27-mavzu. Moliya tizimi va moliyaviy siyosat reja: Mоliyaning mohiyati va uning vazifalari. Moliya tizimi va uning tarkibiy bo’g’inlari


O’zbekistonda byudjet va soliq tizimini takomillashtirish masalalari



Download 50,3 Kb.
bet8/10
Sana19.05.2022
Hajmi50,3 Kb.
#604281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
27. Mоliya tizimi va mоliyaviy siyosat.

4. O’zbekistonda byudjet va soliq tizimini takomillashtirish masalalari

O’zbekistonda byudjet va soliq tizimini takomillashtirish iqtisodiy islohotlar va davlat iqtisodiy siyosatining markaziy masalalaridan biri hisoblanadi. Zero, izchil soliq-byudjet siyosatining amalga oshirilishi, soliq yukini kamaytirish bilan bog’liq chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi soliq to’lovchilarda ishlab chiqarishni kengaytirishga sharoit yaratilishi, ishlab topilgan va ularning o’zlarida qoldirilayotgan mablag’larning reinvestitsiya qilinishi oqibatida qo’shimcha soliq ob’ektining paydo bo’lishi hisobiga nafaqat byudjetdagi yo’qotishlar o’rnining qoplanishi, balki soliq to’lovchilarning qo’shimcha daromadlarga ega bo’lib, ishlab chiqarish imkoniyatining oshishiga olib keladi.


Mamlakatdagi soliq tizimini soddalashtirilishi va unifikatsiya qilinishi, soliq yukining yanada kamaytirilishi quyidagi bir qator vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga moddiy zamin yaratadi:
- soliq yukining kamaytirilishi orqali soliq imtiyozlarining kengaytirilishi xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishi va iqtisodiyotni modernizatsiyalashni kengaytirishga imkon yaratadi;
- soliq tizimini soddalashtirish va soliq stavkalarini pasaytirish o’z navbatida xususiy mulkchilik tarmog’ini kengaytiradi, biznes uchun qulay muhit yaratadi va uning kafolatlarini mustahkamlaydi;
- soliq yukini kamaytirish hisobiga soliq to’lovchilar ixtiyorida qoladigan mablag’lar reinvestitsiya qilinishiga hamda ishchi xodimlarning ish haqiga yo’naltirilishiga tavsiya qilinishi, jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq stavkasining oraliq chegaralari bo’yicha pasaytirilishi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha imtiyozlarining kengaytirilishi pirovardida aholi daromadlarining oshishiga hamda yangi ish o’rinlarining yaratilishiga olib keladi;
- soliq yukini kamaytirish natijasida soliq to’lovchilar ixtiyorida qolgan mablag’lardan samarali foydalanish aholi daromadi va bandlik darajasini oshirish orqali xarid talabining jadal o’sishini ta’minlaydi;
- soliq sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish va soliq yukini kamaytirish eksportni har tomonlama rag’batlantirish va valyuta zahiralarini tejash, ulardan oqilona va samarali foydalanishni ham ta’minlaydi;
- soliq tizimidagi islohotlarni chuqurlashtirish uy-joy kommunal xo’jaligidagi islohotlarni chuqurlashtirish hamda energiya resurslaridan foydalanishda tejamkorlikni ta’minlash bilan bog’liq chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga ham ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekistonda ishlab chiqarishni yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish, aholining real daromadlarini va iste’mol talablarini oshirishda muntazam ravishda soliq yukini kamaytirish choralarining keng qo’llanilishi o’z natijalarini bermoqda. Ayniqsa, soliqlar va to’lovlarni birxillashtirishga katta e’tibor qaratilishi soliqqa tortish mexanizmlarining oshkoraligiga, soliqlarni hisoblash va to’lashga oid korxonalar faoliyatini soddalashtirishga, shuningdek soliq majburiyatlarining bajarilishini samarali nazorat qilishga yordam beradi.
Ayni paytda bu hol respublikada qo’llaniladigan soliq tizimini xalqaro me’yorlar va andozalarga muvofiqlashtirish zarurati bilan izohlanadi.
- banklar uchun daromad solig’i 17 foizdan 15 foizga tushiriladi;
- soliq stavkasining pasaytirilishi natijasida bo’shaydigan mablag’lar banklarning kapitallashuvini oshirish uchun maqsadli ravishda yo’naltiriladi;
- boshqa barcha xo’jalik sub’ektlari uchun daromad solig’i stavkasi 10 foiz miqdorida saqlanib qoladi;
- taklif etilayotgan chora-tadbirlarni amalga oshirish qo’shimcha ravishda 100 milliard so’mdan ortiq mablag’ni xo’jalik sub’ektlari ixtiyorida qoldirish imkonini beradi;
- joriy yilning 1 yanvaridan boshlab jismoniy shaxslardan olinadigan soliq bazasini hisoblash va ko’paytirish bo’yicha yangi tizimning joriy etilishi munosabati bilan aholining real daromadlari sezilarli darajada ortadi.
SHuningdek, ushbu ma’ruzada davlat byudjetini bajarishga qaratilgan g’aznachilik xizmati institutini rivojlantirish va mustahkamlash byudjet mablag’laridan foydalanish samaradorligini oshirishi qayd etilib, bu borada Moliya vazirligi huzurida tashkil etilgan G’aznachilik tuzilmasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uni malakali kadrlar bilan ta’minlash, xalq ta’limi va sog’liqni saqlash sohasida byudjet tashkilotlarini moliyalash mexanizmini yanada takomillashtirish bo’yicha keng ko’lamli ishlarni amalga oshirish lozimligi ko’rsatib o’tildi.
O’zbekistonda 2018 yilning 1 yanvaridan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi kuchga kirdi. Mazkur kodeksning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash, barqaror o’sish sur’atlarini rag’batlantirishdagi ahamiyatini e’tiborga olgan holda, uning amaliy ijrosini diqqat bilan o’rganish, qanday sharoitlarda samara berayotgani, qaysi holatlarda esa uni yanada takomillashtirish yoki tuzatish kiritish zarurligini aniqlash juda muhim.
Keyingi yillarda moliya, soliq va statistika hisobotlarining barcha shakllari va muddatlari keskin qisqartirilmoqda. Soliqqa tortish stavkalari unifikatsiya qilindi va kamaytirildi. Xususan, kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasi 2018 yilda 10 foizdan 8 foizga, 2009 yildan boshlab esa 7 foizga tushirildi.
1Respublikada 2005-2019 yillarda turli soliq stavkalarining o’zgarishi tahlili shuni ko’rsatadiki, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i hamda dividend (foizlar) shaklida olinadigan daromadlardan foyda solig’i 1,5 baravar, aktsiz solig’i 1,4 baravar, yagona soliq to’lovi 1,9 baravar, yagona ijtimoiy to’lov 1,3 baravar

- yangi tashkil etilayotgan kichik va xususiy korxonalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida Imtiyozli kredit jamg’armasining resurs bazasini ikki barobar oshirish;


- berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati uzaytirish;
- aylanma mablag’larni to’ldirish uchun beriladigan kreditlarning eng uzoq muddatini 12 oydan 18 oyga oshirish;
- 2019 yilning 1 yanvaridan sanoat sohasida faoliyat ko’rsatayotgan kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lov stavkasi 8 foizdan 7 foizga kamaytirish;
- moliyaviy, maishiy va boshqa xizmatlarni ko’rsatayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalarni yagona soliq to’lovidan 3 yil muddatga ozod etish;
- mikrofirmalar va kichik korxonalar, nodavlat xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni oladigan dividendlarining investitsiyalarga, avval olingan kreditlar uchun hisob-kitob qilishga yo’naltiriladigan qismini 5 yil muddatga soliqdan ozod etish;
- 2019 yilda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni tekshirishlar sonini kamida yana 30 foizga kamaytirish ko’zda tutilgan.
Belgilangan soliq imtiyozlari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini yanada kengaytirish va iqtisodiyotimiz salohiyatini oshirishga qulay imkon yaratadi.

Download 50,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish