LATTA
Odil Rahimiy tarjimasi
Yaqinda men bolalarimning murabbiysi Yuliya Vasil`evnaga haqini berish uchun
kabinetimga
chaqirdim.
— O’tiring, Yuliya Vasil`evna! — dedim. — Sizga pul kerak bo’lsa ham,
soddadilligingizdan o’zingiz so’ragani uyalasiz… qani, o’zaro hisoblashib chiqaylik-chi.
Maoshingizni
har
oyga
o’ttiz
so’mdan
gaplashgan
edik…
—
Qirq
so’mdan…
— Yo’q, o’ttiz so’mdan… Menda yozilgan… Men murabbiyalarga hamma vaqt o’ttiz
so’mdan to’lab kelganman. Xo’-o’sh, siz bizda ikki oy turdingiz…
—
Ikki
oy-u
besh
kun…
— Menda yozilgan. Rosa ikki oy… Demak, sizga oltmish so’m tegadi… Siz Kolya bilan
yakshanba kunlari mashg’ulot o’tkazganingiz yo’q, o’sha kunlari dam oldingiz, shuning
uchun to’qqiz yakshanbani chiqarib tashlaymiz… Uch kun bayram…
Yuliya Vasil`evna birdaniga qizarindi, kuylak burmasini g’ijimladi-yu, lekin hech nima
demadi!..
— Uch bayram kuni… Demak, o’n ikki so’m… Kolya kasal bo’lib qolib, to’rt marta dars
bo’lmadi, o’sha kunlari siz mashg’ulotni faqat Varya bilangina o’tkazdingiz… Uch kun
tishingiz og’ridi, xotinim peshindan keyin uyga qaytishingizga ijozat berdi… O’n ikki
so’m va yetti so’m, demak, yana o’n to’qqiz so’mni chiqarib tashlaymiz… Qoladi qirq
bir so’m. To’g’rimi?
Yuliya Vasil`evnaning chap ko’zi qizarib, yoshga to’ldi. Iyagi titradi, asabiylashib
yo’taldi,
burnini
qoqdi,
lekin
g’ing
demadi.
— Yangi yil oldidan bir tarelka bilan chashkani sindirdingiz. Bu ikki so’m deylik, idishga
familiya yozilgan edi, qimmatroq bo’lsa ham, mayli, roziman! Bizning haqimiz
kimlarda ketmagan deysiz! So’ngra sizning beparvoligingiz natijasida Kolya daraxtga
chiqib, kamzulini yirtib tushdi, bu ham o’n so’m… Yana sizning yaxshi
qaramaganligingiz natijasida uy xizmatchisi Varyaning botinkasi o’g’irlangan. Axir, siz
maosh olasiz, shularning ustidan nazorat qilib turishingiz kerak. Demak, yana besh
so’m… O’ninchi yanvarda mendan o’n so’m qarz oldingiz…
—
Men
olganim
yo’q,
—
dedi
Yuliya
Vasil`evna,
sekingina.
—
Menda
hammasi
yozilgan.
—
Xo’p,
mayli…
yaxshi.
— Qirq bir so’mdan yigirma yetti so’mni chiqarib tashlasak, o’n to’rt so’m qoladi…
Murabbiyning ikki ko’zi jiqqa yoshga to’ldi… Uzun, chiroyli burni terlab ketdi. Bechora
qiz!
— Men faqat bir martagina oluvdim, — dedi u, qaltiroq tovush bilan. —
Bekachingizdan faqat bir marta uch so’m olganman, xolos… Shundan boshqa pul
olganim yo’q…
— Hali shundaymi? Men buni yozib qo’ymagan ekanman! O’n to’rt so’mdan uch
so’mni chiqarsak — o’n bir so’m qoladi… Oling pulingizni, jonim! Mana, uch… uch…
uch… bir, tag’in bir so’m… oling!
Men unga o’n bir so’mni berdim… Pulni titroq qo’llari bilan olib, cho’ntagiga soldi.
— Mersi! — dedi pichirlab.
Men o’rnimdan sakrab turib ketib, uy ichida yura boshladim. Juda jahlim chiqib ketgan
edi.
—
Nega
menga
«mersi»
deysiz?
—
dedim.
— Pulingiz uchun…
— Axir, pulingizni o’g’irlab o’tiribman-ku, men sizni taladim-ku! Pulingizni o’g’irladim!
Nega
tag’in
menga
«mersi»
deysiz?
—
Boshqa
joylarda
menga
shuni
ham
berishmas
edi…
— Berishmas edi? Ajab emas! Men sizga hazillashdim, sizga unutilmas saboq berdim.
Sizning sakson so’m pulingizni beraman, ana, konvertga solib tayyorlab qo’yganman.
Odam ham shunday latta bo’ladimi? Nega haqingizni talab qilmaysiz? Nega tek
turasiz? Bu zamonda odam o’tkir tishli bo’lishi kerak!
Odam shunday bo’shang bo’ladimi?
U bo’shashib kuldi. Uning yuzidan: «bo’lishi mumkin!» degan ma’noni uqdim.
Unutilmas saboq uchun undan kechirim so’radim-da, qo’liga sakson so’mini berdim.
U qo’rqa-pisa chiqib ketdi… Uning ketidan qarab turib: bu dunyoda kuchli bo’lish oson
ekan! — deb o’yladim.
Do'stlaringiz bilan baham: |