50.Islomda nikoh oila munodsabatlari NIKOH Jumla maxluqotni juft qilib yaratgan va insonni nikoh bilan sharaflantirgan
Allohga behad hamdu sano va shukronalar bo„lsinki, bu nikoh bizlarni fahshdan, zinodan
saqlovchi, halol bilan haromni ajratib turuvchi chegara-to„siqdir. “Nikohlanish mening
sunnatimdir va kimki sunnatimdan yuz o„girsa, bizdan emas”, deb shar‟iy oila qurishga da‟vat
qilgan haq payg„ambar hazrati Muhammad Mustafoga, u zotning ahli xonadon va ashoblariga
Allohning behisob salotu salomi bo„lsin. “Nikoh” so„zining lug„aviy ma‟nosi mujomaat (jinsiy
aloqa) qilish, majozan esa oila Oila va nikoh risolasi. Fazluddin Iqroruddin
kutubxonasi 3 qurish deganidir. Shariatda ijob va qabul (ikki tomonning roziligi) bilan hosil
bo„ladigan nikoh tufayli er-xotinga bir-biridan barcha ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanmoq
halol bo„ladi. Nikohda muhim sunnatlar va haqlar bor. Ularni bajarish majburiyati, mas‟uliyati
eru xotin zimmasiga yuklatiladi. Agar er-xotin bularni ado etmasa, balo va ofatlarga duchor
bo„lishi mumkinki, hamma ham bu jihatini his qilib, tushunavermaydi.Oila haqida qayg‟urish islom dinida puxta ishlab chiqilgan keng qamrab oluvchi nikoh
tizimida namoyon bo„ladi. Oilagacha boshlanadigan bu tizim «Nikoh» bilan mustahkamlanadi va
oilaviy munosabatlarda davom etadi. U oilaning har bir a‟zosi (ham ota-ona, ham farzand) huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklarini aniq tasvirlab beruvchi oliy tushunchalardan iborat.
57. Kibermakon, kiberterrorizm, kiberzo’ravonlik (cyberbullying), tushunchalarining mohiyati haqida nimalarni bilasiz?
Kibermakon kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan muloqot maydonini ifodalovchi voqelik sifatida 1990 yildan boshlab keng miqyosida rivojlanib, takomillashib kelmoqda. Kibermakon tushunchasini dastlab kanadalik yozuvchi Uilyam Gibson 1982 yil «Sojjenie Xrom» («Burning Chrome») nomli hikoyasida yozadi. Keyinchalik, Gibsonning 1990 yilda yozib tugatgan «Neuromancer» («Asabli manzaralar tasvirlovchisi», «Nervo-sochinitel») nomli texno-utopik fantastik trilogiyasida qo‘llagan. Ijtimoiy nuqtai-nazardan kibermakon deganda kompyuter tarmog‘i orqali bir-biri bilan bog‘langan va bir vaqtning o‘zida turli geografik nuqtada kesishuvchi har qanday mavjud kompyuterning grafik sifatidagi ma’lumotlariga o‘ralashib qolgan kishilar jamoasi tushuniladi. Hozirgi davrda fan, texnika va asosan kompyuter taraqqiyoti mahsuli bo‘lgan kibermakon va uning boshqaruvchi qiyofasi «superkorporatsiya» texnologiyalarning insoniylikdan begonalashuvi natijasida din niqobidagi ijtimoiy va madaniy buzg‘unchilikni sodir etishga bo‘lgan urinishlar tobora kuchayib bormoqda
Kiberterrorizm aslida axborot texnologiyalari ichki faoliyatiga noqonuniy aralashish, kompyuterda mavjud dasturlar yoki ma’lumotlarni maqsadli ravishda yо‘q qilish, zarar keltirish, davlat organlarining muhim qismlari faoliyatini izdan chiqarish, shu bilan birga, insonlar hayotiga xavf solish, moddiy zarar keltirish yoki ommaviy qо‘rqitish, harbiy nizolar kabi turli zararli oqibatlarni keltirib chiqarishga qaratilgan xatti-harakatdir.. Kiberterrorizm — maxsus xaker dasturlari orqali kompyuter boshqaruvi tarmoqlarini egallab olish,
kompyuter viruslari yordamida internet tarmog’ida terakt sodir etish, internet tarmog’ini ishdan chiqarishni
ko’zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |