171
v) «Zaxira sarmoya» 5-ustunida qonun xujjatlariga muvofiq barpo etilgan
zaxira sarmoya mablag’’lari summasi aks ettiriladi:
g) «Taqsimlanmagan foyda» 6-ustunida yil boshidagi taqsimlanmagan
foyda summasi ko’rsatiladi:
d) «Qoplanmagan zararlar» 7-ustunida yil boshidagi korxona balansida qayd
etilgan zarar summasi aks ettiriladi.
134. «Xususiy (aktsiyadorlik) sarmoyaning o’sishi» moddasi bo’yicha (020-
satr) xususiy sarmoyaning o’sish summasi aks ettiriladi.
135. «Xususiy (aktsiyadorlik) sarmoyaning kamayishi» moddasi bo’yicha
(030-satr) xususiy sarmoyaning kamayish summasi aks ettiriladi.
136. «Qimmatli qog’ozlar emissiyasi» moddasi bo’yicha (040-satr)
belgilangan tartibda tegishli emissiyalar summasi aks ettiriladi.
137. «Uzoq muddatli aktivlarni qayta baxolash» moddasi bo’yicha (050-satr)
asosiy fondlar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq muddatli aktivlarni qonun
xujjatlarida belgilangan tartibda o’tqazilgan qayta baxolash summasi aks ettiriladi.
138. «Ustav sarmoyasini shakllantirish chog’ida kursdagi farq» moddasi
bo’yicha (060-satr) buxgalteriya va statistika hisobida «Ustav sarmoyasi»
hisobvarag’ining «Qo’shilgan sarmoya» ilova hisobvarag’ida qo’shilgan sarmoya
sifatida aks ettiriladigan, korxona ustav sarmoyasini shakllantirish chog’ida tasis
xujjatlarini ro’yxatga olish sanasi va mablag’’larni ustav sarmoyasiga xakikatda
kiritish sanasida Markaziy bank kurslari o’rtasida yuzaga keladigan kurs farqi aks
ettiriladi.
139. «Zaxiraga ajratmalar» moddasi bo’yicha (070-satr) barpo etilishi tasis
xujjatlari va qonun xujjatlarida nazarda tutilgan zaxira fondiga hisoblab yozilgan
mablag’’lar summasi aks ettiriladi.
140. «Joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari)» moddasi bo’yicha
(080-satr) hisobot davrida olingan taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)
summasi ko’rsatiladi.
141. «To’langan dividentlar» moddasi bo’yicha (090-satr) oldingi yil uchun
hisobot davri boshidagi taqsimlanmagan foydadan hisoblab yozilgan dividentlar
summasi ko’rsatiladi.
142. «Hisobot davri oxiridagi qoldiq» moddasi bo’yicha (100-satr) tegishli
ustunlar bo’yicha «Ustav sarmoyasi» xisovarag’ining «Ustav sarmoyasi»
«Qo’shilgan sarmoya», «Zaxira sarmoya» ilova hisobvaraqlari bo’yicha hisobot
davri oxiridagi saldo va taqsimlanmagan foyda summasi ko’rsatiladi.
143. «Hisobot davri oxirida ustav sarmoyasiga kiritilgan badallar» moddasi
bo’yicha (130-satr) muassislar va aktsiyadorlar tomonidan korxona ustav
sarmoyasiga haqikatda kiritilgan mablag’’lar summasi kiritiladi.
144. 120-142-satrlarni aktsiyadorlik jamiyatlari to’ldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: