Taqsimotda ijtimoiy adolat tamoyillari va ularning bozor iqtisodiyotidagi hususiyatlari.
Taqsimotda ijtimoiy adolat tamoyillarining turlicha talqini:
Yaratilgan ne'matlar jamiyat a'zolari o’rtasida teng taqsimlanishi kerak.
Taqsimot jamiyatning eng kam ta'minlangan qatlamining me'yorida (normal) hayot kechirishini ta'minlashi zarur.
Taqsimot kishilarning jamiyatda tutgan o’rni ya'ni nufuziga qarab amalga oshishi lozim.
Taqsimotda moddiy va ma'naviy ne'matlar yaratuvchilari mehnatining miqdori va sifati hisobi olinishi zarur.
Taqsimot resurs egalari (kapital, er, ishchi kuchi, tadbirkorlik layokati)ning ishlab chiqarishning provard natijalariga qo’shgan ulushlariga mos holda amalga oshirilishi lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida taqsimotning hususiyatlari.
Taqsimot daromadlar cheklanishini inkor qiladi.
Taqsimot yuqori daromadli sohalarda faoliyat yuritishni tanlash imkonini beradi.
Daromadlarning resurs egalari o’rtasida taqsimlanishi ularning keyingi (me'yoriy) unumdorligi hamda talab va taklif qonuni talablarini hisobga oladi.
Daromadlar taqismotiga davlatning aralashuvi qayta taqsimlash jarayoni doirasi bilan cheklanadi.
Lorenc egri chizig’i
Lorenc egri chizig’i
Mamlakatlar va aholi turli qatlamlari o'rtasida daromadlar tengsizligini miqdoriy aniqlash uchun Lorenc egri chizig’idan foydalaniladi. Uning yotiq chizig’ida «oilalar ulushi» tik chizig’ida «daromadlar ulushi» joylashtiriladi.
Daromadlarning mutloq teng taqsimlanish imkoniyatini harakterlovchi va haqiqatda oilalar ulushiga daromadlar taqsimotining real darajasini ko’rsatuvchi ma'lumotlar grafikda joylashtirilib, daromadlar tengsizligi darajasi miqdoriy aks ettiriladi.(chizma).
Mutloq tenglikni ifodalovchi va Lorenc egri chizig’i o'rtasidagi farq qanchalik katta bo'lsa, daromadlar tengizligi darajasi shuncha yuqori bo'ladi. Aksincha farq qanchalik qisqarsa daromadlar tengsizligi yumshayotganligini bildiradi.
Tengsizlik darajasi
20
20
40
40
60
60
80
80
100
100
Mutlok tengsizlik (Lorenc egri chizigi)
Daromad ulushi (foizida)
Oilalar ulushi (foiz)
II. Dicel koefficienti.
Bu kursatkich aholining 10 foiz ancha yuqori ta'minlangan qismining o’rtacha yillik daromadlarini 10 foiz eng kam ta'minlanganlarining huddi shunday daromadlariga nisbati bilan aniqlanadi.
III. Djini koefficienti
(Italiya iqtisodchisi Korrodo Djini nomi bilan ataladi).
Bu ko’rsatkich daromadlar tengsizligi indeksi deb nomlanadi. U qanchalik katta bo’lsa (ya'ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik shuncha yuqori bo’ladi. Aholi daromadlari tenglashib borganda bu ko’rsatkich «O» (nol) ga intiladi.
Aholi daromadlarining tabaqalanishi o’z ifodasini uning tarkibiy qismlari, shu jumladan ish haqining aholi alohida qatlamlari, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o’rtasidagi nisbatda topadi.