28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


 Maxsulot tannarxiga kiritiladigan xarajat elementlari



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/283
Sana02.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#310711
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   283
Bog'liq
buxgalteriya hisobi fanidan

2. Maxsulot tannarxiga kiritiladigan xarajat elementlari. 
 
Tayanch iboralar:
  
Bevosita,  bilvosita  xarajatlar,  xarajat  elementlari,  maxsulot  tannarxini 
kalqo’lyasiya qilish. 
 
Maxsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar: 
- bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar
bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari: 
boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar. 
Maxsulotni  asosini  tashqil  qiluvchi  xarajatlar  quyidagi  elementlardan  tashqil 
to’gan: 
- ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlar; 
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari 
- ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sugo’rta ajratmalari
- asosiy  vositalar  va  ishlab  chiqarish  ahamiyatiga  ega  bo’lgan  nomoddiy 
aktivlar amortizasiyasi; 
ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar. 
Asosiy  ishlab  chiqarish,  ya'ni  shu  korxonani  tashqil  etishda  maqsad  qilib 
quygan  maxsulot  (ish,  xizmatlar)  ishlab  chiqariladigan  xarajatlar  to’gisidagi 
axborot quyidagi schyotda umumlashtiriladi: 
2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyoti. 
Korxonaning xarajatlari to’lov vaqtidan: oldindan to’lovni (ijara haqi, obuna 
to’lovi  va  sh.k.)  yoki  keyinchalik  to’lovni  (hisobdor  shaxsning  ortiqcha  qilgan 
xarajatiga to’lov va sh.k.) kat'iy nazar ularga  tegishli bo’lgan davrdagi madsulot 
(ish,  xizmatlar)  tannarxiga  kiritilishi  lozim.  Kxanday  kalqo’lyasiya    davriga 
tegishli 
ekanligini 
aniqlab 
bo’lmaydigan  xarajatlar,  hamda  mavsumiy 
tarmoxlardagi  xarajatlarning ayrim turlari maxsulot (ish, xizmat) tannarxiga smeta 
xarajatlari  asosida  qo’shiladi.  2010  "Asosiy  ishlab  chiqarish"  schyoti  quyidagi 
xarajatlarni hisobga olib borish uchun ishlatiladi: 
- sanoat  va  qishloq  ho’jalik  korxonalarining  maxsulot  ishlab  chiqarish 
bo’yicha; 
- pudratchi,      geologiya    va  loyixa-qidiruv    korxonalarining  qurilishmontaj, 
geologiya qidiruv va loyixa-qidiruv ishlari; 
- transport va aloqa korxonalarining xizmat ko’rsatishga doyr; 
- ilmiy-tadqiqot      korxonalarining      ilmiy-tadqiqotchilik      va      konstruktorlik 
ishlari bo’yicha; 
 - umumiy ovqatlanish korxonalarining o’z maxsulotlarini chiqarishga oid; 
yo’l ho’jaliklarining    avtomobil  ta'mirlanishiga oid xarajatlari. 


 
230 
2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyoti debetida maxsulot ishlab chiqarish, ish 
bajarish va xizmat ko’rsatish  bilan bog’liq bevosita xarajatlar, xamda yordamchi 
ishlab  chiqarish  xarajatlari, asosiy  ishlab    chiqarishni  boshqarish  va  xizmat  qilish 
bilan bog’liq bilvosita xarajatlar, brakdan ko’rilgan zararlar  hisobga olib boriladi. 
Maxsulot ishlab chiqarish, ishni bajarish va xizmat ko’rsatish bilan to’gidan-
to’gi  bog’liq  bevosita  xarajatlar  2010  "Asosiy  ishlab  chiqarish"  schyotiga,  ishlab 
chiqarish  zaxiralari,  xodimlar  bilan  mehnat  haqi  bo’yicha  hisob-kitoblar  hisobi 
schyotlari va boshqa schyotlar kreditidan o’tkazladi. 
Yordamchi  ishlab  chiqarish  xarajatlari  2010  "Asosiy  ishlab  chiqarish" 
schyotiga  2310  "Yordamchi  ishlab  chiqarish"  va  2320  "Boshqa  ishlab  chiqarish" 
schyotlari kreditidan hisobdan chiqariladi. 
Asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat qilish bilan  bog’liq; bilvosita 
xarajatlar  2510  "Umum  ishlab  chiqarish  xarajatlari"  schyotidan  2010  "Asosiy 
ishlab chiqarish" schyotiga hisobdan chiqariladi.  
Brakdan  kurilgan  yuk;otishlar  2610  "Ishlab  chiqarishdagi  brak"  schyoti 
kreditidan 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotiga o’tkazladi. 
2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotining krediti bo’yicha ishlab chiqarilish 
tugallangan maxsulotlar, bajarilgan ishlar va xizmatlar haqikiy  tannarx summasida 
aks  ettiriladi.  Bu  summalar  2010  "Asosiy  ishlab  chiqarish"  schyotidan,  2810 
"Tayyor maxsulotlar", 9110 "Sotilgan tayyor maxsulotlar tannarxi", 9130 "Sotilgan 
ishlar va xizmatlar tannarxi" schyotlarining debeti hisobidan chiqarilishi mumkin. 
2010  "Asosiy  ishlab  chiqarish"  schyoti  bo’yicha  oy  oxiriga  qoldiq 
tugallanmagan ishlab chiqarish tannarxini (oy oxirida kolgan) ko’rsatadi. 
Analitik  hisob  xarajat  turlari  va  ishlab  chiqariladigan  madsulot  (ish,  xizmat) 
turlari bo’yicha yuritiladi. Xarajatlarning vujudga kelish joylari va boshqa belgilari 
bo’yicha guruxlanishi, shuningdek kalqo’lyasiyali hisob aloxida schyotlar tizimida 
amalga oshirilishi mumkin, u xolda uning tarkibi va qo’llanish uslubi korxonaning 
ishlab chiqarish faoliyati, tarkibi, boshqarishni tashqil etish xususiyatlaridan kelib 
chixadi. Agarda xarajatlarning vujudga kelish joylari va boshqa belgilari bo’yicha 
guruxlanishi,  shuningdek  kalqo’lyasiyali  hisob  olish  schyotlarining  aloxida 
tizimida  amalga  oshirilmasa,  unda  2010  "Asosiy  ishlab  chiqarish"  schyota 
bo’yicha analitik hisob korxona bo’linmalari bo’yicha olib boriladi. 
 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish