29-mavzu. Payvand konstruksiyalari tasnifi


-mavzu. Panjarali konstruksiyalar va balkalarni peyvandlash texnologiyasi



Download 0,8 Mb.
bet10/19
Sana11.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#345436
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
30-mavzu. Panjarali konstruksiyalar va balkalarni peyvandlash texnologiyasi.

Reja:


1.Panjarasimon va balka konstruksiyalari

2.Fermalar yasashning asosiy talablari



3.Balkalarni montaj qilish

Panjarasimon va balka konstruksiyalar qurilishda bino va ko‘priklarning fermalarini, tayanchlar, elektr tokini uzatish liniyalari, issiqlik va gidravlik elektr stansiyalari va boshqa inshootlarning konstruksiyalarini tayyorlashda, shuningdek, ko'tarish kranlari, vagonlar, teplovozlar, avtomobillar, qishloq xo‘jalik mashinalari, poydevor romlari va boshqa buyumlar tayyorlashda, mashinasozlikda qo‘llaniladi.

Bunday konstruksiyalarda bir yoki ikkita burchaklikdan iborat o'zaklar juda ko‘p tarqalgan (2.12.2-a, b rasm). Payvand tavr birikmalar (2.12.2-d rasm) hamda quvurlardan iborat fermalar (2.12.2-e rasm) ham ishlatiladi. Bu xildagi konstruksiyalar dastaki yoki yarim avtomatik tarzda payvandlanadigan kalta, to‘g‘ri chiziqli uchma-uch yoki burchak choklar juda ko'pligi bilan xarakterlanadi. Qoplamli elektrodlar bilan dastaki yoki karbonat angidrid gazida yarimavtomatik payvandlashch usullari qo’llaniladi.



Panjarasimon fermalar uzellari:
a) kosinkali; b) ust qo'ymali; d) tayanch uzel;
e) trubkasimon birikma.

Fermalar reja asosida kopir bo‘yicha va konduktorlarda, geometrik o‘lchamlarining hamda biriktiriladigan elementlar o‘qlarining bir nuqtada, ya’ni ana shu uzel kesimining ogirlik markazida kesishish aniqligini ta’minlaydigan stendlar hamda stellajlarda yig‘iladi va payvandlanadi. O’qlar ko‘pi bilan 5 mm chetga chiqishi mumkin. Uzellardan fermalar o'rtasidan tayanchlari tomon ketma-ket payvandlanadi. Avvalo uchma-uch tutashtiriladigan joylari payvandlab olinadi, uzellarda oldin ro‘para choklar, so‘ngra yon choklar payvandlanadi.

Bunday konstruksiyalarda asosiy yig'ish-payvandlash ishlarining mehnat talabchanligi konstruksiyani tayyorlash uchun sarflanadigan jami mehnatning 80— 85 foizini tashkil etadi, qolgan 15—20% esa yordamchi ishlar, ya’ni rejalash, to’g’rilash, randalash va boshqalarga to‘g‘ri keladi.




Shtamplangan va bukilgan elementlar, prokatdan tayyoriangan rama va balka uzellarni biriktirish.
Mashinasozlik hamda qurilishda fazoviy rom konstruksiyalarni tayyorlash uchun prokat burchakliklar, shvellerlar, qo‘shtavrlar hamda shtamplangan elementlar ishlatiladi. Bunday konstruksiyalar elementlarining birikish turlari 2.12.3- rasmda ko‘rsatilgan.

Konstruksiyalar payvandlash plitalari va stendlarda yoki konduktorlarda payvandlanadi. Dastlab asosiy uzellar payvandlanadi, so‘ngra butun rama, o‘rtasidan boshlab uning chetlari tomon payvandlab chiqiladi.

Devorlarining kesimi yaxlit balkalar tunukadan tayyorlanadi. Qo‘shtavr va qutisimon kesimdagi balkalar ham ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda egilgan tunuka elementlaridan iborat qutisimon payvand balkalar keng qo’llanila boshlandi.



Qo‘shtavr balkalarning uchma-uch ulangan payvand
joy lari
(a) va choklami payvandlashda balkalarning ketma-ket

holatlari sxemasi (b).

Yakkalab va kichik seriyalab ishlab chiqarish sharoitlarida balkalar reja bo'yicha dastaki va yarimavtomatik payvandlab yig'iladi. Koplab va yirik seriyalab ishlab chiqarishda buyum konduktorlarda yig'iladi va maxsus qurilmalarga o‘rnatib flyus ostida hamda karbonat angidrid gazida dumalatgich (kontovatel) dan foydalanib, avtomatik payvandlanadi

a-rasmda tunukadan yasalgan qo'shtavr balkalarning uchma-uch tutashgan joylarini payvandlash usullari ko'rsatilgan. Uchma-uch joyi balkaning eng ko‘p yuk tushadigan qismida bo‘Iganidagina qo‘shimcha qoplamlardan foydalaniladi.

Balkalarni montaj qilishda, birinchi navbatda, uchma-uch joylarini, shnndan keyingina valikli choklarni payvandlash kerak, Prokat qilingan balkalarning montajda uchma-uch ulanadigan joylarini payvandlash tartibi a-rasmda ko‘rsatilgan.


Balkalarning uchma-uch ulanadigan joylarini montajda

payvandlash tartibi:

a) prokat qilingan, b) va d) payvand qilingan.

Avvalo vertikal chok l, so‘ngra chok 2 vа 3lar payvandlanadi. Tunuka chok 2 va 3 lari bir vertikal tekislikda (b rasm) yoki bir-biriga nisbatan surilgan (d rasm) bo'lishi mumkin. Dastlab vertikal devor choki l so‘ngra list chok 2 va 3 lari pay­vandlanadi. Bo'ylama choklar, odatda, balka uchlariga 400-500 mm yetkazilmaydi va montaj joyida choklar 4 bilan tugallanadi. Bu choklar oxirgi navbatda payvandlanadi.

Qurilish amaliyotida ustunlar, kolonnalar, tayanchlar va shunga o'xshash boshqa konstruksiyalarni tayyorlash uchun asosiy elementlar tariqasida ba’zan quvurlardan foydalaniladi. Diametri 300 mm gacha boigan quvurlarni tutashtirishda chok hamda butun konstruksiyaning mustahkamligini oshiradigan qo‘shimcha detallar ishlatiladi.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish