39
Sintetik schyotlar oborot qaydnomasi.
1- aprel 2003 yil.
11- jadval
№
Schyotlar nomi
shifri Oy
boshiga
qoldiq
Oy
davomida
oborot
Oy oxirgi qoldiq
D-t
K-t
D-t
K-t
D-t
K-t
1
2
3
4
5
Asosiy vositalar
Materiallar
Kassa
Mol etkazib
beruvchilar va
pudratchilar bilan hisob-
kitoblar
Kreditorlar
01
10
50
60
76
150000
300000
150
350000
100150
100000
80000
20000
50000
40000
18000
50000
42000
200000
340000
2150
400000
142150
Jami:
450150
450150
200000
200000
542150
542150
9-jadval maolumotlaridan ko’rinib turibdiki, sintetik schyotlar oborot
qaydnomasida uch juft summalari bir biriga teng ustunlar mavjud.
Birinchi juft tenglik: to’rtinchi ustun summalarining jami, beshinchi
ustun summalarining jamiga teng bo’lishi kerak. Bu tenglik o’tgan hisobot
davrining balansidan yoki xo’jalik mablag’’lari va ularning tashkil topish
manbaalarining tengligidan kelib chiqadi. CHunki, schyotlarning oy boshiga
qoldig’i o’tgan hisobot davrining balansidan olib yoziladi.
Ikkinchi juft tenglik: oltinchi ustun summalarining jami, ettinchi ustun
summalarining jamiga teng bo’lishi kerak. Bu tenglik xo’jalik
operatsiyalarini buxgalteriya hisobi schyotlarida ikkiyoqlama yozish usulidan
kelib chiqadi. Bunda har bir xo’jalik operatsiyasi bir schyotning debetiga,
ikkinchi bir schyotning kreditiga teng summalarda yoziladi. SHuning uchun
barcha schyotlarning debet oborotlari summasining jami ularning kredit
oborotlari summasining jamiga teng bo’ladi.
Uchinchi juft tenglik esa, birinchi va ikkinchi juft tenglik laridan kelib
chiqadi.
Agar to’rtinchi va beshinchi ustun tengliklari buzilsa, unda yo’l
qo’yilgan xatolik quyidagicha topiladi:
1.
Oborot qaydnomasining to’rtinchi, beshinchi ustun jamlari yana bir bor
jamlab chiqiladi. Agar arifmetik qo’shishda xatolikka yo’l qo’yilgan
bo’lsa, xatolik topiladi;
2.
Schyotlarning oy boshiga qoldig’ini oborot qaydnomasiga yozib chiqish
tekshirib ko’riladi. Agar schyotlarning oy boshiga qoldig’ini oborot
qaydnomasiga ko’chirib yozishda xatolikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, xatolik
topiladi.
3.
O’tgan hisobot davr balansidan schyotlarning oy boshiga qoldig’i to’g’ri
ko’chirib yozilganligi tekshirib ko’riladi. Agar schyotlarning oy boshiga
qoldig’ini o’tgan hisobot davr balansidan ko’chirib yozishda xatolikka yo’l
qo’yilgan bo’lsa, xatolik topiladi.
Agar oltinchi va ettinchi ustun tengliklari buzilsa, unda yo’l qo’yilgan
xatolik quyidagicha topiladi:
40
1.
Oborot qaydnomasining oltinchi va ettinchi ustun jamlari yana bir bor
jamlab chiqiladi. Agar arifmetik qo’shishda xatolikka yo’l qo’yilgan
bo’lsa, xatolik topiladi;
2.
Schyotlarning oy davomidagi debet va kredit oborotlarini oborot
qaydnomasiga yozib chiqish tekshirib ko’riladi. Agar schyotlarning oy
davomidagi debet va kredit oborotlarini oborot qaydnomasiga yozib
chiqishda xatolikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, xatolik topiladi.
3.
Buxgalteriya hisobi schyotlarining debet va kredit oborotlarining jami
qayta hisoblab ko’riladi. Agar schyotlarning oborotlarini jamlashda
arifmetik xatolikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, xatolik topiladi.
4.
Xo’jalik operatsiyalari bo’yicha tuzilgan provodkalarni buxgalteriya hisobi
schyotlariga teng summalarda yozib chiqish tekshirib ko’riladi. Agar
provodkalarni buxgalteriya hisobi schyotlariga yozib chiqishda xatolikka
yo’l qo’yilgan bo’lsa, xatolik topiladi.
Agar sakkizinchi va to’qqizinchi ustun tengliklari buzilsa, unda yo’l
qo’yilgan xatolik quyidagicha topiladi:
1.
Oborot qaydnomasining sakkizinchi va to’qqizinchi ustun jamlari yana bir
bor jamlab chiqiladi. Agar arifmetik qo’shishda xatolikka yo’l qo’yilgan
bo’lsa, xatolik topiladi;
2.
Schyotlarning oy oxiriga qoldig’ini oborot qaydnomasiga yozib chiqish
tekshirib ko’riladi. Agar schyotlarning oy oxiriga qoldig’ini oborot
qaydnomasiga ko’chirib yozishda xatolikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, xatolik
topiladi.
3.
Schyotlarning oy oxiriga qoldig’i summalar to’g’ri topilganligi qayta
tekshirib ko’riladi. Agar schyotlarning oy oxiriga qoldiqlarini hisoblashda
xatolikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, xatolik topiladi.
Sintetik hisob schyotlari bo’yicha oborot qaydnomalarni tuzishdan oldin
ayrim sintetik schyotlar bo’yicha ochilgan va yuritilgan analitik schyotlar
bilan o’sha sintetik schyot maolumotlarining mosligi tekshirib ko’riladi.
Buning uchun sintetik schyotga tegishli bo’lgan analitik schyotlarning oborot
qaydnomasi tuzib chiqiladi.
Analitik schyotlarning oborot qaydnomasi quyidagi maolumotlarni
o’zida aks ettiradi:
1.
Oy boshiga qoldiq (natural va qiymat o’lchovlarida);
2.
Kirim (natural va qiymat o’lchovlarida);
3.
CHiqim (natural va qiymat o’lchovlarida);
4.
Oy oxiriga qoldiq (natural va qiymat o’lchovlarida);
Analitik schyotlarning oborot qaydnomasiga, analtik schyotlarning
quyidagi maolumotlari natural va qiymat o’lchovlarida ketma-ket yozib
chiqiladi: oy boshiga qoldiq, kirim, chiqim, oy oxiriga qoldiq.
Analitik hisob schyotlarining oborot qaydnomasini maolumotlarini
jami, tegishli sintetik schyotning quyidagi maolumotlariga teng bo’lishi
kerak.
1.
Oy boshiga qoldiq, Oy boshiga
qoldiqqa;
2.
Kirim, debet oborotga;
3.
CHiqim, kredit oborotga;
41
4.
Oy oxiriga qoldiq, Oy oxiriga qoldiqqa.
Sintetik va analitik schyotlari bo’yicha oborot qaydnomalardan
tashqari amaliyotda sintetik schyotlar bo’yicha shaxmat oborot
qaydnomalaridan ham foydalaniladi. Ularning mohiyati shundaki, bu
qaydnomalar schyotlardagi qoldiqlar va oborotlar yig’indisini ko’rsatibgina
qolmas dan balki, ularning mazmunini va schyotlarning o’zaro bog’lanishini
ham aks ettiradi (2- jadval).
Ammo shaxmat oborot qaydnomalari amalda kam qo’llaniladi.
CHunki, korxonadagi har bir schyot bo’yicha shaxmat oborot qaydnomalar
qo’llanilsa, u holda ishlash juda noqulay va murakkab bo’ladi.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklini yuritishda ham bu
yozuvlarning asosini ko’rish mumkin. SHuning uchun ham shaxmat oborot
qaydnomalarining asoslarini kengroq nazariy o’rganish, amaliyotda undan
unumliroq foydalanish imkoniyatlarini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: