27.
«Boshqa qarzlar» moddasi bo’yicha (090-satr) yuqorida sanalgan
moddalarda hisobga olinmagan va «Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar»
hisobvarag’ida hisobga olinadigan uzoq muddatli qarzlar summalari ko’rsatiladi.
28.
«Boshqa aktivlar» moddasi bo’yicha (100-satr) oldingi moddalarda
sanalmagan boshqa uzoq muddatli mablag’’lar va qo’yilmalar ko’rsatiladi.
Xususan, mazkur modda bo’yicha ijaraga beruvchi korxona uzoq muddatli ijaraga
berilgan, «Tushumga doir ijara majburiyatlari» hisobvarag’ida qayd qilingan
asosiy vositalar bo’yicha qarz qoldig’ini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |