29. Korrupsiya tushunchasining tarixiy ildizlari


Diniy ekstremizmning tarixiy ildizlari va okimlari



Download 51,55 Kb.
bet19/20
Sana14.07.2022
Hajmi51,55 Kb.
#794633
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Falsafa .. 29 dan

55. Diniy ekstremizmning tarixiy ildizlari va okimlari. Terrorizm – jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholi keng qatlamlarida vahima va qo’rquv uyg’otishga qaratilgan siyosiy kurashning o’ziga xos usulidir. U yashirin (konspirativ) ruhdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatni egallash maqsadida amalga oshiriladi. Terrorchi guruhlar jamiyatda aholining keng qatlami nomidan harakat qilayotgandek taassurot uyg’otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.
Terrorizmning eng asosiy xususiyatlaridan biri ushbu harakat tarafdorlarining “Kuch ishlatish va zo’ravonlik davlatni qulatuvchi va hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi parokandalikka olib keladi”, degan g’oyaga asoslanib harakat qilishlaridir. Terrorizmning yana bir xususiyati hech qanday urush bo’lmayotgan, demokratik institutlar faoliyat ko’rsatayotgan, tinchlik hukmron jamiyat sharoitida muqobil usullarni atayin inkor etgan holda, siyosiy masalalarni zo’rlik yo’li bilan hal qilishga intilishda ko’rinadi.
O’zbekiston mustaqilikka erishgach, mazkur hudud turli manfaatdor kuchlarning nishoniga aylandi. Siyosiy maqsadlarni din niqobi ostida amalga oshirishga intiluvchi diniy-ekstremistik va terrorchilik guruhlari mintaqaga suqilib kirishga harakat qildilar. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish uchun mustahkam asosga ehtiyoj sezildi. 2000 yil 15 dekabrda O’zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida”gi Qonunining qabul qilinishi davlatimiz suvereniteti va xalqimiz farovonligi, yurtimiz taraqqiyotiga katta tahdid soluvchi terrorizmga qarshi kurash borasida katta qadam bo’ldi.


56. Terrorizm va diniy terrorizm tushunchasi, shakllari, sabablari va ularga karshi kurash mexanizmlari. Terrorizm bu insoniyatning ashaddiy dushmani. Xalqaro tinchlik va osayishtalikka tahdid solayotgan hozirgi davrning o’ta salbiy ijtimoiy hodisasi. Aniqroq qilib aytganda terrorizm – millati, dini va ma’lum hududi yo’q ofat, XXI asrning dahshatli vabosi. U bugun vujudga kelmagan, qadim-qadimdan mavjud.
Terrorizm so’zi lotincha – terrore so’zidan olingan bo’lib dahshat , vahima, falokat ma’nosini anglatadi. Terrorizm qadim va o’rta asrlar davrida boylik orttirish uchun kurashgan bir guruh qaroqchi, banditlar harakati ko’rinishida bo’lgan. XIX asr o’rtalaridan bu harakat «o’ta inqilobiy harakat», fitnachilar, qo’poruvchilar harakati shaklini oldi.
Masalan Rossiyada narodniklar chiqishi va boshqa XX asr o’rtalaridan boshlab terrorizm keng siyosiy tus oldi, ko’p mamlakatlarga yoyildi, xalqaro xarakter shaklini oldi. insoniyatga behisob fojealar keltirdi. U qaysi mamlakatda sodir bo’lmasin surbetlarcha oddiy xalq va din nomidan ish ko’radi. o’zini go’yo xalq manfaatini va dinning sofligini ko’zlovchilar sifatida ko’rsata boshladi.
Masalan G’arbiy Germaniyada «Q’izil armiya», Italiyada «Q’izil brigada», Ispaniyada basklar tashkiloti, Olg’sterda (Angliya)«Inqilobiy xaloskorlar armiyasi», Peruda «Porloq hayot», Afg’onistonda «Hisb-ut-tahrir», «Al-Q’oida», «Islom lashkarlari» va boshqa nomlar bilan Yuritildi. Xalqaro terrorizmning eng ishonchli tayanchi Afg’oniston, CHechiniston, janubiy Tojikiston bo’lib qoldi.
Halqaro terrorizmning mohiyati va maqsadi nimadan iboratq Terrorizm bu – begunoh odamlarni, xususan davlat va jamiyat rahbarlarini suiqasd yo’li bilan o’ldirish, garovga olish, jamoat binolari, turar joylar, ijtimoiy ob’ektlarni, transport vositalarini portlatish yo’li bilan xalqni hukumatdan narozi qilish, parokandalikni vujudga keltirish orqali hokimiyatni qo’lga olishga qaratilgan jinoiy guruh harakatidir.
Xalqaro terrorizmning hozirgi xususiyatlari nimadan iboratq
Bular tubandagilar:
Terrorizm ilgari ham, hozir ham halq nomidan gapiruvchi go’yo halq manfaatini aks ettiruvchi sohta ko’rinishi saqlab kelayapdi. Bu bosh xususiyat bo’lib, uning barcha ko’rinishlariga xosdir.
Ilgari terrorchilar turli mamlakatlarda bir-birlaridan ajralgan holda harakat qilardi. Endilikda esa ularning faoliyati bir yoki bir nechta qudratli markazlar tomonidan boshqariladigan halqaro jinoyatchi guruhlarning siyosiy harakatiga aylandi.
Hozirgi terroristlar juda katta moddiy, texnika imkoniyatga ega. Eng zamonaviy qurollarga, hatto raketa texnikasi, ximiyaviy va bakterologik qurollarga, aloqa vositalariga ega.


45. Hadis so’zining manosi Hadis (arab. — xabar, gap, yangilik) — Muhammad (sav) aytgan soʻzlari, qilgan ishlari, iqrorlari toʻgʻrisidagi rivoyat. Islom dinida Qurʻon karimdandan keyin ikkinchi manba hisoblanadi. Hadis 2 qismdan iborat boʻladi: matn va isnod. Hadis 2 turga — Hadisi qudsiy (maʼnosi Alloh taoloniki, aytilishi rasululloh tomonidan boʻlgan hadislarlar) va Hadisi nabaviyga boʻlinadi. Hadislar eʼtiborga olinishi jihatidan 3 qismga boʻlinadi: 1) sahih (ishonchli); 2) hasan (yaxshi); 3) zaif.Qurʼonda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqlik kiritish va izohlash uchun Muhammad (sav) oʻz H.larini aytardi. Bu hadislarni paygʻambarlarning safdoshlari yodda saqlashga harakat qilardi. Paygʻambar vafotidan soʻng Hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar uni yozma shaklda toʻplay boshladilar. Birinchi hadis kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy yozdi. Undan keyin birin-ketin hadis toʻplamlari tasnif etila boshladi. Lekin bu toʻplamlar muayyan tartibga solinmagan, boblarga ajratilmagan boʻlib, ularda paygʻambar hadislari bilan sahobalar va tobeʼinlarning fatvolari chalkashtirib yuborilgan edi.Hijriy 3-asrda hadis taʼlif etish sohasida "musnad", "sahih", "sunan" deb atalmish turli yoʻnalishlar vujudga keldi. "Musnad" yoʻnalishida tas-nif etilgan toʻplamlarda turli mavzudagi hadislar bir joyda keltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga koʻra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Abu Hanifa, Ahmad ibn Hanbalgʻging hadis kitoblari shu yoʻnalishga mansub. "Sahih" yoʻnalishiga tugʻri, ishonarli hadislar kiritilgan. Bu yoʻnalishga Imom Buxoriy asos solgan. "Sunan" yoʻnalishidagi toʻplamga esa, toʻgʻri, ishonarli hadislar bilan bir qatorda "zaif" hadislar ham kiritilgan. Abu Dovud, Abu Iso atTermiziy, Nasoiy, Ibn Moja toʻplamlari shu yoʻnalishta mansubdir.Movarounnahrda birinchi boʻlib Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy hadis toʻplamini taʼlif etgan. Bundan tashqari Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziy, Ishoq ibn Rohavayh alMarvaziy, Haysam ibn Kulayb ashShoshiy, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy, Ibrohim ibn Maʼqul anNasafiy va boshqalar hadis toʻplamlarini tasnif etishgan. Keyinchalik, milliy-siyosiy ixti-loflar natijasida, paygʻambar nomidan yolgʻon H.lar toʻqish, fiqh va kalom ilmi sohasidagi ziddiyatlar, amir va hokimlarga xushomadgoʻylik oqibatida koʻplab ishonarsiz, toʻqima hadislar yuzaga kelgan.Davr oʻtishi bilan xadislar tanlanib, muhim deb hisoblanganlari bir tizimga solina boshladi. 9— 10-asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb tanilgan hadisning 6 ta toʻplami vujudga kelgan. Bular: "Sahihi Buxoriy", "Sahihi Muslim" (qarang Muslim ibn Hajjoj), "Sahihi Termiziy", "Sunani Abi Dovud", "Su-nani Ibn Moja", "Sunani Nasoiy". koʻproq eʼzozlanadi. Bu 6 ta H. toʻplamini tuzgan muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, 4 tasi esa xurosonlik boʻlgan. Hadislar toʻplami sunna deb nom olgan. Hadislarni yigʻuvchi, sharhlovchi, targʻib etuvchi shaxslar muhaddis deb atalgan.Islomni qabul qilgan xalqlar madaniy va gʻoyaviy merosining koʻp unsurlari islomga hadis shaklida oʻtgan. Hadis yigʻish oʻrta asr musulmon madaniyatining muhim xususiyati boʻlib, bilim izlashning asosiy mazmuni hisoblangan. Hadishar qanday ilmiy asarni asoslashning muhim qismi boʻlgan; undan hikmatli soʻz va matal sifatida ham foydalanilgan. Imom Buxoriyning "Sahihi Buxoriy" asari islom olami oliy oʻquv yurtlarining shariat f-tlarida asosiy oʻquv qoʻllanmasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. Imom Buxoriyning "Sahihi Buxoriy"
Hadis (حديث) Muhammad alayhissalomning aytgan gaplari, taʼkidlari yoki qilgan ishlari tasvirlangan manbalardir. Hadisni muhaddislar yigʻadi va o'rganishadi. Hadislar shariat normalari asosini tashkil etadi.



Download 51,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish