27-mavzu. Moliya tizimi va moliyaviy siyosat reja: Mоliyaning mohiyati va uning vazifalari. Moliya tizimi va uning tarkibiy bo’g’inlari


Byudjet taqchilligi va davlat qarzlari



Download 50,3 Kb.
bet3/10
Sana19.05.2022
Hajmi50,3 Kb.
#604281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
27. Mоliya tizimi va mоliyaviy siyosat.

2. Byudjet taqchilligi va davlat qarzlari

Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo’lishini taqozo qiladi. Lekin ko’pchilik hollarda davlat byudjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida byudjet taqchilligi ro’y beradi. Bu holning sabablari ko’p bo’lib, ularning ichida, davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o’sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o’rin tutadi. Byudjet taqchilligining o’sishi yoki kamayishi mutlaq miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YAIM)ga nisbatida aniq namoyon bo’ladi.


Byudjet taqchilligining o’sishi yoki kamayishi mutloq miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YAIM)ga nisbatida aniq namoyon bo’ladi. Masalan, 2000 yilda Respublikamiz davlat byudjetining taqchilligi (defitsit) YAIMga nisbatan 1 foizni tashkil etgan bo’lsa, keyingi yillarda taqchillik darajasi pasayib borib, 2005 yilda byudjet daromadlarining xarajatlardan oshib ketishi (profitsit)ga erishildi. 2018 yilda davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,5 foiz profitsit bilan bajarildi
Byudjet taqchilligining o’zgarishi xo’jalik kon’yunkturasidagi joriy tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi, inqirozlar davrida davlat byudjet mablag’lari hisobidan iqtisodiyotning ma’lum sektorlarini moliyaviy ta’minlab turishga, umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan tarmoqlarda investitsiyalar hajmini saqlab turishga majbur bo’ladi.
O’rnatilgan xalqaro standartlarga ko’ra byudjet taqchilligi YAIMning 5% darajasidan oshmasligi lozim. Byudjet taqchilligi asosan davlat qarzi hisobiga qoplanadi.
Davlat qarzi ichki va tashqi qarzlardan iborat bo’ladi. Davlat ichki qarzi – bu davlatning mamlakat ichida zayomlar va boshqa qimmatli qog’ozlarini chiqarish, turli nobyudjet fondlari (sug’urta fondi, ishsizlik bo’yicha sug’urtalash fondi, pensiya fondi)dan qarz olish ko’rinishidagi qarzlari.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim ko’rinishlaridan biri davlat krediti hisoblanadi. Davlat krediti – davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig’indisi.
Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli – bu davlat qarz majburiyatlari (zayomlari)ni chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini jalb qiladi.
Davlat o’z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki ularni Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Bunda bank muomalaga pulning tovar hajmining ko’payishi bilan bog’liq bo’lmagan qo’shimcha miqdorini chiqaradi. Mazkur holda, davlat byudjetini moliyalashtirish pul muomalasiga to’g’ridan-to’g’ri inflyatsion ta’sir ko’rsatadi. Pul massasining o’sishi jamiyat haqiqiy boyligining ko’payishi bilan birga bormaydi.
Davlat qarzlarining to’xtovsiz ko’payib borishi, milliy daromadni foiz to’lovlari shaklida tobora ko’proq qayta taqsimlanishga olib keladi.
Katta byudjet taqchilligi va davlat majburiyatlari bo’yicha foiz to’lovlari o’sish sharoitida, davlat qarzlarini to’lash vaqtini imkon darajada cho’zishga harakat qiladi. Buning uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Jumladan davlat o’zining qisqa muddatli majburiyatlarini o’rta va uzoq muddatli zayomlarga almashtiradi. U o’zining qisqa muddatli majburiyatlarini, ancha yuqori foiz bo’yicha yangi, uzoq muddatli zayomlar chiqarish hisobiga ham sotib olish mumkin. Bunday turdagi tadbirlar qisqa davrli samara berishi va vaqtincha davlatning moliyaviy ahvolini yengillashtirishi mumkin, chunki u odatda kelgusida foiz stavkasining oshishi va qarzlar umumiy miqdorining o’sishi bilan bog’liq.
Xo’jalik hayoti baynalminallashuv jarayonlarining tez o’sishi, xalqaro kreditning jadal rivojlanishi natijasida davlat o’ziga zarur bo’lgan moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun bo’sh pul mablag’larining milliy chegaradan tashqaridagi manbalaridan faol foydalanadi. Buning natijasida tashqi qarz vujudga keladi. Davlat tashqi qarzi – xorijiy davlatlardan, ulardagi jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan olingan qarz.
Tashqi qarzning me’yoridan oshib ketishi milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Agar tashqi qarz bo’yicha to’lovlar mamlakat tovar va xizmatlari eksportidan tushumning ahamiyatli qismi, masalan, 20-25% dan oshib ketsa, bu holat mamlakatning kredit bo’yicha reytingini pasaytirib yuboradi. Natijada, chetdan yangi qarz mablag’larini jalb etish mushkullashadi. SHunga ko’ra, davlatlar muntazam ravishda tashqi qarzni tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshirib boradilar. Bular qatoriga mamlakat oltin-valyuta zaxirasi hisobidan qarzlarni to’lab borish; kreditorlarning qarz to’lov muddatlarini o’zgartirishlari, ayrim hollarda ularning ma’lum qismidan voz kechishlariga erishish; qarzlarni mamlakatdagi ko’chmas mulklar, qimmatli qog’ozlar, kapitalda ishtirok etish va boshqa huquqlarni sotish hisobiga to’lash; xalqaro banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlardan yordam olish va h.k.
O’zbekistonda tashqi qarzni me’yor darajasida ushlab turish borasida qat’iy chora-tadbirlar amalga oshirilib, buning ifodasini Prezidentimizning quyidagi so’zlaridan ham ko’rish mumkin: «2009 yilning 1 yanvarigacha O’zbekistonning jami tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 13,3 foizini tashkil etishini va bu ko’rsatkich, xalqaro mezonlar bo’yicha, «Har jihatdan maqbul holat» deb hisoblanishini ta’kidlash joiz».
Demak, davlat o’z faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda ssuda kapitallarining ham milliy bozoridan, ham tashqi bozoridan qarz olishi mumkin.
Xalqaro kreditning tez o’sishi kapitalning mamlakatlararo migratsiyasi, mamlakat va mintaqalar iqtisodiy o’zaro bog’liqligi chuqurlashuvining muqarrar natijasi hisoblanadi. Xalqaro kredit moliyaviy resurslarni ham xususiy sektorning ehtiyojlarini qondirish, ham davlat byudjeti taqchilligini qoplash uchun jalb qilish imkoniyatini sezilarli kengaytiradi. SHu bilan birga tashqi qarzlarning o’sishi bir qator boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Bu o’rinda eng asosiy muammo milliy iqtisodiyotning kreditor va debitor mamlakatlar iqtisodiyotiga bog’liqligining kuchayib borishi hisoblanib, bu jarayonni mamlakatdagi ichki moliyaviy dastaklar bilan nazorat qilish imkoniyati bo’lmay qoladi.



Download 50,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish