28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/283
Sana02.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#310711
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   283
Bog'liq
buxgalteriya hisobi fanidan

Esda tuting 
 
Bundan tashqari, korxonalar mulkining hajmlari  va o’tkazish tartiblariga ko’ra ham 
ashyoviy ro’yxatga olishni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: 
 
1) korxona barcha mulkini ro’yxatga olish; 
 
2) korxona mulkining bir qismini ro’yxatga olish.       
 


 
99 
yo’qlama qilish kerak. Buning uchun korxonalarda tekshirish va saralab yo’qlama 
qilish  komissiyasi  tuziladi.  Bu  komissiya  yo’qlama  qilish  davrlari  o’rtasida 
qiymatliklarning  butligi,  ularni  saqlash  qoidalarining  bajarilishi  va  moddiy 
javobgar  shaxslar  tomonidan  o’rnatilgan  boshlangich  hisob  yuritish  tartibining 
bajarilishi ustidan nazorat olib boradi. 
 
Doimiy harakat qiluvchi yo’qlama qilish komissiyasi, ishchi yo’qlama qilish 
komissiyalari,  tekshirish  va  saralab  yo’qlama  qilish  komissiyalarining  tarkibi 
korxona raxbarining buyrug’i bilan tasdiqlanishi yuqorida ham takidlangan edi. 
 
Komissiya  tarkibidagi  xodimlar  belgilangan  oboektdagi  mol  -  mulkni 
yo’qlama qiladilar. 
 
Yo’qlama qilish davrida moddiy qiymatliklarning xar biri o’lchash, sanash, 
tortish va boshqa usullar bilan hisoblab chiqiladi.Hisoblash natijasi yo’qlama qilish 
ro’yxatiga yoziladi. Masalan, biror moddiy javobgar shaxsning hisobidagi moddiy 
qiymatliklar yo’qlama qilinayotgan bo’lsa, yo’qlama qilish tugashi bilan yo’qlama 
qilish  ro’yxati  oxiriga  komissiya  azolarining  imzosidan  so’ng  moddiy  javobgar 
shaxs “Ushbu yo’qlama qilish ro’yxatida ko’rsatilgan moddiy qiymatliklar mening 
ko’z  oldimda  hisoblab  chiqilgan  va  shu  moddiy  qiymatliklarni  o’z  shaxsiy 
javobgarligimga qabul qildim hamda yo’qlama qilish komissiyasiga mening xech 
qanday daovom yo’q” deb imzo chekadi. 
 
Yo’qlama 
qilish 
ro’yxati 
rasmiylashtirilgandan 
so’ng 
korxona 
buxgalteriyasiga topshiriladi. 
 
Yo’qlama  qilish  bo’yicha  taqqoslash  vedomostini  tuzish.  Taqqoslash 
vedomostini  tuzish  va  yo’qlama  qilish  natijalarini  aniqlash  ishlari  boshlangunga 
qadar  korxona  buxgalteriyasi  yo’qlama  qilish  maolumotlarida  keltirilgan  hamma 
hisob  -  kitoblarining  to’g’riligini  tekshirib  chiqadi.  Baholarda,  summalarni 
chiqarishda yo’l qo’yilgan xatoliklar topilsa, u holda bu xatoliklar to’g’rilanadi va 
bu haqda komissiyaning hamma aozolari va moddiy javobgar shaxs imzo chekadi. 
Yo’qlama  qilish  ro’yxatining  oxirgi  betida  baholar  va  summalarning  to’g’riligi 
tekshirib chiqilganligi xaqida yozib qo’yiladi va shu tekshirishni o’tkazgan shaxs 
imzo  chekadi.  Yo’qlama  qilish  natijalarini  aniqlash  uchun  tegishli  taqqoslash 
vedomosti  tuziladi.  Taqqoslash  vedomostlariga  yo’qlama  qilishda  hisob 
maolumotlari  bilan  yo’qlama  qilish  ro’yxati  maolumotlari  o’rtasidagi  farq  qayd 
qilinadi. 
 
Yo’qlama  qilish  farqlarini  tartibga  solish  va  yo’qlama  qilish  natijadarini 
rasmiylashtirish  tartibi. Hamma  kamomat, ortiqcha xamda  debitor qarzlari, daovo 
qilish  muddatning  o’tkazib  yuborilganligi  natijasida  ko’rilgan  zarar  summalari 
bo’yicha  ishchi  yo’qlama  qilish  komissiyasi  tegishli  xodimlardan  yozma 
tushuntirish  xatlarini  oladi.  Bu  tushuntirish  xatlari  va  boshqa  xujjatlar  asosida 
doimiy  xarakat  qiluvchi  yo’qlama  qilish  komissiyasi  aniqlangan  kamomat, 
nobudgarchilik,  qiymatliklarning  buzilishi  va  ortiqcha  chiqishining  xarakterini 
o’rganadi.  Bu  komissiya  taqqoslash  vedomostlari  tuzilishining  to’g’riligini 
tekshirib  chiqadi  va  yo’qlama  qilish  natijalari  bo’yicha  uzining  xulosa  va 
takliflarini protokol bilan rasmiylashtiriladi. 
 
Qiymatliklar  bo’yicha  buxgalteriya  hisobi  maolumotlari  bilan  yo’qlama 
qilish  maolumotlari  o’rtasidagi  farq  quyidagicha  tartibga  solinadi:  1) 


 
100 
Qiymatliklarning o’rnatilgan meoyor chegarasidagi kamayishi korxona raxbarining 
buyrug’i  bilan  ishlab  chiqarish  yoki  muomala  xarajatlariga  qo’shiladi.  Agar 
kamayish  meoyori  o’rnatilmagan  bo’lsa,  u  holda  kamayish  kamomat  deb  qabul 
qilinadi;    2)  Qiymatliklar  bo’yicha  meoyordan  ortiqcha  kamayish  kamomat  deb 
qilinadi.  Bu  kamomat  va  qiymatliklarning  buzilishidan  ko’rilgan  talafot 
aybdorning  zimmasiga  yuklanadi;  3)  Qiymatliklar  bo’yicha  meoyorda  ortiqcha 
kamayish va qiymatliklarning buzilishidan ko’rilgan talafotlarning aniq ayibdorlari 
topilmasa,  u  holda  bu  kamomat  va  talafotlar  korxonaning  ishlab  chiqarish  yoki 
muomala  xarajatlariga  qo’shiladi;  4)  Ortiqcha  qiymatliklar  va  navlar  almashuvi 
sababli  sodir  bo’lgan  qiymatliklarning  kamomati  bilan  ortiqchalarini  o’zaro 
qoplash  natijasida  aniqlanilgan  ortiqcha  summalar  tegishli  schyotlarga  qabul 
qilinadi.  
 
Ashyoviy  yo’qlama  qilish  natijasida  aniqlangan    kamomadga  misol 
keltiramiz. 
 
 
Boshqa  xo’jalik  mablag’’lari  va  korxonalar  bilan  olib  boriladigan  hisob- 
kitoblardagi aniqlangan xatolar ham tegishli yo’llar bilan rasmiylashtiriladi.  
 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish