98
Masalan, asosiy vositalar bo’yicha ro’yxatga olish bir yilda bir marotaba bajarilib,
u birinchi noyabrdan kechiqtirmay o’tgaziladi. Kassadagi naqd pullar bir oyda
kamida ikki marotaba ro’yxatga olinishi talab qilinadi.
To’satdan ro’yxatga olish korxonalarda ma’lum bir sabablarga ko’ra
o’tkaziladi. Masalan, moddiy javobgar shaxsni almashtirish yoki tashqi nazorat
organlari tomonidan tekshiruv ishlarini olib borish taqqozo etilgan vaqtlarda
o’tkaziladigan ro’yxatga olish to’satdan ro’yxatga olish tarkibiga kiradi.
Korxonalarning
mol-mulklarini
ro’yxatga olish uchun oldindan
buyruqlashtiriladi va buning uchun komissiya tarkibi tasdiqlanadi.Har bir xo’jalik
ob’ektidagi mol- mulkni ro’yxatga olishdan oldin moddiy javobgar shaxsdan tilxat
olinadi. Bu tilxat mazkur ob’ektda o’z vaqtida kirim qilinmay qolgan hech qanday
moddiy qiymatliklar yo’qligi va boshlang’ich xujjatlar o’z vaqtida
rasmiylashtirilayotganligi to’g’risida maolumot beradi.
Demak, ashyoviy ro’yxatga olish deb, xo’jalik mablag’’larini haqiqiy
miqdorini tekshirish yordamida, uning natijalarini buxgalteriya hisobi
maolumotlari bilan solishtirish asosida aniqlashga aytiladi.
Ashyoviy ro’yxatga olish natijasida mol-mulkning kamomadi yoki ortiqcha
ekanligi aniqlanadi. Agar, xaqiqiy maolumotlar buxgalteriya maolumotlaridan
kam bo’lsa, u holda mol - mulkning kamomadi aniqlangan bo’ladi, uning aksi
bo’lsa u xolda ortiqcha deb hisoblanadi.
Joylarda
qiymatlik
va
pul
mablag’’larini yo’qlama qilish, korxona buxgalteriyasi bilan birgalikdayo’qlama
qilish natijalarini aniqlashda qatnashish, navlar almashuvi natijasida sodir bo’lgan
kamomad bilan xar bir ortiqchaliklarni o’zaro berkitish va tabiiy kamayish
meoyorlari chegarasida kamomadlarni hisobdan chiqarish masalalari bo’yicha
takliflar ishlab chiqish, mol-moddiy qiymatliklarni qabul qilish, saqlash va
chiqarish, ularning hisobi va butligi ustidan nazoratni yaxshilash masalalari xamda
meoyordan ortiq va foydalanilmayotgan moddmiy qimatliklarni sotish haqida
takliflar qilish, yo’qlama qilishni korxona buyrug’ida ko’rsatilgan muddatda
o’tkazish va uni o’tkazish tartibini saqlash, ro’yxatga yozilgan maolumotlarning
xaqiqatga to’g’ri kelishini ta’minotlash va yo’qlama qilish materiallarini to’g’ri va
o’z vaqtida rasmiylashtirish uchun korxonada qiymatliklarni yo’qlama qiluvchi
ishchi yo’qlama qilish komisiyasi
tuziladi. Bu komisiyaning raisi shu korxona
raxbarinigvakili bo’ladi. Komisiya tarkibigi mutaxassis, muxandis, texnolog,
mexaniq ishni amalga oshiruvchi, iqtisodchi, buxgalteriya xodimi va boshqalar
kiritiladi. Komissiyaga qiymatliklarni yo’qlama qilish, baholarni va boshlang’ich
va hujjatlarni yaxshi biladigan korxona xizmatchilari qo’shilishi kerak.
Yil davomida yo’qlama qilishlar o’rtasida korxonalarda muntazam ravishda
mol - moddiy qiymatliklarni sao’lanish joylarida tekshirib turish va saralab
Do'stlaringiz bilan baham: