraqqiy ettirishga turtki beruvchi sanoat tarmoqlarini yanada takomillashtirish masalalari bundan keyin ham diqqat-e'tiborda bo‘lishi tabiiy. Zero, bu – davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, 2030 yilga borib mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti hajmini 2 baravar ko‘paytirish hamda tarkibiy o‘zgartishlar hisobiga sanoatni jadal sur'atlar bilan rivojlantirib, uning YAIMdagi ulushini 40 foizgacha yetkazishdek ustuvor maqsadga erishishda eng muhim omillardandir. Otabek SHARIPOV,
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, bosh boshqarma boshlig‘i
X. NAKAXARA, “Mitsubishi Corporation” korporatsiyasi boshqaruvi a'zosi:
- O‘zbekiston - dunyodagi iqtisodiyoti jadal ravnaq topayotgan mamlakatlardan biri. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotgan bir paytda mamlakat makroiqtisodiy o‘sishning yuqori sur'atlariga erishayotgani uzoq muddatga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘ri tanlanganining yana bir tasdig‘idir.
Respublikada biznes faoliyatni yo‘lga qo‘yish va yuritish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan tizimli ishlar iqtisodiy rivojlanishning muhim omillari hisoblanadi. Pirovardida milliy iqtisodiyotga yo‘naltirilayotgan xorijiy kapital qo‘yilmalari hajmi yildan-yilga oshib borayapti, dunyo bozorida raqobatdosh bo‘lgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarayotgan korxonalar soni ko‘paymoqda.
O‘zbekistonda sanoatni modernizatsiya qilish, unga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar iqtisodiyotning barqaror o‘sishini uzoq istiqbolda ham ta'minlash imkonini beradi.
A. KOSTENK, Belgiyaning “Audiofocus” elektr jihozlari kompaniyasi savdo ishlari bo‘yicha direktori:
- Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ta'sirida ko‘plab davlatlar iqtisodiyotida pasayish holati davom etayapti. Mana shunday sharoitda O‘zbekistonning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari nafaqat u yerdagi iqtisodiy va moliya-bank tizimidagi barqarorlikdan dalolat beradi, balki mamlakatda so‘nggi yillarda qabul qilingan chora-tadbirlar to‘g‘riligi hamda hayotga o‘z vaqtida tatbiq etilganini ko‘rsatadi.
Respublikada bank tizimining muvaffaqiyatli isloh etilishi va liberallashtirilishi Jahon banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasining tadbirkorlik faoliyatini olib borish bo‘yicha “Biznes yuritish - 2016” (“Doing Business – 2016”) yillik hisobotida ham o‘z ifodasini topdi. Unga ko‘ra, oxirgi uch yilda O‘zbekiston reytingi kreditlash sharoitlari bo‘yicha birdaniga 113 pog‘ona ko‘tarildi. Ya'ni 154-o‘rindan 42-o‘ringa yuqoriladi.
Binobarin, mazkur mamlakat investitsiya kiritish uchun mintaqadagi eng qulay hudud, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor eksportbop mahsulotlarning ko‘plab turlarini hamkorlikda ishlab chiqarish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi istiqbolli bozor hisoblanadi.R. VASDEV, Hindistonning Xaryana shtati Savdo-sanoat palatasi prezidenti:
- Har qanday mamlakat ham milliy iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekistondek hayratlanarli natijalarni qo‘lga kirita olmaydi. Fikrimni nufuzli Jahon iqtisodiy forumi reytingi ham tasdiqlaydi. Zero, unga muvofiq, 2014-2015-yillar yakunlari va 2016-2017-yillar prognozi bo‘yicha O‘zbekiston dunyodagi iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan beshta davlat qatoridan joy oldi.
Kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish o‘sishi jadal sur'atlarda davom etmoqda. Uning YAIMni shakllantirishdagi ulushi esa Yevropadagi o‘rtacha darajaga deyarli yaqinlashib qoldi.Yu. Abdullayev, Ozarbayjon eksport va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash fondi vitse-prezidenti:
- O‘zbekistonning istiqbolli bozori bilan ishlash bo‘yicha katta tajribaga ega inson sifatida aytishim mumkinki, respublikada chet ellik sarmoyadorlar uchun ajoyib imkoniyatlar yaratilgan. Yaqin va uzoq xorijga mahsulotlar eksport qilish uchun puxta infratuzilma yaratilgan. Mamlakat mintaqadagi boshqa davlatlarga nisbatan eng ko‘p diversifikatsiyalangan hamda gullab-yashnayotgan sanoatga ega. O‘zbekistonda boy xom ashyo bazasi va yuqori malakali kadrlar mavjud ekanligi bilan bir qatorda, siyosiy hamda makroiqtisodiy barqarorlik mustahkam qaror topgan. Bu esa davlatning yanada taraqqiy topishini ta'minlaydi. Quvonarlisi, respublika rahbariyati tomonidan o‘z vaqtida qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini minimallashtirish imkonini berdi.


Foydalanilgan adabiyot

  1. . Ortiqov A. «Sanoat iqtisodiyoti». Darslik. - Т.: TDIU, 2009-yil.

Download 42,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish