35.
«Bo’lg’usi davrlar xarajatlari» moddasi bo’yicha (160-satr) hisobot
yilida qilingan, lekin ular taalluqli bo’lgan muddat davomida xarajatlarga kiritish
yo’li bilan keyingi hisobot davrlarida so’ndirilishi kerak bo’lgan xarajatlar
summasi ko’rsatiladi. Bunday xarajatlarga, shu jumladan, ommaviy axborot
vositalariga obuna xarajatlari, oldindan to’langan ijara to’lovi, manfiy kurs farqi va
hokazolar kiradi.
36.
«Pul mablag’’lari» moddasi bo’yicha (170-satr) korxonaning «Hisob-
kitob varag’i», «Banklardagi maxsus hisobvaraqlar», «Pul hujjatlari», «Yo’ldagi
o’tkazmalar» hisobvaraqlarida hisobga olinadigan pul mablag’’lari qoldig’i
so’mlarda ko’rsatiladi. Balansning ushbu moddasida aks ettirilgan summalar bank
ko’chirmalariga muvofiq kelish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |