27-Variant. Asosiy vositalarning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni hisobda aks ettirish tartibini tushuntirib bering?


Xususiy kapitali to’g’risidagi hisobot va uni tuzish



Download 15,59 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi15,59 Kb.
#214386
1   2
Bog'liq
27-variant

2. Xususiy kapitali to’g’risidagi hisobot va uni tuzish.

Korxonalar o’z faoliyatlarini uzluksiz davom ettirishlari uchun mehnat vositalari, predmetlari va ishchi kuchlariga ega bo’lishi lozim. Ular bilan ta’minlash uchun korxonada mablag’lar mavjud bo’lishi zarur. Ushbu mablag’lar bilan ta’minlash manbai o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi.

O’z mablag’lari manbai keng qamrovli tushuncha bo’lib, u bir qancha ko’rsatkichlar majmuidan iboratdir:

1. Ustav kapitali.

2. Rezerv kapitali.

3. Qo’shilgan capital.

4. Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar).

5. Maqsadli tushum va fondler.

6. Kelgusi davr sarflari va to’lovlar uchun rezervlar.

O’z mablag’lar manbaining asosini, xususiy kapital tashkil etadi. Хususiy kapital ham kapital ham o’z navbatida bir qancha ko’rsatkichlar majmuidan tashkil topgan bo’lib, uning shakllanishishi ushbu omillar asosida belgilanadi, ya’ni:

ustav kapitali;

rezerv kapitali;

qo’shilgan kapital;

taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) va boshqalar.

O’zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunning 14-moddasida «Хususiy kapital-ustav kapitali, qo’shilgan va rezerv kapitalidan hamda taqsimlanilmagan foydadan tarkib topadi» deb ko’rsatilgan. O’z mablag’lar manbai tarkibiga kiruvchi ayrim ko’rsatkichlar (maqsadli tushum va fondlar, kelgusi davr sarflari va to’lovlar uchun rezervlar, kelgusi davr daromadlari) mohiyatiga ko’ra xususiy kapital ko’rsatkichlari bilan bir xildir. Shu sababli, xususiy kapital hisobi ular bilan birga olib boriladi va ularni mablag’larining manbai sifatida qarashi inkor qilinmaydi.

Хususiy kapitalning shakllanishi–xo’jalik jarayonini yuritish maqsadida jalb qilingan xususiy mablag’lar, uning faoliyati davomida erishilgan sof foydasi xamda inflyasiya ta’sirida yuzaga lelgan tafovut summalari natijasida jamlangan mablag’lari asosida tartibga solinadi. Shuningdek, bu mablag’lar manbai aksariyat hollarda xo’jalik faoliyatining dastlabki bosqichlaridan yuzaga keladi.

«Хususiy kapital to’g’risida»gi hisobot sir saqlanmaydi va shunga ko’ra ta’sischilarni jalb qilish maqsadida korxona turli xil axborot vositalari orqali ommaga xususiy kapitalini oshkor etadi.

Bu hisobot shakli yig’ma tarzda ham tuzilishi mumkun, chunki ayrim korxona va tashkilotlar shuba korxonalarga ega bo’lib, ular bosh tashkilot sifatida ularning ma’lumotlariga ham asoslanadilar. Maqsadli tushumlarni korxonaning xususiy kapitali tarkibiga kiritish uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim:

a) mablag’larning belgilangan maqsadlar uchun ishlatilishi;

b) mablag’larni jalb qilish uchun xarajatlarning mavjud emasligi;

v) belgilangan shartlar bajarilganda berilgan mablag’larning qaytarilmasligi.

Grant ijtimoiy xususiyatga ega maqsadlar, iqtisodiyotni rivojlantirish, ilmiy-texnik va innovatsion dasturlarni bajarish uchun hukumat, nodavlat, xorijiy hamda xalqaro tashkilotlar va jamg’armalar tomonidan ko’rsatiladigan bepul, gumanitar yoki moddiy-texnik mablag’lar tushuniladi. Grant mablag’lari qat’iy ravishda belgilangan maqsadlarga ishlatiladi.

Chet el valutasida olingan grant summasi xo’jalik muomalalari amalga oshirilgan kundagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining kursi bo’yicha milliy valutaga o’tkaziladi.

Grant (subsidiya) xo’jalik yurituvchi su’yektlarga belgilangan shartlarni bajarganlarida iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida davlat yoki xalqaro xorijiy tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan pul yoki natura ko’rinishidagi yordam tushuniladi. Shu bilan birgalikda subsidiya va grantlar turli nodavlat, xalqaro tashkilotlar va jamg’armalar tomonidan ma’lum dasturlarni amalga oshirish uchun korxonalarga taqdim etilishi mumkin.

A’zolik badallari ta’sis hujjatlarida jamiyat a’zolarining to’lashi ko’rsatilgan summa bo’lib, undan yig’ilgan mablag’lar korxonani rivojlantirish va boshqa turli maqsadlar uchun sarflanadi.

A’zolik badallari summalari ularni to’lash tartibi va yig’ilgan barcha summalarining qaysi maqsadlar uchun sarflanishi ta’sis hujjatlarida belgilab beriladi.



3. Umum ichlab chiqarish xarajatlari hisobi va uni taqsimlash usullari.
Download 15,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish